Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Davlat byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi va dinamikasi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

Davlat byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi va dinamikasi. 
Bir xil 
mohiyatga ega va o‘zaro munosabatda bog‘liq bo‘lib, markazlashgan pul fondi 
bo‘lgan davlat byudjeti va davlatning boshqa maqsadli jamg‘armalarini majburiy 
tashkil etadigan soliqlar va yig‘imlar turlarining yig‘indisiga 
soliq tizimi
deb 
ataladi. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 23-“Soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlarning turlari” nomli moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi 
soliqlar tizimi tarkibiga quyidagilar kiradi (8.4-rasm): 
Barcha soliqlarni 
soliqqa tortish obyekti, iqtisodiy mohiyati va byudjet tizimi 
bo‘g‘inlari daromadlarini shakllantirishiga ko‘ra
quyidagicha guruhlash mumkin: 
Soliqqa tortish obyektiga ko‘ra soliqlar quyidagi mezonlarga qarab guruhlanadi: 
1.
Oborotdan olinadigan soliqlar; 
2.
Daromaddan olinadigan soliqlar; 
3.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar; 
4.
Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar. 


113 
Oborotdan olinadigan soliqlarga
qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, 
bojxona bojlari va yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar kiradi. Lekin 
oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo‘yicha ilgaridagidek, 
mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki mahsulotlarni yuklab yuborgan 
qiymat bilan o‘lchanadi (QQSda). Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq ham 
oborotdan olinadigan soliqlar jumlasiga kiradi.
8.4-rasm. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning guruhlanishi
35
 
Daromaddan olinadigan soliqlarga
yuridik va jismoniy shaxslarning daro-
madiga solinadigan soliq, savdo tashkilotlarining yalpi daromadidan olinadigan 
soliqlar kiradi. Bu guruh soliqlarga obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani 
rivojlantirish solig‘ini ham kiritish mumkin. 
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga
yuridik va jismoniy shaxslar 
tomonidan to‘lanadigan mol-mulk solig‘i kiradi. 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin