Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

Byudjet tizimi. 
Byudjet qurilishining asosiy tarkibiy qismi 
byudjet tizimidir

Bir qator adabiyotlarda byudjet tizimi tushunchasiga keng va tor ma’nodagi 
yondashuvlardan kelib chiqib, quyidagicha ta’riflar berilgan: 
Keng ma’noda byudjet tizimi
– iqtisodiy munosabatlarga asoslangan, davlat 
tuzilishi shakliga mos ravishda tuzilgan, huquq normalari bilan tartibga solinadigan 
markaziy va mahalliy byudjetlar shuningdek, har bir byudjet bo‘g‘iniga tegishli 
bo‘lgan soliq va yig‘imlar markaziy va mahalliy hokimiyatlarning xarajat 
vakolatlari taqsimoti hamda byudjetlararo transfertlar yig‘indisidan iboratdir.
Fiskalfederalizm – federal hukumat va 
hududiy hokimiyatlarning moliya sohasi-
dagi vakolatlarining o’zaro taqsimlanishi. 
 
Manba: Экономикаиправо:словарь-справочник. - 
М.:Вузишкола.Л. П.Кураков и др. 2004.
 
 


101 
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining “Asosiy tushunchalar” deb 
nomlangan 6-moddasida: “
Byudjet tizimi
barcha darajadagi byudjetlar, davlat 
maqsadli jamg‘armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan 
tashqari jamg‘armalari, byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish 
prinsiplari, ular o‘rtasida byudjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o‘zaro 
munosabatlar yig‘indisini o‘zida ifodalaydi”
32
, - deb ta’rif berilgan. 
Tor ma’noda byudjet tizimi
mamlakat ma’muniy-hududiy tuzilishiga mos 
ravishda shakllangan va yagona byudjet tizimiga kiruvchi barcha darajadagi 
byudjetlar yig‘indisidan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimini shakllantirish, shuningdek, 
byudjet tizimi byudjetlari o‘rtasidagi munosabatlarni tashkil etish O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har moliyaviy yil qabul qilinadigan 
“O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risidagi” Qonuni va 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining har moliyaviy yil uchun tasdiqlanadigan 
“O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozlari 
va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi Qarorlari va boshqa qonun hujjatlari 
asosida amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi tuzilishining 
asosiy tamoyillari 
quyidagilardan iborat
33

1.
Byudjet tizimining yagonaligi prinsipi
–byudjet hujjatlari va byudjet 
hisobotlarining shakllari, byudjet tasnifi yagona bo‘lishi hamda byudjet tizimi 
byudjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, byudjet 
hisobini yuritish va byudjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutadi.
2.
Byudjet 
tizimining 
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy 
tuzilishiga muvofiqligi prinsipi
– byudjet tizimi O‘zbekiston Respublikasining 
ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq bo‘lishini belgilab beradi. Ushbu prinsipga 
muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining har bir ma’muriy-hududiy birligi 
 
32
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. 2-bob, 6-modda. 
33
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, I-bo‘lim, 2-bob, 7-17-moddalar. 


102 
(Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman) o‘z byudjetiga ega bo‘lib, 
u mamlakatdagi yagona byudjet tizimining tegishli darajadagi bo‘g‘inini tashkil 
qiladi.
3.
Byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va o‘zaro bog‘liqligi prinsipi 

byudjet tizimi byudjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning 
daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yig‘indisining hajmiga muvofiq 
bo‘lishi kerak. Bu prinsip byudjet tizimi tuzilmasidagi har bir byudjet(respublika 
byudjeti, mahalliy byudjetlar)ning moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lishini, shu bilan 
birga, byudjet ijrosida daromad va xarajatlarning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
nomutanosibligi byudjetlararo transfertlar mexanizmlari yordamida tekislanishi 
lozimligini nazarda tutadi, ya’ni byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda 
ularning mablag‘lari mazkur byudjetlarning balansliligini ta’minlash uchun turli 
darajadagi byudjetlar o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin. 
4.

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin