Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

Davlat tuzilishi shakllari


98 
Federatsiya
davlat tuzilishining ancha murakkab shakli hisoblanadi. 
Federativ davlat bir qancha boshqa davlatlardan yoki federatsiya a’zosi 
(subyektlari) bo‘lgan davlat tuzilmalari(shtatlar, kantonlar, ittifoqdosh yoki 
avtonom respublikalar va b.)dan tarkib topadi. Ularning har biri o‘z ma’muriy-
hududiy bo‘linishiga ega. Butun federatsiya uchun umumiy davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlari bilan bir qatorda, har bir federatsiya subyektining hududida 
o‘z davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy va mahalliy organlari faoliyat 
ko‘rsatadi. Federatsiya a’zolari (subyektlari) o‘zining sud organlari va boshqa 
adliya organlariga ham ega bo‘ladi, o‘z konstitutsiyasi va qonunlarini qabul 
qiladi.
31
FederativdavlatlargaRossiyaFederatsiyasi, 
GermaniyaFederativRespublikasi, AQSh, Kanada, Meksika, Avstriya, Belgiya, 
Shveytsariyakabidavlatlarkiradi. 
Konfederatsiya 
nisbatan kam tarqalgan davlat tuzilishi shaklidir. 
Konfederatsiya 
davlatlar 
birlashmasi yoki ittifoqi bo‘lib, 
uni tashkil etuvchi davlatlar o‘z 
mustaqilligini to‘la saqlab qoladi, 
o‘zining hokimiyat, boshqaruv va 
adliya organlariga ega bo‘ladi. 
Konfederatsiyaga a’zo davlatlar 
o‘z faoliyatini muvofiqlashtirish 
uchun qo‘shma organlar tuzadi. Mazkur organlar qat’iy belgilangan sohalarda 
faoliyat ko‘rsatadi va qat’iy belgilangan (iqtisodiy, siyosiy, harbiy va b.) 
maqsadlarni ko‘zlaydi. Konfederatsiyaga ba’zan davlatlarning federatsiyaga 
birlashish sari tutgan yo‘lidagi oraliq bo‘g‘in deb ham qaraladi. Konfederatsiya 
alomatlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)da ham mavjud. 
Byudjet tuzilishi mamlakatning davlat byudjetini, uning bo‘g‘inlari 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tashkil qilish shakllarini, byudjet tasnifini, 
 
31
Konstitutsiyaviy huquq. Ensiklopedik lug‘at. Mas’ul muharrir va mualliflar jamoasining rahbari B. Mustafoyev – 
T.:“O‘zbekiston” nashriyoti, 2006-yil. – 584 bet. Manba: http://www.lex.uz/dictionary. 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin