Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Byudjet tuzilishi va byudjet tizimi, byudjetlararo munosabatlar



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

8.2. Byudjet tuzilishi va byudjet tizimi, byudjetlararo munosabatlar 
Byudjet tuzilishi
. Byudjet tuzilishining qanday bo‘lishi mamlakatning 
ma’muriy-hududiy tuzilishiga va hukumat organlarining vakolatlari taqsimotiga 
bog‘liq bo‘ladi. Markaziy hukumat bilan mamlakatning ma’muriy-hududiy 
tuzilmalari (shtatlar, provintsiyalar, oblastlar, o‘lkalar, yerlar kabi) o‘rtasida 
hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishiga ko‘ra barcha davlatlar 
unitar va 
federativ 
(federativ davlatlarda davlat tuzilishining ikki shakli – federativ va 
konfederativ davlat tuzilishi mavjud) davlatlarga bo‘linadi. Unitar va federativ 
davlat tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagi chizmada aks ettirilgan (8.3-
rasm). 
 
8.3-rasm. Turli davlatlarning davlat tuzilishi shakllari xususiyatlari
29
 
 
Unitar (yagona) davlat 
– bu tarkibidagi ma’muriy-hududiy birliklar 
(tuzilmalar) o‘z davlatchiligiga yoki muxtoriyatiga ega bo‘lmaydigan davlat 
tuzilishidir. Mamlakatda yagona konstitutsiya, hamma uchun umumiy bo‘lgan 
huquq tizimi va yagona hokimiyat organlari, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy 
jarayonlarni markazlashtirilgan boshqarish tizimi amal qiladi.
Unitar davlatlarga Angliya, Frantsiya, Italiya, Vengriya, Qozog‘iston, 
Yaponiya, Shvetsiya, Polsha, O‘zbekiston kabi davlatlar kiradi.
30
 
29
Nurmuxamedova B. Moliya. O‘quv qo‘llanma. –T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. 117-bet 
30
Konstitutsiyaviy huquq. Ensiklopedik lug‘at. Mas’ul muharrir va mualliflar jamoasiningrahbari B. Mustafoyev – 
T.: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2006-yil. – 584 bet. Manba: http://www.lex.uz/dictionary. 
Konfederativ 
davlat 
Unitar 
davlat 
Federativ 
davlat 
Ma’lum siyosiy 
mustaqillikka ega 
bo’lgan davlatlar 
ittifoqi 
Davlat hududida 
federativ birliklar 
bo’lmagan, lekin 
ma’muriy-hududiy 
birliklari mavjud 
bo’lgandavlat tuzilishi 
Bir necha davlat 
tuzilmalari birlashib, 
yagona ittifoq 
davlatini tashkil 
qiluvchi davlat 
tuzilishi 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin