110
viy) munosabatlarni o‘zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat organlarining
ixtiyoriga kelib tushadi.
Davlat byudjeti daromadlari –
davlat bilan korxonalar, tashkilotlar, muassa-
salar va aholi o‘rtasidagi davlat markazlashgan pul fondining shakllanishi yuzasi-
dan vujudga keladigan iqtisodiy pul munosabatlari hisoblanadi.
Byudjet daromadlarining asosiy moddiy manbai milliy daromaddir. Agar
davlatning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun milliy daromad yetarli bo‘lma-
sa, davlat bunday ehtiyojni qondirishga milliy boylikni jalb etishi mumkin.
Milliy
boylik
deganda ma’lum bir davrda jamiyatning ixtiyorida bo‘lgan,
hozirgi va
o‘tgan avlodning mehnatlari evaziga yaratilgan moddiy ne’matlar hamda
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan tabiiy resurslar
majmui nazarda tutiladi.
Milliy daromadni davlat tomonidan davlatlashtirish (davlat ixtiyoriga
o‘tkazish) turli usullar yordamida amalga oshiriladi. Soliqlar, davlat krediti va pul
emissiyasi davlat hokimiyat organlari tomonidan milliy
daromadni qayta taqsim-
lash va byudjet daromadlarini shakllantirish uchun foydalaniladigan usullarning
asosiylari bo‘lib hisoblanadi. Bu usullar o‘rtasidagi nisbat mamlakatlar va davrlar
bo‘yicha turlicha bo‘lib, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, ijtimoiy-iqtisodiy va
boshqa qarama-qarshiliklarning o‘tkirlik darajasi, davlatning moliyaviy siyosati va
moliyaviy ahvoli bilan belgilanadi.
Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy usuli soliqlar hisoblanadi.
Ular yordamida byudjet daromadlarining asosiy qismi shakllantiriladi. Turli mam-
lakatlar markaziy byudjetlarining daromadlarida soliq tushumlari qariyb 60-95
foizni tashkil etadi.
Byudjet daromadlarining asosiy qismi soliqlar
yordamida byudjetga undiri-
lishi tufayli ularga nisbatan bu jarayonda quyidagi prinsiplardan foydalaniladi:
-
soliqlarning byudjetga undirilishi mamlakat milliy daromadi va milliy
boyligi manbalarining tugashiga olib kelmasligi;
-
soliqlar ularni to‘lovchilar o‘rtasida teng (adolatli) taqsimlanishi;
111
-
soliqlarning ishlab chiqaruvchilar aylanma fondlari hajmiga salbiy ta’sir
ko‘rsatmasligi;
-
soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi;
-
davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzonroq bo‘lishi;
-
soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib chiqarmasligi.
Davlat byudjeti daromadlarining amal qilish mexanizmi haqida so‘z
borar
ekan, avvalo byudjet daromadlarining nazariy asoslariga to‘xtalish maqsadga
muvofiqdir. Ayrim adabiyotlarda, ma’ruzalarda va boshqa ilmiy ishlarda “
davlat
byudjeti daromadlarining asosiy bosh manbai soliqlardir”, degan bizning nazari-
mizda birmuncha noto‘g‘ri bo‘lgan fikrlarni uchratish mumkin. Aslida, davlat
byudjeti daromadlarining asosiy manbai bo‘lib mamlakat yalpi milliy mahsuloti va
milliy daromadi hisoblanadi, davlat markazlashgan pul fondiga mablag‘larni jalb
qilish quroli esa soliqlardir.
Soliqlar
majburiy pullik to‘lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildirib,
bu munosabatlar soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o‘z
mulkiga aylantiruvchi subyekt sifatida davlat o‘rtasida sodir bo‘ladi. Korxona va
tashkilotlar tovar mahsulotlarini ishlab chiqarganida va sotganida,
aholiga turli
xizmatlarni ko‘rsatganida, ishlar bajarganida yoki bozorlarda oldi-sotdi qilganda
ham pul to‘lovlarini amalga oshiradi. Lekin bu munosabatlarning hammasi ham
soliq munosabati bo‘la olmaydi. Soliq munosabatida davlat mamlakatda yaratilgan
yalpi ichki mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash yo‘li bilan majburan
davlat byudjetiga mablag‘ to‘plash jarayonini amalga oshiradi.
Soliqlar davlat byudjetiga, davlatning boshqa maqsadli jamg‘armalariga
kelib tushadigan, majburiy harakterga ega bo‘lgan pul munosabatlaridir. Shuning-
dek, soliqlar iqtisodiy kategoriya bo‘lganligi uchun bozor iqtisodiyoti munosabat-
lari,
shu jumladan, moliyaviy munosabatlar tarkibiga kiradi. Bozor iqtisodiyoti
erkin iqtisodiyotdir, ya’ni har bir yuridik shaxs, tadbirkor o‘z tovariga erkin baho
belgilashi, mahsulot yetkazib beruvchini ixtiyoriy tanlashi va iste’molchini o‘zi
topib, unga mahsulotini sotish huquqiga ega. Shuning uchun davlat ular daromad-
112
larining bir qismini taqsimlab, byudjetga oddiy ajratma sifatida ololmaydi. Soliq
shaklida daromadlarni undirish uchun qonun chiqaruvchi
organning qarori zarur,
ya’ni qonuniy asosda undirilgan to‘lov byudjetga o‘tadi. Erkin iqtisodiyot sharoiti-
da soliqlar ham erkin, ochiq, aniq bo‘ladi, demokratik to‘lovga aylanadi.
Soliqlar iqtisodiy kategoriya hisoblanadi, soliq munosabatlarini tashkil etish-
da soliq to‘lovchilar va davlat o‘rtasida daromadlar taqsimlanayotganda tomonlar-
ning iqtisodiy manfaatlarini albatta e’tiborga olish zarur. Davlat soliq to‘lovchilar
daromadini istaganicha ololmaydi, soliqlarni byudjetga undirishning ma’lum
chegarasi mavjud. Bu chegarani davlat, soliq to‘lovchilarning
mahsulot ishlab
chiqarish va foyda olishdagi faoliyatini hisobga olib belgilaydi. Ikkinchi tomondan,
soliqlardan makrodarajada iqtisodiyotni rivojlantirish, bozor infratuzilmasini
yaratish va boshqa umumdavlat maqsadlari uchun yetarli moliyaviy resurslar
to‘plash uchun foydalaniladi. Soliqlarning mohiyati soliq to‘lovchilar bilan davlat
o‘rtasidagi doimiy, uzoq muddatli munosabatlarda o‘z ifodasini topadi.
Dostları ilə paylaş: