11.1-jadval
Toshkent shahri mahalliy byudjetining daromadlari tarkibi va ularning
asosiy ko‘rsatkichlari
92
T/r
Ko‘rsatkichlar
2018 yil
2019 yil
Miqdori
(ming so‘m)
Jamiga
nisbatan
(%)
Miqdori
(ming so‘m)
Jamiga
nisbatan
(%)
Daromadlar jami
2378949305
100,0
3236227699
100,0
1 Yagona soliq to‘lovidan ajratmalar
1107522830
46,6
524268887,2
16,2
91
O‘zbekiston Respublikasi “Byudjetkodeksi” 3-modda. O‘RQHT, 2014-y., 36-son, 452-modda
92
Toshkent shahri Moliya Bosh boshqarmasi ma’lumotlari asosida
219
2 Aktsiz solig‘i
-
0,0
699347434
21,6
3 Bozorlar daromadidan tushum
85102312
3,6
129449108
4,0
4
Jismoniy
shaxslardan
olinadigan
daromad solig‘i
72780880
3,1
362523513
11,2
5 Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i
331212400
13,9
187111200
5,8
6 Yuridik shaxslar yer solig‘i
131200000
5,5
287938600
8,9
7
Suv
resurslaridan
foydalanganlik
uchun soliq
18640835
0,8
30864700
1,0
8
Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz
iste’mol qilganlik uchun soliq
201304000
8,5
-
0,0
9
Tadbirkorlik
faoliyatining
ayrim
turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan
soliq
259440000
10,9
153773100
4,8
10
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga
solinadigan soliq
93569255
3,9
108787245
3,4
11
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer
solig‘i
54 330 000
2,3
65528168
2,0
12 Davlat boji
-
0,0
468859632
14,5
13 Jarimalar
-
0,0
175290460
5,4
14
O‘zR IIV Yo‘l harakati havfsizligi
Bosh boshqarmasi va uning hududiy
bo‘linmalari
tomonidan
o‘ndiriladigan yig‘imlar
-
0,0
13451256
0,4
15 Mahalliy yig‘imlar
23 846 793
1,0
32 362 277
1,0
2019 yil prognozlariga qaraganda Toshkent shahri mahalliy byudjeti
daromadlari tarkibida asosiy ulushni yana davlat bojidan tushumlar (14,5%),
yagona soliq to‘lovidan ajratmalar (16,2%)ga to‘g‘ri kelmoqda. Amaliyotda
mahalliy byudjetlar daromad bazalarining barqarorligini biriktirilgan va tartibga
soluvchi daromadlar hisobidan to‘liq ta’minlashning iloji bo‘lmayapti. Bunga
erishish uchun respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga katta miqdordagi
subventsiyalar ajratilmoqda.
Albatta biriktirilgan daromadlar ko‘rsatkichining yuqori darajada bo‘lishi
mahalliy byudjetning moliyaviy imkoniyatlarining oshishiga va ular daromadlari
barqarorligini ta’minlashga yordam beradi. Tartibga soluvchi daromadlar ham o‘z
navbatida ma’lum bir me’yorda mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari
o‘rtasidagi balanslikni ta’minlashga yordam berib, ular ham mahalliy byudjetlar
moliyaviy imkoniyatlarini oshishiga yordam beradi.
220
O‘zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ning 71-moddasiga muvofiq,
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat
budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan quyidagi xarajatlar amalga
oshiriladi:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu
jumladan:
–
umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, maktabdan
tashqari ta’lim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, boshqa
yordamchi va uslubiy ta’lim muassasalarini saqlab turish xarajatlari;
–
bolalar uylari, davlat bolalar shaharchalarini saqlab turish, qonun
hujjatlarida
Qoraqalpog‘iston
Respublikasining
respublika
budjetidan,
viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan
moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi yordamchi xizmatlar va
maqsadli tadbirlar xarajatlari;
–
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialini, ko‘p tarmoqli va
ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar va
dispanserlarni, tug‘ruqxonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashxis qo‘yish
va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini, qon quyish xizmati va
sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarini, Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti
filialini, hududiy sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi boshqa
davolash-profilaktika muassasalari va yordamchi tashkilotlarni saqlab turish,
shuningdek qonun hujjatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika
budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan
moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlarga haq to‘lash xarajatlari;
–
qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini
saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
–
hududiy madaniyat va sportni boshqarish organlari tasarrufidagi
madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek
221
madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish
xarajatlari;
–
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari tasarrufidagi arxivlarni saqlab turish xarajatlari;
–
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari tasarrufidagi qariyalar va nogironlarning internat-uylari,
pansionatlari va sanatoriylari, nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlarini,
boshqa muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek aholini ijtimoiy
muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
–
shahar yo‘lovchilar transporti tashuvchilarining yo‘lovchilarni va bagajni
cheklangan tariflar bo‘yicha tashish, shuningdek alohida toifadagi fuqarolarni
imtiyozli tashish xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplash
xarajatlari;
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
–
qishloq xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat organlarini saqlab turish, shu
jumladan hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashuvchi muassasalar xizmatlariga
haq to‘lash, shuningdek erlarni rekultivatsiya qilish ishlarini bajarish;
–
uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;
–
suv yo‘llarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish;
–
aholi punktlarini obodonlashtirish;
–
shaharlarning, boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini va xo‘jaliklararo
qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, shuningdek ayrim tashkilotlar xarajatlari;
–
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘rmon xo‘jaligini saqlab turish
xarajatlari;
3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent
shahar
hokimliklari
buyurtmachi
bo‘lgan
markazlashtirilgan
investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
4) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan:
–
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini;
222
–
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va bo‘limlarini saqlab turish
xarajatlari;
5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat
budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamg‘armalarini
shakllantirish xarajatlari;
6) davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo‘yilishi
munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga etkazilgan zararning o‘rnini
qoplash xarajatlari;
7) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat
budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining mablag‘lari hisobidan
moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning
viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va
shaharlar budjetlariga budjet ssudalari, dotatsiyalar, subventsiyalar va o‘tkazib
beriladigan daromadlar ajratilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ning 72-moddasiga muvofiq,
tumanlar va shaharlar budjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu
jumladan:
–
tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini uslubiy jihatdan
ta’minlash va tashkil etish bo‘limlarini, shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha
ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini saqlab turish
hamda qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirilishi
nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi tadbirlar xarajatlari;
–
tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-
profilaktika muassasalarini hamda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati
tuman, shahar muassasalarini saqlab turish xarajatlari;
223
–
qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini
saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
–
tumanlar (shaharlar) madaniyat va sport ishlari bo‘limlari tasarrufidagi
madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek
madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
–
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan kam
ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan hamda to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalar va
moddiy yordam hamda tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam, uyda
ijtimoiy yordam ko‘rsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok
etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya
yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
–
veterinariya laboratoriyalari va hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish
stantsiyalarini saqlab turish;
–
shaharlarning va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini, shuningdek
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash;
–
uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;
–
aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;
3) tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo‘limlarini saqlab
turish xarajatlari;
4) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
5) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar
budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlarning
xarajatlari.
Budjet resurslarini taqsimlashda jahon amaliyotida quyidagi mezonlar hamda
ko‘rsatkichlar asos qilib olinadi
93
:
-
axoli jon boshiga kura budjet resurslarining taqsimlanishi;
Dostları ilə paylaş: |