228
Hududlarni boshqarish va byudjet jarayonini isloh qilinishi sharoitida
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish imkoniyatlarini ma’lum darajada
ularning moliyaviy-byudjet barqarorligiga bog‘liq bo‘ladi.
Ushbu parametrni
baholash zamonaviy mahalliy byudjet menejmentining zaruriy bosqichi
hisoblanadi, chunki baholash rejalashtirish sifatini, mahalliy byudjetlar ijrosini
hamda boshqarish va nazoratning qay darajada ekanligi xususida ma’lumot beradi.
Moliyaviy barqarorlikning tahlili hududning moliyaviy holatini baholashning
asosiy dastagi hisoblanadi va bunda mahalliy boshqaruv organlarining moliyaviy
– byudjet resurslarining xajmi va tarkibi aniqlanib, uning ma’lum
davrdagi
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining belgilangan maqsad va vazifalarni amalga
oshirish imkoniyatlarini aniqlab beradi.
Mahalliy boshqaruvning moliyaviy asosi barqarorligiga mahalliy boshqaruv
organlarining hududdagi holatga ta’sir o‘tkazish imkoniyatlaria bog‘liq ravishda
ichki va tashqi omillar ta’sir etadi (11.4-rasm).
Mahalliy hududlarning o‘z-o‘zini boshqaradigan hududlar sifatida namoyon
bo‘lishi ularning byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganlikni o‘rganish ga bo‘lgan
qiziqishni o‘stirmoqda. Hududlarning byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganligi
kuchli diffirentsiya bilan xarakterlanadi. Uning darajasi
ijtimoiy-iqtisodiy hudud
kengligi,resurslar bilan ta’minlanganlik, iqlim, geografik va alohida hududlarning
etnik madaniyati xususiyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi.
Hududlarning byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganligi
– bu hududni
aholisi va byudjet munosabatlari subyektlarining O‘zbekiston Respublikasi
konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlangan huquqlarini amalga oshirish
bo‘yicha mahalliy boshqaruv organlariga biriktirilgan vakolat jamlanmasini
byudjet orqali moliyalashtirish imkoniyati xajmidir.
Hududlarning byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganligini
baholashda
quyidagi printsiplarni hisobga olish lozim: barcha muhim ko‘rsatkichlarni hisobga
oladigan baholashni kompleksliligi, hudud byudjetining xususiyati va bazaviy
ko‘rsatkichi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlilikni hisobga oladigan baholashning