Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

P =∑(M
i
*W
i
)
(11.1) 
Bu erda 
P- 
hududning byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganligining integral 
bahosi; 
M
i
- i indikatori bo‘yicha baho; 
W
i
- i indikatorining tutgan ulushi. 
Hududlarning byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganlik indikatorlarning 
bahosi va tutgan ulushi 5 balldan 15 ballgacha farqlanadi. 
O‘z navbatida aniqlangan baho hududning byudjet mablag‘lari bilan 
ta’minlanganlik bo‘yicha ma’lum bir turiga kiritadi. (11.3-jadval). 
11.3-jadval 
Hududlarning byudjet mablag‘lar bilan ta’minlanganlik darajasi 
turlari
98
 
Hudud turi 
Byudjet mablag‘lari 
bilan 
ta’minlanganlik 
darajasi 
kvalifikatsiyasi 
Byudjet mablag‘lari 
bilan 
ta’minlanganlik 
darajasi 
ko‘rsatkichlari 
chegarasi (ballarda) 
Hududning 
kvalifikatsiyasi 
xususiyati 
Moliyaviy 
barqaror 
Yuqori 
>12-15 
O‘ziga to‘q hudud bo‘lib, 
u o‘z daromadlari bilan o‘z 
 
98
А.И.Поварова, М.И.Печенская “Теоритико-методологические аспекты бюджетной обеспеченности”. Журнал 
“Проблемы развития территории” выпуск №5. М.2010г. стр.47
 


231 
xarajatlarini qoplay oladi 
Rivojlanuvchi 
O‘rta 
>8-12 
Moliyaviy 
mustaqillikga 
intiluvchi 
va 
o‘z 
xarajatlarini 
o‘zi 
qoplashga harakat qiluvchi 
hudud 
Kuchsiz 
Past 
5-8 
O‘z rivojlanishi uchun o‘z-
o‘zini moliyalashtirishda 
qiyinchiliklarni 
boshdan 
kechirayotgan 
hudud 
bo‘lib, u o‘z xarajatlarini 
qoplash 
uchun 
yuqori 
byudjetdan mablag‘ jalb 
etadi. 
Tushkun 
Tang ahvolda 
<5 
Hudud yuqori byudjetning 
moliyaviy yordami asosida 
o‘z xarajatlarini qoplaydi. 
Uning 
daromadlari 
ulushida o‘z daromadlari 
50 foizdan kam qismni 
tashkil etadi. 
Hududning byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganlikning yuqorida taklif 
etilgan usuli quyidagilarga imkon beradi: 
-
hududiy byudjetning holatini tahlil etish; 
-
byudjet mablag‘lari va ulardan foydalanish natijalarini baholash; 
-
byudjet xavfi va risklarini aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish; 
-
hududlarni byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasini guruhlash. 
Tartibga soluvchi daromadlarni byudjet tizimining byudjetlari o‘rtasida 
taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan (byudjet 
daromadlarining g‘azna ijrosi yo‘li bilan) amalga oshiriladi.Muayyan moliya yili 
uchun Byudjet kodeksida ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha ajratma normativlari 
belgilanmagan bo‘lsa, o‘sha daromadlar to‘liq hajmda respublika byudjetiga kirim 
qilinadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 
shahar hokimlari tegishli moliya organlarining taklifiga ko‘ra mahalliy soliqlarning
to‘liq hajmda kiritiladigan byudjet darajasini (masalan, viloyatning viloyat byudjeti 
yoki viloyatning tuman/shahar byudjeti) belgilaydi. Byudjetlararo munosabatlarni 
tashkil etish va boshqarishda mahalliy byudjetlar uchun o‘rnatilgan cheklovlar 
muhim ahamiyatga ega. Xususan, mahalliy byudjetlar byudjet qonunchiligiga 


232 
ko‘ra balanslashgan daromadlar va xarajatlar tizimiga ega bo‘lishlari hamda 
mahalliy byudjetlarning haqiqatdagi taqchilligiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Shu 
sababli mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlarini balanslashtirish va 
ularning taqchil bo‘lmasligini ta’minlash maqsadida byudjet amaliyotida 
byudjetlararo munosabatlar mexanizmlariga murojaat qilinadi. 
Byudjetlararo transfertlar — O‘zbekiston Respublikasining respublika 
byudjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent 
shahar mahalliy byudjetlariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga hamda buning 
aksicha o‘tkaziladigan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika 
byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar 
byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga hamda buning aksicha 
o‘tkaziladigan mablag‘lar. Byudjetlararo transfertlar subvensiyalar, o‘tkazib berila-
digan daromadlar, dotatsiyalar, byudjet ssudasi, o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha 
mablag‘lar va maqsadli ijtimoiy transfertlar shaklida amalga oshiriladi. 
Subventsiyalar asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat 
byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilangan xarajatlarni 
amalga oshirish uchun ajratiladi. O‘zbekiston Respublikasining respublika 
byudjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent 
shahar mahalliy byudjetlariga beriladigan subventsiyalarning miqdorlari asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlari 
tasdiqlanayotganda belgilanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika 
byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar 
byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga beriladigan subventsiyalarning 
miqdorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va 
Toshkent 
shahar 
hokimlari 
tomonidan 
belgilanadi. 
Foydalanilmagan 
subventsiyalar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi byudjetga 
qaytarilishi kerak
99


Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin