235
jamg‘armalar xarajatlarining rejalashtirilgan hajmi yil boshidagi qoldiq hisobga
olingan holda jamg‘armalar daromadlarining prognoz qilingan hajmidan oshib
ketgan taqdirda ajratilishi mumkin.Dotatsiyaning miqdori:
–
O‘zbekiston Respublikasining respublika
byudjetidan quyi turuvchi
byudjetlarga va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlariga ajratilganda - asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlari
tasdiqlanayotganda;
–
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning
viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va
shaharlar byudjetlariga ajratilganda - Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan belgilanadi.
Quyida keltirilgan 11.5-jadvalda umumdavlat soliqlari va mahalliy soliqlardan
ajratmalarning 2019 yil uchun Toshkent shahri mahalliy byudjetlari me’yorlari
keltirilgan. Byudjetlararo o‘zaro hisob-kitoblar moliya yili mobaynida byudjetlar
parametrlari o‘zgarganda yuqori va quyi turuvchi byudjetlar o‘rtasida
yuzaga
keladigan o‘zaro pul munosabatlaridir.
Byudjetlararo o‘zaro hisob-kitoblar:
–
qonun hujjatlari qabul qilinganligi;
–
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlari daromadlarining prognozi aniqlashtirilganligi;
–
byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning bo‘ysunuvi
o‘zgarganda xarajatlar bir byudjetdan boshqa byudjetga o‘tkazilganligi;
–
kapital qo‘yilmalar limitlari byudjetlar darajalari o‘rtasida
qayta
taqsimlanganligi munosabati bilan yuzaga keladi.
Byudjetlararo o‘zaro hisob-kitoblarga kiritilishi lozim bo‘lgan summa
yuqori turuvchi moliya organi tomonidan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: