12.2. Davlat korxonalari moliyasining mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari Korxonalar moliyasini tashkil qilishda korxonalar faoliyatining tarmoq
hususiyatlari ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyot sektorlari tuzilmalarining
ular moliyasini tashkil etishga ta’sir etuvchi tarmoq xususiyatlari quyidagilardan
iborat (12.3-rasmga qarang):
12.3-rasm. Iqtisodiyot sektorlari korxonalari moliyasini tashkil etishga ta’sir etuvchi tarmoq xususiyatlari Mazkur xususiyatlar korxonalarning moliyaviy resurslari tarkibining turlicha
bo‘lishiga, o‘z mablag‘lari bilan jalb qilingan va qarzga olingan mablag‘lar
o‘rtasidagi nisbatlarning har xil bo‘lishiga, asosiy va aylanma mablag‘larning
tarkibi va tuzilishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi.
“Korxonalar moliyasi – xo‘jalik subyektlarining pul daromadlari va jamg‘armalarini tashkil qilish va taqsimlash, ulardan moliyaviy majburiyatlarni bajarish, ishlab chiqarishni kengaytirish, xodimlar uchun ijtimoiy xizmatlarni amalga oshirish va moddiy rag‘batlantirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlarida foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan pul munosabatlari tizimidir” 110 . Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha moddiy ishlab chiqarish
korxonalari tijorat hisobi asosida ish yuritadilar.
Tijorat hisobi – xo‘jalik faoliyati
davomida amalga oshirilgan xarajatlarni va faoliyat natijalarini pul shaklida
110 Nurmuxamedova B. Kabirova N. Moliya. O‘quv qo‘llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. – 186-bet.
Texnologiya va mehnatning xarakteridagi farqlar
Ishlab chiqarish sikli uzunligining va ishlab chiqarishda
xarajatlar o‘sishining turlichaligi
Ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlariga bog‘liqligi
Ishlab chiqarish va infratuzilmaviy tarmoqlarning xo‘jalik
yuritish iqtisodiy sharoitlarining turlichaligi