Mas’uliyati cheklangan jamiyat – miqdori ta’sis hujjatlarida belgilab
beriladigan ulushlarga bo‘lingan ustav fondiga ega bo‘lgan hamda o‘z
majburiyatlari yuzasidan o‘z mol-mulki doirasidagina javobgar bo‘lgan jamiyatdir,
bunda jamiyat qatnashchilari qo‘shgan hissalari doirasida javobgar bo‘ladilar.
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat – miqdori ta’sis hujjatlarida belgilab
beriladigan ulushlarga bo‘lingan ustav fondiga ega bo‘lgan jamiyat bo‘lib, uning
mol-mulki kamlik qilgan taqdirda jamiyat qatnashchilari uning majburiyatlari
yuzasidan o‘z mol-mulklari bilan ham, barcha qatnashchilar uchun teng miqdorda,
qo‘shgan hissalariga monand summada javobgar bo‘ladilar.
Xo‘jalik shirkatlari – bu shaxslarning ixtiyoriy birlashmasi bo‘lib, unda
qatnashchilar mulkiy badallar bilangina emas, balki shaxsiy faoliyatlari bilan ham
ishtirok etadilar. Xo‘jalik shirkatlari to‘liq va kommandit shirkatlarga bo‘linadi.
To‘liq shirkatlar – barcha qatnashchilari birgalikda tadbirkorlik faoliyati
olib boradigan hamda shirkat majburiyatlari yuzasidan o‘zlariga tegishli bor mol-
mulki bilan birdamlikda javobgar bo‘ladigan xo‘jalik shirkatlaridir.
Kommandit (aralash) shirkatlar – shirkatning majburiyatlari yuzasidan
o‘zining butun mol-mulki bilan javobgar bo‘lgan bir yoki bir necha qatnashchisi
bilan bir qatorda, javobgarligi qo‘shgan hissalar summasi doirasidagina
cheklanadigan bir yoki bir necha qatnashchi (kommanditchi) lar ham bo‘lgan
xo‘jalik shirkatidir.
Xususiy korxona - mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va
boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi
109
.
108 Batafsil: https://www.norma.uz.
109 O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi109, 2003-yil 11-dekabr 558–II-son Qonuni.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019 y., 03/19/531/2799-son.