247
deb hisoblanadi. Bunday jamiyat o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna
o‘tkazishga yoxud ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga
sotib olish uchun
boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas.
Yopiq turdagi jamiyat
aksiyadorlarining soni ellik nafardan ziyod bo‘lishi mumkin emas. Belgilangan
chegaradan ortib ketgan taqdirda u yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun miqdori
aksiyadorlarning chegaralangan limitidan ortib ketgan
shaxslar aksiyadorlar
reyestrida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran olti oy ichida ochiq aksiyadorlik
jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tugagach, sud tartibida tugatilishi lozim.
Yopiq turdagi jamiyat aksiyadorlari ushbu jamiyatning
boshqa aksiyadorlari
sotayotgan aksiyalarni o‘zga shaxsga taklif etilayotgan narxda sotib olishda
imtiyozli huquqqa ega bo‘ladilar. Agar akdiyadorlar aksiyalarni sotib olishda o‘z
imtiyozli huquqlaridan foydalanmasalar, jamiyat aksiyadorlar tomonidan
sotiladigan aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquqqa ega bo‘lishi
uning
ustavida ko‘zda tutilishi mumkin.
2008-yilda O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondining eng kam
miqdori – jamiyat davlat tomonidan ro‘yxatga olingan sanada Markaziy Bank kursi
bo‘yicha ekvivalenti kamida 400 ming AQSH dollariga teng summa tasdiqlangan
(2008-yil
18-noyabrdagiPF-4053-son
Farmonga
asosan).
Ushbu
qiymat
keyinchalik “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya
qilish to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahririda mustahkamlangan.
Biroq Prezidentning 2017-yil 2-sentyabrdagiPF-5177-son Farmoni bilan
belgilanishicha, jamiyatlarning ustav kapitaliga qo‘yiladigan minimal talablar faqat
milliy valyutada belgilanadi. Shu sababli ustav fondining eng kam qiymati o‘sha
paytda amal qilgan kurs bo‘yicha so‘mga qayta hisoblanib, qonunga o‘zgartirishlar
kiritmagan holda 1600 mln. so‘m darajasida qayd etildi. Ushbu raqam
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi yangi
nizomda aks ettirildi va amalda qo‘llaniladigan bo‘ldi.
Endi esa aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdorini 400 mln.
so‘m miqdorigacha, ya’ni 4 baravar kamaytirishga qaror qilindi.
Bu vaziyatda
“Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
248
to‘g‘risida”gi Qonunga tuzatishlar kiritilishi zarur edi. Shu sababli Davlat raqobat
qo‘mitasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi va Adliya
vazirligiga 2018-yil 15-sentyabrgacha tegishli qonun
loyihasini ishlab chiqish
vazifasi topshirildi
108
.
Dostları ilə paylaş: