Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1.
Mahalliy moliyaning ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi?
2.
Mahalliy moliyaning tarkibiy qismlari qanday bo‘g‘inlarni o‘z ichiga
oladi?
3.
Mahaliy byudjetlar mahalliy moliyada qanday o‘ringa ega?
4.
Mahalliy byudjetlarning shakllanish manbalari nimalardan iborat?
5.
Mahalliy byudjetlarning biriktirilgan daromadlari tuzilmasi qanday
tarkibdan iborat?
242
6.
Mahalliy byudjetlar tartibga soluvchi daromadlari qanday tarkibdan
iborat?
7.
Mahalliy moliyaning barqarorligi qanday omillarga bog‘liq?
8.
Mahalliy
byudjetlarning
ta’minlanganlik ko‘rsatkichlari qanday
aniqlanadi?
9.
Byudjet transertlarining tarkibi nimalardan iborat?
10.
Byudjetlar balansligini ta’minlashda byudjetlararo trasfertlardan
foydalanish deganda nima tushuniladi?
Mustaqil o‘rganish uchun topshiriqlar 1.
Mahalliy moliyaning moliyaviy resurslarining shakllanish manbalari va
ishlatish yo‘nalishlarini aks ettiruvchi klaster tayyorlang.
2.
Mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllanishi, taqsimlanishi va
ishlatilishi to‘g‘risida tahliliy ish tayyorlang.
3.
Mahalliy byudjetlar mablag‘larini yo‘nalishlari qaysi umumiy va maxsus
qabul qilingan me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinishini aks ettiruvchi chizma
tayyorlang.
4.
Biror
bir
xorijiy
mamlakat
misolida
mahalliy
moliyaning
ko‘rsatkichlarini O‘zbekiston Respublikasi mahalliy moliyasining ko‘rsatkichlari
bilan solishtirish asosida tahliliy ma’lumot tayyorlang.