254
tushunib olishni, amaliyotda moliyaviy menejment uslublari va ko‘rsatmalaridan,
shu jumladan moliyaviy tahlil, prognozlar tuzish va rejalashtirish kabi vositalardan
foydalanishni talab etadi. Shu jihatdan qaraganda, korxonalar moliyaviy resurslari
mohiyatini o‘rganish va ularning yanada samaraliroq
harakatini tashkil etish
yo‘llarini qidirib topish xo‘jalik amaliyoti nazariyasi uchun dolzarb ahamiyatga
ega.
“Moliyaviy resurslar” tushunchasini talqin etishda uning ichki mohiyatini,
korxona mablag‘lari doiraviy aylanishi jarayonidagi
ahamiyatini hamda unga xos
funksiyalarni ajratib ko‘rsatish lozim.
Korxona moliyaviy resurslari – kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
yuzasidan xarajatlarni amalga oshirishga, moliya-kredit
tizimi oldidagi
majburiyatlarni bajarishga hamda xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan
pul daromadlari va jamg‘armalaridir.
Moliyaviy resurslar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlarini
moliyaviy ta’minlashga qaratilgan pul mablag‘larining bir qismidir.
Korxonalar moliyasi tizimida tadbirkorlik kapitali degan tushuncha ham
mavjud bo‘lib, u korxona aylanmasiga solingan
va ushbu aylanmadan daromad
keltiruvchi pul yoki “o‘z-o‘zidan o‘suvchi qiymat”dir.
Shunday qilib, korxona moliyaviy menejmentida boshqarish obyekti sifatida
nafaqat moliyaviy resurslar, balki aylanma va aylanmadan tashqari mablag‘lar ham
maydonga chiqadi. Moliyaviy resurslarni tashkil etish ularni boshqarish
samaradorligini oshirish muammolari ichida belgilovchi o‘rinni egallaydi.
Moliyaviy resurslarni tashkil etishning asosiy tamoyillariga quyidagilar
kiradi:
–
moliyaviy resurlar tarkibi va tuzilishi;
–
moliyaviy resurslarning tashkil topish manbalari;
–
moliyaviy resurslardan maqsadli foydalanish;
–
moliyaviy resurslar saqlanishini ta’minlash.
Moliyaviy resurslar tarkibi va tuzilishi iqtisodiyotning
turli tarmoqlari va
sohalari korxonalarida bir-biridan farq qiladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,
255
moliyaviy resurslar ikki shaklda: fondlar tashkil etish orqali va fond tashkil
etmasdan ishlatilishi mumkin. Moliyaviy resurslar tashkil topishi va
ishlatilishining birinchi shakli moliyaviy fondlar tashkil etilishining to‘laligi, o‘z
vaqtidaligi va maqsadli ishlatilishini nazorat qilish nuqtayi-nazaridan qulaydir.
Ikkinchi shakl esa - moliyaviy resurslarning muhim xususiyati bo‘lmish
harakatchanlikni ta’minlaydi.
Korxonalarda mahsulot (ish, xizmat) sotishdan
tushumning taqsimlanishida
birlamchi moliyaviy resurslar (amortizatsiya fondi, foyda va boshqalar)
shakllanadi. Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish zarurligi tufayli moliyaviy resurslar
qayta taqsimlanadi: ularning ma’lum qismi budjet va budjetdan tashqari fondlarga
ajratiladi. Umumdavlat moliyaviy resurslari, o‘z navbatida, qayta taqsimlanadi va
ularning ma’lum qismi korxonalar ixtiyoriga kelib tushadi.
Moliyaviy resurslarning tashkil topish manbalari turli-tuman bo‘lib,
korxonaning
ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyati ko‘lamlariga
bog‘liq. Korxona moliyaviy resurslarining tashkil topish manbalari umumlashgan
tarzda chizmada aks ettirilgan (12.6-rasm).
Korxona nizom jamg‘armasining tashkil topish manbaiga xo‘jalik
yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllariga ko‘ra quyidagilar kiradi: shaxsiy
(oilaviy) jamg‘armalar (xususiy korxona uchun);
hissadorlik kapitali; shirkatlar
yoki mas’uliyati cheklangan jamiyatlar a’zolarining pay badallari;
jismoniy
shaxslarning shaxsiy mablag‘lari.
Dostları ilə paylaş: