Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


-rasm. Korxonalarda asosiy fondlar qiymatining doiraviy aylanishi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

12.7-rasm. Korxonalarda asosiy fondlar qiymatining doiraviy aylanishi
114
 
 
114
Nurmuxamedova B. Kabirova N. Moliya. O‘quv qo‘llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. – 200-bet.
 


260 
Lekin asosiy fondlarning kengaytirilgan takror ishlab chiqarilishini faqatgina 
amortizatsiya ajratmalari hisobidan ta’minlab bo‘lmaydi, chunki amortizatsiya 
fondi asosiy fondlarning asosan oddiy takror ishlab chiqarilishiga xizmat qiladi. 
Asosiy vositalarning to‘liq tiklanishiga kapital qo‘yilmalar quyidagi manbalardan 
safarbar etiladi: 

foyda va korxonaning boshqa o‘z mablag‘lari; 

aksiyadorlik yoki ulushli kapital; 

uzoq muddatli investitsion kreditlar; 

budjet ajratmalari; 

budjetdan tashqari fondlarning mablag‘lari; 

lizing.
 
12.4. Davlat korxonalarida foyda, uning shakllanishi, taqsimlanishi va 
ishlatilishi 
Korxonalar o‘z nizomi va qonunchilik doirasida xo‘jalik faoliyatini olib 
borishda bozor muhitining xo‘jalik-operativ mustaqillik, xarajatlarning qiyosiy 
tahlili va natijalarning olinishi, korxona ishlab chiqarish-moliyaviy natijalariga 
moddiy manfaatdorlik va javobgarlik kabi tamoyillarga asoslanadi. Aynan mana 
shuning uchun korxonalar foydasini taqsimlash tizimi quyidagi asosiy talablarga 
javob berishi lozim:

birinchidan, korxona kelgusi taraqqiyoti va imkoniyatlarini takror ishlab 
chiqarish uchun muhim resurslar hamda jamg‘arish va iste’mol fondining 
shakllanishida zarur ehtiyojlarni moliyalashtirishning barqaror manbayi yaratilishi 
zarur; 

ikkinchidan, mehnat jamoasi a’zolari uchun taqsimlanadigan foydaning 
shunday hajmi ta’minlanishi lozimki, buning natijasida jamoa a’zolarining ishlab 
chiqarishdagi ishtirokidan manfaatdorligini qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ 
yetarli bo‘lsin. 


261 
Foydasifatida qo‘shilgan qiymatning mahsulot sotish, ishlar bajarish va 
xizmatlar ko‘rsatish natijasida yaratilgan qismigina maydonga chiqishi mumkin. 
Boshqa aktivlarni sotishdan, moliyaviy operatsiyalardan tushumlar va boshqa 
tushumlar korxona daromadinitashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida soliq bazasi qilib olinayotgan 
foyda sifatida yalpi foyda ilgari surilgan, uning tarkibiga mahsulot(ish, xizmat)ni 
sotishdan olingan foyda, asosiy fondlar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan 
foyda, realizatsiyadan tashqari foyda va zararlar hamda favqulodda foyda va 
zararlar kiritilishi ta’kidlangan, yalpi foyda tarkibiga foyda va daromadlarning 
kiritilishi bu tushunchalarni chalkashtirib yuborishga olib keldi. Buning natijasida 
asosiy faoliyatdagi mahsulot sotishdan olingan foyda bilan asosiy fondlar va 
ko‘chmas mulkni sotish hisobiga kapitalning o‘sishi tushunchalari bir-biriga 
aralashib ketgan. Rivojlangan davlatlar amaliyotida ushbu tushunchalar farqlanadi 
va turli stavkalarda soliqqa tortiladi.
Foydaning taqsimlanishi jarayonini o‘rganishda asosiy hujjat O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyrug‘i bilan 
tasdiqlangan «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» (2-shakl) hisoblanadi. 
Ushbu hisobot nafaqat korxonaning asosiy va qo‘shimcha faoliyatidan olingan 
buxgalteriya foydasining umumiy qiymatini, balki sof foydani ham aks ettiradi.
Korxonalarda foydaning taqsimlanishini quyidagi shartli chizma asosida 
ko‘rib chiqamiz (12.8-rasm). Mazkur chizmadan ko‘rinishicha, soliq to‘langunga 
qadar bo‘lgan korxona foydasi uch xil yo‘nalishda taqsimlanadi:
1) birinchi navbatdagi to‘lovlar;
2) taqsimlanishi lozim bo‘lgan foyda;
3) taqsimlanmagan foyda.
Buxgalteriya hisobidagi foydaning umumiy qiymati va birinchi navbatdagi 
to‘lovlar farqi korxonaning sof foydasinitashkil etadi. Birinchi navbatdagi to‘lovlar 
tarkibiga budjetga soliqlar, bank kreditlari uchun va boshqa qarzlar uchun foizlar, 
chiqarilgan obligatsiyalar uchun foizlar, boshqa to‘lovlar kiradi.
Korxona sof foydasi ikki yo‘nalish bo‘yicha taqsimlanadi:


262 
a) taqsimlanishi lozim bo‘lgan foydaga, ya’ni dividendlar to‘lash uchun 
ajratiladigan to‘lovlarga; 
b) taqsimlanmagan foydaga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalni 
moliyalashtirish, moliyaviy zaxirani to‘ldirish, qayta investitsiyalash maqsadlariga 
ishlatiladigan mablag‘larga. Taqsimlanmagan foyda miqdorining o‘zgarishi 
korxonaning qaroriga bog‘liq bo‘lib, mohiyati jihatidan kapitallashuvi lozim 
bo‘lgan foydani ifodalaydi.

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin