Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


 Byudjet tashkilotlari, ular moliyasining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

12.6. Byudjet tashkilotlari, ular moliyasining o‘ziga xos xususiyatlari 
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 4-moddasida byudjet 
tashkilotlariga quyidagicha ta’rif berilgan: “
Byudjet tashkiloti
– davlat funksiyala-
rini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining 
qaroriga ko‘ra tashkil etilgan, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan saqlab 
turiladigan notijorat tashkilot”
117
. Bu tashkilotlar asosan yuridik shaxs maqomiga 
ega bo‘lib, ularning faoliyati bu maqomning barcha talablariga (moddiy-texnika 
bazasi va faoliyat sohasi bo‘yicha xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun etarli 
sharoitning mavjudligi, buxgalter kadrlarning mavjud bo‘lishi, shaxsiy hisobra-
qamining mavjud bo‘lishi va sh.k.) javob berishi kerak. Lekin bugungi kunda 
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan byudjet tashkilotlari ham faoliyat yuritib 
kelmoqda. Ularga tegishli davlat boshqaruv organlari (bosh bo‘linma sifatidagi 
byudjet tashkiloti) huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli 
hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi (masalan, tuman 
madaniyat bo‘limiga qarashli markaziy kutubxonalar tizimi, tegishli hokimiyatlar 
bo‘linmalariga qarashli veterinariya uchastkalari va punktlari va sh.k.).
 
117
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. 4-modda. 


269 
Byudjet tashkilotlari bo‘ysunuviga ko‘ra respublika byudjeti va mahalliy 
(viloyat, tuman, shahar) byudjetlardan mablag‘ bilan ta’minlanadilar, ularning joriy 
faoliyati byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlashning o‘rnatilgan tartibiga 
asosan moliyalashtiriladi, bunda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tashkilotlar 
mustaqil ravishda o‘z moliyaviy rejalarini 
xarajatlar smetasi 
shaklida qonunchilik 
bilan belgilangan tartibda ishlab chiqadilar.

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin