12.6-rasm. Korxonalar moliyaviy resurslari tarkibi
113
113
Nurmuxamedova B. Kabirova N. Moliya. O‘quv qo‘llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. – 195-bet.
Korxonalar moliyaviy resurslari
O‘z mablag‘lari
va unga teng-
lashtirilgan
mablag‘lar
Qayta taqsimlash
asosida korxonaga
tushuvchi pul
mablag‘lari
Moliya bozori-
dan jalb
qilingan
mablag‘lar
256
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy resurslarning saqlanishi va maqsadli
ishlatilishini nazorat qilish muammosi mulk egalari manfaatlari himoya etilishini
ta’minlash bilan bog‘liq. Shu nuqtayi-nazardan moliyaviy resurslarni tashkil etish
korxonada moliyaviy menejmentning bosh masalalaridan biridir.
Bozor munosabatlarining taraqqiyoti sharoitida korxonalarning samarali
faoliyatiga ularning ixtiyorida yetarli miqdordagi moliyaviy resurslarsiz erishib
bo‘lmaydi. Korxonalarda moliyaviy resurslarning yetarliligi – uning hamkor
sifatida mol yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarida to‘lovga layoqatliligi
garovi hamda xaridorlar oldida majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish, budjetga va
budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarning va kreditlarning o‘z vaqtida
qaytarilishini ta’minlash kafolatidir.
Darhaqiqat, moliyaviy resurslarning tashkil topish shakllari va usullari
(daromadlar va tushumlar) ulardan foydalanish shakllari va usullari (pul
mablag‘lari fondlari) singari, korxona moliyaviy resurslari o‘sishi uchun bir xilda
muhim ahamiyatga ega. Biroq pul mablag‘lari fondlari – korxona moliyaviy
resurslarini ishlatishning yagona yo‘nalishi emas. Ularning bir qismi mazkur
fondlar doiraviy aylanishining uluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bundan
tashqari, moliyaviy resurslar butunlay ishlatilmasligi yoki fondlar tashkil
qilinmasdan ham ishlatilishi mumkin. Mahsulot yuklab jo‘natish bo‘yicha sotish
operatsiyasini buxgalteriya hisobida aks ettiruvchi korxonalar moliyaviy
resurslarning muhim manbayi bo‘lgan foydaga ega bo‘lishlari mumkin, biroq bu
hali korxonaning budjetga, budjetdan tashqari fondlarga, mol yetkazib
beruvchilarga to‘lovlarining o‘z vaqtida o‘tkazilishini kafolatlamaydi.
Shunga alohida e’tibor berish lozimki, rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamla-
katlarida “pul mablag‘lari” tushunchasi ostida korxonaning bevosita uning kassasi
va bank hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari hamda qimmatli qog‘ozlarda ifodala-
nuvchi qisqa muddatli yuqori likvid sarmoyalar sifatidagi pul ekvivalentlari tushu-
niladi. Albatta, moliya bozorining rivojlanib borishi bilan bizning mamlakatimiz
iqtisodiyotida ham qimmatli qog‘ozlarning qisqa muddatli va yuqori likvid turlari
o‘z o‘rnini egallaydi. Qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishi korxonalar moli-
257
yaviy resurslarining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Biroq asosiy muammo
korxonalarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faol ishtirokini ta’minlashdadir.
Moliyaviy resurslarning dastlabki shakllanishi korxona ta’sischilari tomoni-
dan uning ustav kapitali tashkil etilayotgan vaqtga to‘g‘ri keladi. Korxona ustav
kapitalining tashkil topish manbaiga xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakl-
lariga ko‘ra quyidagilar kiradi:
–
shaxsiy (oilaviy) jamg‘armalar (xususiy korxona uchun);
–
aksiyadorlik kapitali;
–
shirkatlar yoki mas’uliyati cheklangan jamiyatlar a’zolarining pay
badallari;
–
jismoniy shaxslarning shaxsiy mablag‘lari.
Korxonaning ustav kapitali korxona boshlang‘ich aktivlarining (asosiy
fondlar va aylanma mablag‘lar) shakllanishiga qanday mablag‘lar ishlatilishini va
ishlab chiqarishga sarmoyalar jalb qilinishini ko‘rsatadi.
Moliyaviy resurslarning asosiy qismi, ayniqsa, yangi tashkil etilayotgan
korxonada moliya bozoridan jalb qilinishi mumkin. Moliya bozoridan mablag‘larni
jalb qilish shakllariga korxona chiqargan aksiyalar, obligatsiyalar va qimmatli
qog‘ozlarning boshqa turlarini sotish kiradi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonada moliyaviy resurslar takror ishlab
chiqarish jarayonida tashkil topadi, ularning shakllanish manbayi – mahsulot
sotishdan kelgan tushum yoki tushumni taqsimlash jarayonida pul daromadlari va
jamg‘armalari shaklini oladigan sotishdan olingan daromad hisoblanadi.
Shuningdek, ishlab turgan korxonalarda moliyaviy resurslar asosiy va asosiy
bo‘lmagan faoliyat turlaridan olingan foyda hisobiga hamda amortizatsiya
ajratmalari hisobiga shakllanadi.
Amortizatsiyaning ahamiyati korxona asosiy fondlarini oddiy takror ishlab
chiqarish bilangina cheklanib qolmaydi. Hisoblangan va korxona hisobiga olingan
amortizatsiya eskirgan asosiy fondlar almashtirilgunga qadar korxonaning
vaqtincha bo‘sh pul mablag‘i hisoblanadi va moliyaviy resurslarning qo‘shimcha
manbayini tashkil etadi. Lekin hozirgi zamon xo‘jalik amaliyoti amortizatsiya
258
fondini asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishning maqsadli manbai deb emas,
balki harakatchan moliyaviy resurslar elementi sifatida talqin etmoqda.
Bundan tashqari korxonalardagi moliyaviy resurslar manbalariga quyidagilar
kiradi:
–
hisobdan chiqarilgan mulkni sotishdan kelgan tushum;
–
barqaror passivlar (barqaror qarz);
–
turli maqsadli tushumlar (masalan, korxona balansidagi uy-joy va
kommunal xo‘jaligidan tushgan mablag‘lar, ota-onalardan maktabgacha bolalar
muassasalarini saqlash uchun to‘lovlar);
–
qurilishdagi ichki resurslarni jalb etish;
–
boshqa manbalar.
Moliyaviy resurslarning ishlatilishi qator yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi,
ularning asosiylari quyidagilar:
–
moliya-bank tizimiga to‘lovlar (soliq va to‘lovlar, kredit uchun foiz
to‘lovlari, kreditning qaytarilishi, sug‘urta to‘lovlari);
–
korxona o‘z mablag‘larining ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik qayta
qurollantirish bilan bog‘liq kapital xarajatlarga investitsiya qilinishi;
–
mablag‘larning qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilinishi;
–
moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy-madaniy maqsadlardagi fondlarning
tashkil etilishi;
–
xayr-ehson maqsadlarda ishlatish va boshqalar.
Korxonalarda ishlab chiqarish jarayonining moddiy-texnik asosini asosiy
ishlab chiqarish fondlari tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy
fondlarning dastlabki shakllanishi, faoliyat qilishi va kengaytirilgan takror ishlab
chiqarilishi bevosita moliyaning ishtirokida amalga oshiriladi.
Dastlab tashkil etilayotgan korxonalarda asosiy fondlarning dastlabki
shakllanishi korxona ustav kapitalining bir qismi – asosiy kapital hisobidan amalga
oshiriladi. Asosiy kapital – bu ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
maqsadlaridagi asosiy fondlarga investitsiyalangan pul mablag‘lari.
259
Quyidagi rasmda korxonalarda asosiy fondlar qiymatining doiraviy aylanishi
aks ettirilgan bo‘lib (12.7-rasmga qarang), asosiy fondlarning to‘liq tiklanishida
moliyaning o‘rnini ilg‘ab olish qiyin emas.
Asosiy kapital ilk bor korxona ishga tushgan paytida miqdor jihatdan asosiy
fondlar qiymatiga teng bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan asosiy fondlar ishlab chiqarish
jarayonida qatnashadi va ularning qiymati ikkiga ajraladi. Asosiy fondlar
qiymatining bir qismi eskirish summasi sifatida mahsulot tannarxiga qo‘shiladi va
uning sotilishi bilan tushumdan amortizatsiya ajratmalari sifatida amortizatsiya
fondiga kelib tushadi, qolgan qismi asosiy fondlarning qoldiq qiymati shaklida
hisobga olinadi. Amortizatsiya fondida to‘plangan mablag‘lar asosiy fondlar
qiymatining oddiy takror ishlab chiqarilishida ishtirok etadi. Shu tariqa asosiy
fondlarga avanslangan qiymatning doiraviy aylanishi sodir bo‘ladi.
Amortizatsiya fondining miqdori har yili asosiy fondlarning balans
qiymatini amortizatsiya me’yoriga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Iqtisodiy
jihatdan asoslangan amortizatsiya me’yorlari katta iqtisodiy ahamiyatga ega, bir
tomondan, ular ekspluatatsiyadan chiqayotgan asosiy fondlar qiymatining to‘liq
qoplanishini ta’minlasa, ikkinchidan, mahsulotning haqiqiy tannarxini hisoblash
imkonini beradi, chunki amortizatsiya ajratmalari tannarxning asosiy tarkibiy
elementi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |