12-BOB. DAVLAT KORXONALARI VA TASHKILOTLARI MOLIYASI 12.1. Davlat korxonalari to‘g‘risida tushuncha. Davlat korxonalarining tashkiliy shakllari Iqtisodiyotda sodir bo‘ladigan moliyaviy munosabatlar tarkibida korxonalar
moliyasi boshlang‘ich, hal qiluvchi o‘rin egallaydi. Korxonalar moliyasi
mamlakatda
yaratiladigan
moliyaviy
resurslarning
aksariyat
qismini
shakllantiruvchi iqtisodiyotning muhim bo‘g‘inidir.
Iqtisodiyot va ijtimoiy hayot sohalari ikki yirik sohadan iborat (12.1-rasm):
1. Moddiy ishlab chiqarish sohasi.
2. Nomoddiy ishlab chiqarish (yoki noishlab chiqarish) sohasi.
12.1-rasm. Iqtisodiyot va ijtimoiy hayot sohalari 107 Moddiy ishlab chiqarish sohasida moddiy qiymatliklar yaratiladi, tovarlar
ishlab chiqariladi, xizmatlar ko‘rsatiladi, ishlar bajariladi. Noishlab chiqarish
sohasida turli xizmatlar (maishiy, kommunal, ijtimoiy, davlat boshqaruvi,
mamlakat mudofaasi, davlat xavfsizligi, ichki ishlar xizmatlari) ko‘rsatiladi.
107
Nurmuxamedova B. Kabirova N. Moliya. O‘quv qo‘llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. – 184-bet.
Iqtisodiy faoliyat Tijorat aso-
sida faoliyat
yurituvchi
korxonalar
Tijorat asosida
ish yurituvchi
muassasa va
tashkilotlar
Notijorat faoliyatini
amalga oshiruvchi
muassasa va
tashkilotlar
Iqtisodiyot-
ning
nobozor
sektori
Turli mulk
shaklidagi,
iqtisodiyotning
turli soha va
tarmoqlaridagi
korxonalar
Kommunal
xizmat, maishiy
xizmat, banklar,
sug‘urta tashki-
lotlari, ijtimoiy
soha
Ijtimoiy-mada-
niy soha, ijti-
moiy himoya,
jamoat tashki-
lotlarining turli
shakllari
Davlat bosh-
qaruvi, jamoat
tartibini saq-
lash, davlat
xavfsizligi,
mudofaa
244
Moddiy ishlab chiqarish sohasi korxonalarida va ularning bevosita
ishtirokida quyidagi turdagi moliyaviy munosabatlar sodir bo‘ladi (12.2-rasm), bu
munosabatlar korxonalar moliyasining asosiy mazmunini tashkil qiladi.