226
takomillashtirish hisobiga byudjetlarning daromad bazalarini mustahkamlash.
6.
Davlat xarajatlarining samarali va maqsadli sarflanishini nazoratqiluvchi
tizimini yaratish.
7. Davlat qarzi ustidan nazoratni kuchaytirish.
Shunday qilib, byudjet siyosatining asosiy maqsadi ishlab chiqarish
kuchlarini rivojlantirish,
davlatni mustahkamlash, aholi keng qatlamlari hayotini
yuqori sifatliligini ta’minlash.
Bu masalalarni hal etish uchun byudjet tizimining barcha bo‘g‘inlari byudjet
siyosati tamoyillariga asoslangan holda mavjud bo‘lishini ta’minlash zarur.
Byudjet siyosatining institutsional asoslari davlat hokimiyati va boshqaruvi
idoralaridan iborat.
Bular tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi,
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq
qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi, Mahalliy davlat
hokimiyati organlari va boshqalarni kiritish mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan
barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining moliya va byudjet sohasida
ma’lum vazifalari va vakolatlari mavjud.
Mahalliy byudjetlarni shakllantirish mexanizmi dastak va vositalarini ishlab
chiqishda ham byudjet siyosatining tashkiliy tamoyillariga rioya qilish lozim. Ular
quyidagilardan iborat:
-
Kollegiallik
, ya’ni moliyaviy hayotga
oid masalalarning muhokama
etilishi, ular yuzasidan qarorlar. qabul qilishni kollegial tarzda amalga oshirish;
-
Demokratiya tamoyili
, ya’ni qabul qilinayotgan qarorlarning ishlab
chiqilishida keng halq ommasi vakil qilgan organlar
va shaxslarning va bu
qarorlarni ijro etishda fuqarolarning faol ishtirok etishi;
-
Qonuniylik tamoyili
, ya’ni hududiy va mahalliy darajadagi byudjet
munosabatlarini, byudjet jarayonini tashkil etish va boshqarishning qonuniy-
huquqiy asosining mavjud bo‘lishi;
227
-
Davlat moliyaviy
faoliyatini amalga oshirishda, moliya sohasidagi
qonunlarning qabul qilish va ijro etishda respublikaning barcha mintaqalari,
ulardagi barcha millatlar manfaatlarini to‘liq hisobga olish,
ularning
mutanosib
tarzda rivojlanishiga e’tibor berish tamoyili
;
-
Davlat va jamiyatning barcha jabhalari, barcha mintaqalari va barcha aholi
qatlamlarini
moliyaviy jarayonlarga to‘la jalb etish tamoyili
.
Dostları ilə paylaş: