70
−
byudjet taktikasidan iborat.
Byudjet strategiyasi uzoq muddatli maqsadlarni tanlash va maqsadli
dasturlarni zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, ularni iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishning asosiy yo‘nalishlariga safarbar qilishni nazarda tutadi.
Masalan, mustaqillikning dastlabki yillarida byudjet strategiyasining asosiy
vazifalaridan biri – byudjetning barqarorligini ta’minlash, ortib borayotgan byudjet
defitsitini jilovlash bo‘lgan bo‘lsa, bu vazifani bajarish uchun: ma’muriy-
buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri uchun
xos bo‘lgan yangi byudjet qonunchiligini ishlab chiqish; mustaqil davlatning yangi
soliq tizimini shakllantirish; byudjetning xarajatlar qismini qayta tuzish; byudjet
daromadlari va xarajatlarini balanslashtirish kabi chora-tadbirlar belgilandi va
ma’lum muvaffaqiyat bilan amalga oshirildi.
Byudjet siyosatining strategiyasi va taktikasi o‘zaro bog‘liqdir. Strategik
vazifalarni hal qilish uchun taktika qulay shart-sharoit yaratadi. Taktika iqtisodiy
va ijtimoiy taraqqiyotning hal qiluvchi sohalarini, rivojlanishning muhim
muammolarini aniqlab, moliya-byudjet munosabatlarini tashkil etish shakllari va
usullarini o‘z vaqtida o‘zgartirish yo‘li bilan strategiya belgilab bergan vazifalarni
qisqa muddat ichida, eng kam xarajatlar bilan amalda bajaradi.
Dostları ilə paylaş: