8.5-rasm.Soliqlarlarning turli mezonlarga ko‘ra guruhlanishi 36 To‘g‘ri soliqlar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromaddan soliq to‘langanligi
uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‘p qismini
ularga qoldirib, ular investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratadi va shu yo‘l
bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga turtki beriladi. Bu soliqlarning stavkalari
36 Nurmuxamedova B. Davlat byudjeti. O‘quv qo‘llanma. -T.: "IQTISOD-MOLIYA". 2018. 210-bet.
Soliqlarlarningguruhlanishi Soliqqa tortish obyektiga ko‘ra Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra To‘g‘ri
(bevosita)
soliqlar
Byudjet tizimi darajalari daromadlarini shakllantirishiga ko‘ra Umumdavlat
soliqlari
To‘lovchisiga
ko‘ra
Yuridik shaxs-
lar to‘laydigan
soliqlar
Oborotdan
olinadigan soliqlar
Daromaddan
olinadigan soliqlar
Mol-mulk qiy-
matidan olinadigan
soliqlar
Yer maydoniga
qarab olinadigan
soliqlar
Egri
(bilvosita)
soliqlar
Mahalliy
soliqlar
Jismoniy shaxs-
lar to‘laydigan
soliqlar
115
ko‘paytirilsa, korxonalarning biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojla-
nishni susaytiradi. Demak, bu guruh soliqlari stavkalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri bozor
iqtisodiyoti rivoji bilan chambarchas bog‘liqdir.
Egri soliqlarning yuridik jihatdan to‘lovchilari mahsulot (ishlar, xizmatlar)
yuklab yuboruvchilar (xizmat ko‘rsatuvchilar) bo‘lib, soliqning haqiqiy og‘irligi
keyingi (so‘nggi) iste’molchining zimmasiga tushadi, ya’ni bu yerda haqiqiy soliq
to‘lovchi yashiringan. Bu soliqlarning summasi tovar (ish, xizmat) narxi ustiga
ustama ravishda qo‘yiladi. Bu soliqlarning ijobiy tomoni respublikada ishlab
chiqarilgan tovarlarning chetga chiqib ketishini chegaralab, mamlakat ichida tovar-
lar ko‘p bo‘lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar qiymati oshirilmasa,
bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda
oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir
etmaydi, ya’ni investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil
qilinmasdan oshirib yuborilsa, korxonalar sotish qiyinchiligiga uchrab, foyda
olishni ham, byudjetga to‘lovlarni ham kamaytirishi mumkin.
Bu soliqlarning yana bir tomoni – muomaladagi ortiqcha pul massasini
kamaytirib, inflyatsiyani jilovlab boradi. Biroq bu soliqlar mehnat bilan band
bo‘lgan aholining real daromadlarini pasaytiradi. Korxonalarda to‘g‘ri soliqlar
stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko‘proq mahsulot ishlab
chiqarishni ko‘paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta’minlashi kerak.
Jahon soliq amaliyotida to‘g‘ri va egri soliqlar nisbatiga qarab u yoki bu
mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasini yoki iqtisodiy qiyinchiliklarini
tahlil qilish mumkin. Masalan: AQShda to‘g‘ri soliqlar salmog‘ining byudjet
daromadida 90 foizga yaqin bo‘lishi bu yerda rivojlangan bozor iqtisodiyoti amal
qilayotganidan darak beradi.
Egri soliqlar tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona boji,
yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun kabisoliqlar kiradi.
116
Byudjet tizimi bo‘g‘inlari daromadlarini shakllantirishiga ko‘ra soliqlarning
umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linishi hukumat idoralarining markaziy
hukumat va mahalliy hukumatlarga bo‘linishi asosida kelib chiqadi (8.6-rasm).