122
−
davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar;
−
markazlashtirilgan eksportdan tushumlar summasi;
−
tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan boshqa tushumlar.
8. Boshqa turli soliqsiz tushumlar.
Byudjetning soliqsiz daromadlari hududiy belgiga (muayyan
darajadagi
byudjetga kiritish), jalb qilish va shakllantirish usuliga (majburiy yoki ixtiyoriy) va
soliqsiz tushumlarini shakllantiradigan to‘lovlarni undirishning konkret asoslariga
ko‘ra (davlat mulkini sotishdan olingan daromadlar) tasniflanadi.
Soliqlar va soliqsiz to‘lovlar ko‘pgina o‘xshash tomonlari bilan birga, qator
farqlarga ham ega.
Pul mablag‘larining muayyan qismi davlat xazinasiga soliqsiz to‘lovlar
tarzida kelib tushadi. Ular ham soliqlar va boshqa yig‘imlar singari davlat oliy
hokimiyat idorasi tomonidan belgilanadi.
Shu bilan birga soliqlar va soliqsiz to‘lovlar o‘rtasida muayyan farqlar
mavjud. Jumladan, bu farqlarni quyidagilardan iborat deb belgilash mumkin:
−
soliqsizto‘lovlar soliqlardan farq qilib, ikki tomonlama huquq va burchlar
kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Masalan, faoliyatning muayyan turi bilan
shug‘ullanish huquqini beradigan litsenziyalarni
olish maqsadida belgilangan
to‘lovlarning amalga oshirilishi boshqa shartlar bajarilgani taqdirda vakolatli
ruxsatnomani berishi lozim bo‘ladi;
−
soliqlardan farq qilib, soliqsiz to‘lovlar ko‘pchilik hollarda majburiy
ravishda to‘lanmaydi. Soliq esa uni to‘lash obyekti mavjud bo‘lganida to‘lanadi;
−
soliqlardan farq qilib, soliqsiz to‘lovlar muayyan maqsadga mo‘ljallanadi
hamda ana shu maqsadda undan foydalanish lozim.
Respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar soliqsiz daromadlarining
guruhlanishi. Soliqsiz to‘lovlar respublika byudjeti
va mahalliy byudjetlar daro-
madlarida jamlanadi. Ushbu mahalliy soliq va yig‘imlarning to‘lovchilar doirasi,
soliq solish obyektlari, soliq va yig‘imlar yuzasidan yengillik va imtiyozlar,soliq
123
va yig‘imni hisoblab chiqish va to‘lash tartiblari mahalliy hokimiyat idoralarining
bevosita o‘zlari tomonidan belgilanadi.
Soliqsiz to‘lovlar hududiy belgisiga ko‘ra: umumdavlatmiqyosidagi va
mahalliy to‘lovlarga; shakllanish usuliga ko‘ra: majburiy va ixtiyoriy; jamlanish
usuliga ko‘ra: davlat byudjetida yoki byudjetdan tashqari
jamlanadigan turlarga
bo‘linadi.
Soliqsiz to‘lovlar olinish asoslariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
−
tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlar, bu to‘lovlarning tabiiy
resurslardan tejab-tergab, samarali foydalanishda ahamiyati kattadir;
−
davlat idoralari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga huquqiy
ahamiyatga ega bo‘lgan turli xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan to‘lovlar. Ular
jumlasiga:
-
tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyat tufayli bojxona idoralariga to‘lanadigan
to‘lovlar;
-
sud va boshqa huquq-tartibot idoralariga murojaat qilinganda to‘lanadigan
davlat boji;
-
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, litsenziya (ruxsatnoma) olish va tovarlar
uchun sertifikatlar olishdagi to‘lovlar;
-
bozorlar, yarmarkalar va boshqa savdo shaxobchalaridan olinadigan bir
martalik patta to‘lovlari;
-
qimmatli qog‘ozlar chiqarish va joylashtirish, lotereya o‘yinlarini o‘tkazish
uchun to‘lovlar;
-
davlat mulkini xususiylashtirishdan kelib tushadigan daromadlar;
-
jarima tarzidagi to‘lovlar (jarimalar, penyalar va boshqalar).
Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari
daromad manbalari sifatida
nobarqaror va doimiy xususiyatga ega bo‘lgan daromadlar hisoblanadi. Buning
sababi shundaki,
birinchidan
, davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni mohiyatiga
ko‘ra nobarqaror jarayon bo‘lib, xususiylashtirishdan olinadigan daromadlarning
nobarqaror bo‘lishiga olib keladi;
ikkinchidan
, davlatga tegishli oltin-valyuta zahi-
124
ralarini bozor stavkalarida joylashtirish natijasida olinadigan daromadlar joylashti-
riladigan moliyaviy aktivlarning miqdoriga va bozor stavkalarining o‘zgarishiga
bog‘liq bo‘lgan sababli ulardan olinadigan daromadlarning summasi doimiy
ravishda tebranib turadi;
uchinchidan
, xorijiytashkilotlar
va davlatlardan olinadi-
gan moliyaviy yordamlarning miqdori ularni beruvchilar tomonidan mustaqil
ravishda belgilanadi. Bu esa ularning miqdorini oldindan belgilash imkonini
bermaydi.
Dostları ilə paylaş: