127
7.
Fuqarolarning o‘zini – o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari.
8.
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi,
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent
shahri shahar byudjeti, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg‘armalari.
9.
Boshqa xarajatlar.
Sanab o‘tilgan
har bir guruh xarajatlar, o‘z navbatida,
mahkamaviy va
maqsadli belgisiga ko‘ra
guruhlanadi. Mahkamaviy belgisiga ko‘ra xarajatlar
byudjet mablag‘larini oluvchi vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki boshqa davlat
boshqaruv organining xarajatlariga bo‘linadi. Xarajatlar
tarkibini ushbu belgiga
ko‘ra tahlil qilishda ularning qaysi tarmoq va sohalarga yo‘naltirilayotgani haqida
xulosa qilish mumkin bo‘ladi. Masalan, davlat byudjetidan funksional tayinlanishi-
ga ko‘ra ta’lim sohasiga ajratilgan pul mablag‘lari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim,
Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim vazirligi kabi mahkamalar tomonidan tasarruf
etiladi. O‘z navbatida, har bir vazirlik, davlat qo‘mitasi, idorasi yoki alohida
byudjet tashkilotiga ajratilgan byudjet mablag‘lari maqsadli belgisiga ko‘ra
xarajatlarning aniq turlari bo‘yicha aniqlashtiriladi. Masalan,
byudjet tashkilotiga
ajratilgan byudjet mablag‘lari ish haqi, kommunal xizmatlar haqini to‘lash, joriy
ta’mirlash, asbob-uskunalar va jihozlar, oziq-ovqat, dori-darmon
sotib olish kabi
xarajat turlari (muassasaning xarajatlar smetasiga kiritilgan xarajatlar turlari)
bo‘yicha rejalashtiriladi va moliyalashtiriladi.
Hududiy belgisiga ko‘ra,
byudjet xarajatlari umumdavlat va mahalliy
hokimiyat organlarining xarajatlariga bo‘linadi. Umumdavlat xarajatlari odatda
davlat byudjetining respublika byudjetidan amalga oshiriladi va davlat
ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalashtirishga safarbar etiladi. Mahalliy hokimiyat
organlari esa hududiy va mahalliy ehtiyojlardan kelib chiqib, byudjet xarajatlarini
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi byudjeti, Toshkent shahar va viloyatlar,
shuningdek, shahar, tuman byudjetlari mablag‘laridan amalga oshiradilar.
128
Umuman olganda, mamlakat miqyosida davlat byudjeti xarajatlari davlat
tomonidan olib borilayotgan islohotlarning tom ma’nodagi ifodasini o‘zida aks
ettiradi. Buni quyidagi ma’lumotlardan ko‘rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: