131
Davlat byudjetining iqtisodiyotga xarajatlari tarkibiga qishloq va suv
xo‘jaligi sohasidagi respublika nazorat organlarining xarajatlari, suv, qishloq,
o‘rmon xo‘jaligi xarajatlari, qishloq xo‘jaligi ekinlari
zararkunandalariga qarshi
kurashish muassasalarining xizmatlariga haq to‘lash va ularni saqlab turish,
hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, standartlashtirish
va sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr, shuningdek
geologiya qidiruv ishlari, davlat shaharsozlik kadastrini
yuritish xarajatlari,
gidrometeorologiya xizmati muassasalarini saqlab turish, atrof-muhit va
landshaftning, biologik xilma-xillikning himoya qilinishini ta’minlash bilan
bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiradi.
Bu turkum xarajatlarning tarkibi va tuzilishini 2018-yil uchun mo‘ljallangan
byudjet xarajatlari parametrlari bo‘yicha o‘rganish shundan dalolat beradiki,
byudjetning “iqtisodiyotga xarajatlar” guruhida shu davrning ustuvorliklaridan
kelib chiqib, quyidagi xarajatlar ko‘zda tutilgan:
−
suv xo‘jaligining ekspluatatsion xarajatlari;
−
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini
yaxshilash fondiga maqsadli ajratmalar;
−
hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
uchun maqsadli mablag‘lar;
−
aholi punktlarini obodonlashtirish ishlari.
Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari tarkibiga
respublika
vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari buyurtmachi bo‘lgan
markazlashtirilgan
investitsiyalarni
moliyalashtirish
xarajatlari,
jumladan:
respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha
investitsiya loyihalari, davlat maqsadli dasturlari va davlatlararo bitimlarni amalga
oshirish; sug‘oriladigan yerlarni tiklash va yangilarini o‘zlashtirish, suv xo‘jaligi
qurilishi hamda kichik gidroenergetikani rivojlantirish; aholi punktlarining
132
muhandislik infratuzilmasi, birinchi navbatda, yakka tartibdagi qurilish
massivlarini rivojlantirish; ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat obyektlari va
ijtimoiy infratuzilmaning
boshqa tarmoqlarini qurish; davlat ilmiy muassasalarini
rivojlantirish; davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat ilmiy
muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantrish va mustahkamlash;
umumdavlat tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish va tabiiy
ofatlardan himoya qiluvchi inshootlarni qurish xarajatlari kiradi.
Barcha davlatlarning byudjet xarajatlari tarkibida mamlakatni boshqarish,
hukumat idoralarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar ko‘zda tutiladi. O‘zbekiston
Respublikasi byudjet amaliyotida ham ushbu maqsadlarga yo‘naltiriladigan
byudjet mablag‘lari tarkibiga davlat hokimiyati
va boshqaruvi organlari, adliya,
prokuratura va sud organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini
saqlash xarajatlari kiradi, bu turkum xarajatlar so‘nggi yillarda davlat byudjeti
xarajatlarining 4,5-4,9 foizini tashkil qilib kelmoqda.
Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida “Boshqa xarajatlar” guruhi jami byudjet
xarajatlarining qariyb 1/5 qismini tashkil qilayotganligini ko‘rish mumkin. Bunga
sabab, asosan respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan yirik xarajatlar,
jumladan:
−
saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi xarajatlari, shu
jumladan, okrug va uchastka saylov komissiyalarini,
siyosiy partiyalarni
moliyalashtirish;
−
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlarda (BMT, YuNESKO va
boshqa tashkilotlar) ishtirok etish va a’zolik badallarini to‘lash bilan bog‘liq
xarajatlar;
−
O‘zbekiston Respublikasining davlat qarziga xizmat ko‘rsatish va davlatning
kafolatli majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlar;
−
davlat buyurtmasi bo‘yicha statistika ishlariga haq to‘lash xarajatlari;
133
−
jamoat tartibini saqlash, davlat xavfsizligi, bojxona organlarini saqlash,
mamlakatning mudofaa qobiliyatini ta’minlash kabi xarajatlar byudjet
parametrlarida “boshqa xarajatlar” guruhida aks ettiriladi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash
va uning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida davlat byudjeti xarajatlari
orqali iqtisodiyotda yalpi talabni rag‘batlantirishning ilg‘or usullari hamda
mexanizmlaridan foydalanish lozim. Bunda davlat byudjet
xarajatlarini rejalash-
tirish va ijro etishning zamonaviy vositalari va ilg‘or usullarini qo‘llashga alohida
e’tibor qaratish orqali kelajakda davlat byudjeti xarajatlarining maqsadliligi va
natijadorligiga erishiladi.
Dostları ilə paylaş: