Byudjet taqchilligining shakllari. Taqchillikni keltirib chiqaruvchi
omillar. Taqchillikni qoplash manbalari.
Amaliyotda byudjet daromadlari va
xarajatlarining tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda
byudjetning daromadlari uning xarajatlaridan ko‘p bo‘lishi mumkin. Bunday
136
byudjet profitsitli byudjet deyiladi. Aksincha, ba’zi hollarda esa byudjetning
xarajatlari uning daromadlaridan ko‘proq bo‘ladi. Shunga muvofiq ravishda
byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ko‘p bo‘lishiga byudjet
defitsitideyiladi.
Taqchillikning hajmi:
−
milliy valyutada absolyut summada;
−
mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmiga nisbatan;
−
milliy daromad hajmiga nisbatan;
−
byudjet daromadlari va xarajatlariga nisbatan foizlarda aniqlanadi.
Boshqa hollar teng bo‘lgan sharoitda, byudjet defitsiti vujudga kelishining eng
umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
−
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital qo‘yilmalarini amalga
oshirishning zarurligi;
−
favqulodda hodisalarning mavjudligi;
−
iqtisodiyotdagi tanazzulli (krizisli) holatlar va uning yemirilishi;
−
moliya-kredit aloqalarining yetarli darajada samarali emasligi;
−
hukumat tomonidan mamlakatdagi moliyaviy holat ustidan yetarli darajada
nazorat qila olmaslik;
−
ijtimoiy ishlab chiqarishning nisbatan past darajada samaradorligi;
−
tashqi iqtisodiy aloqalarning nisbatan kam natijaliligi;
−
byudjet xarajatlarining nooqilona tarkibiy tuzilishi (strukturasi);
−
mamlakat miqyosida mavjud bo‘lmagan mablag‘lar hisobidan yashashga
intilish;
−
yirik davlat investitsiyalarini amalga oshirish amaliyotining mavjudligi;
−
harbiy xarajatlar darajasining nisbatan kattaligi;
−
ichki real imkoniyatni yetarli darajada inobatga olmagan holda boshqa
mamlakatlarga yordam berilishi;
137
−
davlatga iqtisodiyot va sotsial sohani rivojlantirishga stimul sifatida
foydalanish imkonini bermaydigan va yetarli darajada samarali bo‘lmagan byudjet
mexanizmining mavjudligi va boshqa sabablar.
Byudjet defitsitivujudga kelganda, unga nisbatan strategik yondoshuv
quyidagilarga alohida e’tibor berilishini taqozo etadi:
−
byudjet defitsitining mavjudligini matematik yo‘l bilan hal qilishga harakat
qilmaslik kerak. Chunki, bu holda, iqtisodiyotni “davolash” o‘rniga uning kasalligi
kuchayadi;
−
byudjetning balansliligi, daromadlarning xarajatlardan ko‘pligi sog‘lom va
uzluksiz rivojlanayotgan iqtisodiyotdan dalolat bermaydi. Byudjet defitsiti bo‘lishi
mumkin;
−
byudjet defitsitining miqdori (darajasi), odatda, mamlakat yalpi milliy
mahsulotining 2-3%dan oshmasligi lozim. Ana shu chegaradan oshilsa, uni tezroq
qisqartirish (yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko‘rish kerak;
−
byudjet defitsitini qoplash uchun, eng avvalo, davlat kreditining turli
shakllaridan foydalanmoq lozim. Shuningdek, davlat qimmatbaho qog‘ozlarini
moliyaviy bozorda joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Aksincha, milliy pul birligi
belgilarini zarb etuvchi uskunani (stanokni) ishga solmaslik kerak;
−
byudjet defitsitining darajasini kamaytirishyoki unga barham berish uchun,
birinchi navbatda, iqtisodiyotning o‘zini “davolamoq” lozim. Aks holda, ana shu
maqsadga erishish uchun ko‘zda tutilgan har qanday tadbir, albatta,
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Byudjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish
borasidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarning eng asosiy
yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
−
byudjet xarajatlarining investitsion yo‘nalishini o‘zgartirish, ularni eng ko‘p
samara beradigan yo‘nalishlarga yo‘naltirish;
−
xo‘jalik yuritishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi moliyaviy
imtiyoz va jazolardan keng foydalanish;
138
−
davlatdan moliyalashtirishni va davlat iqtisodiyoti sohasini qisqartirish,
xorijiy davlatlarga yordam ko‘rsatishni keskin kamaytirish;
−
harbiy xarajatlarniqisqartirish;
−
eng muhim sotsial dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlab qolish, yirik
byudjet xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni qabul qilishni to‘xtatib turish;
−
qarzlarni davlat qimmatbaho qog‘ozlari shaklida rasmiylashtirmasdan turib
hukumat organlariga kredit berishni Markaziy bank uchun taqiqlab qo‘yish;
−
xorijiy sarmoyalarni jalb etish va boshqalar.
Byudjet defitsiti vujudga kelgan paytda uni moliyalashtirish manbalarini
aniqlab olmoq zarur. Moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri davlatning qarz
olishidir.
Davlatning qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar,
xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan
iborat bo‘lib, ular bo‘yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni
qaytarish bo‘yicha kafolatchi sifatida hukumatning qarz majburiyatlari vujudga
keladi.
Davlatning ichki qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy
davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni
olishdan iborat bo‘lib, ular bo‘yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning
qarzlarni qaytarish bo‘yicha kafolatchi sifatida hukumatning o‘z milliy valyutasida
ifodalangan qarz majburiyatlari paydo bo‘ladi.
Davlatning tashqi qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy
davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni
olishdan iborat bo‘lib, ular bo‘yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning
qarzlarni qaytarish bo‘yicha kafolatchi sifatida hukumatning xorijiy valyutada
ifodalangan qarz majburiyatlari vujudga keladi.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalari jalb qilingan
mablag‘larning barcha asosiy turlari bo‘yicha navbatdagi moliyaviy yilga
139
mo‘ljallangan byudjet to‘g‘risidagi qonunda qonunchilik hokimiyati organlari
tomonidan albatta tasdiqlanishi kerak.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning manbai sifatida mamlakat Markaziy
bankining kreditlari va Markaziy bank tomonidan hukumatning sotib olingan qarz
majburiyatlari maydonga chiqishi maqsadga muvofiq emas.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalarini ikki guruhga
bo‘lish qabul qilingan:
1)
ichki manbalar;
2)
tashqi manbalar.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning ichki manbalari sifatida quyidagilarni
ko‘rsatish mumkin:
−
mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit
tashkilotlaridan olingan kreditlar;
−
mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish orqali amal-
ga oshirilayotgan davlat zayomlari;
−
davlat mulkiga tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar;
−
davlat zaxiralari va rezervlar bo‘yicha daromadlarning xarajatlardan o‘sgan
qismi summasi;
−
byudjet mablag‘larini hisobga oluvchi hisob varaqlaridagi mablag‘lar qoldi-
g‘ining o‘zgarishi va boshqalar.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatoriga quyidagilar
kiradi:
−
mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish orqali xori-
jiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari;
−
xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidan jalb qi-
lingan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning
kreditlari.
|