141
1-yanvardan, Buyuk Britaniya,
Yaponiya, Kanadada – 1-apreldan, Shvetsiya,
Norvegiya, Pokistonda – 1-iyuldan boshlanadi.
Davlat byudjeti loyihasini tuzish.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli
jamg‘armalari byudjetlarining loyihasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlari va moliya yili uchun mo‘ljallangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
prognozi asosida tuziladi.
Davlat byudjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul organlar O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya vazirligi, shuningdek, byudjetlar loyihalarini tuzish,
Moliya
vazirligi so‘ragan axborot va ma’lumotlarni taqdim etishga taalluqli qismi bo‘yicha
–vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari
hisoblanadi.
Byudjet loyihasini tuzish quyidagilarni nazarda tutadi:
−
byudjet so‘rovi tuzish tartibini yuborishni;
−
byudjet so‘rovlari hamda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
prognoz-
larini tayyorlash va taqdim etishni;
−
byudjet so‘rovlarini ko‘rib chiqish va jamlashni;
−
byudjetnomani ishlab chiqishni.
Byudjet so‘rovi
– kelgusi davr uchun byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni
olishga bo‘lgan ehtiyojni asoslashni nazarda tutuvchi hujjat bo‘lib, kelgusi davr
uchun byudjet buyurtmasini o‘z ichiga oladi. Byudjet so‘rovini
tuzish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Byudjet buyurtmasi
byudjet tashkiloti, byudjetdan mablag‘
oluvchi yoki
byudjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan tuziladi va tegishli moliya organiga
byudjet so‘rovini taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan taqdim etiladi. Byudjet
buyurtmasida o‘tgan va joriy yillar hamda kelgusi uch yil uchun byudjet tizimi
byudjetlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar byudjet
tasnifiga muvofiq aks ettiriladi.