153
modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz bilan ta’minlashni yaxshilash,
aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish,
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sog‘liqni saqlash
sohasini isloh qilish, maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash,
umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini
yaxshilash hamda ularni
rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. “Samarali mehnat
uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va
tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish –
bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini
belgilab beradigan muhim omillardir. Shu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini,
balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ham o‘rtacha
ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-
bosqich ko‘paytirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi”
- deydilar Prezidentimiz
Sh.M. Mirziyoyev o‘z ma’ruzalarida
44
. Ushbu vazifalarni amalga oshirishning
moliyaviy manbalaridan biri bu davlatning maqsadli jamg‘armalaridir.
Har bir jamiyat o‘zining milliy, madaniy, tarixiy qadriyatlariga asosan
mehnatga qobiliyatsiz va vaqtinchalik ishsiz aholi qatlamini himoya qilishni va
boshqa ijtimoiy vazifalarni o‘z zimmasiga oladi. Jahon tajribasidan ma’lumki,
ushbu maxsus davlat maqsadli funksiyalarini davlat byudjetidan amalga oshirish
hamma vaqt ham samarali emas. Qoidaga ko‘ra, inqirozlar, yuqori inflyasiya,
ijtimoiy va siyosiy larzalar sharoitida ushbu funksiyalarni davlat byudjetidan
moliyalashtirish samarasining pasayishini kuzatish mumkin.
Davlat byudjeti o‘zining daromadlarini aniq xarajatlariga biriktirilmasligi
hisobiga mablag‘larning moslashishiga ko‘mak beradi.
Ammo xarajat moddalari
bo‘yicha mablag‘larning ortiqroq yo‘naltirishga erishmaslik lozim, xususan bunda
ijtimoiy talablar maxsus e’tiborni talab etadi, chunki hamma vaqt ushbu maqsadlar
uchun xarajatlarni kamaytirishdek xavf mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ham
44
“Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul
qilinganining 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. 07.12.2016 yil.-www.uza.uz- internet
sayti ma’lumotlari asosida
154
rivojlanishning eng muhim yo‘nalishlarini aniqlash va mablag‘larni maqsadli
ishlatilishi va yo‘naltirilishi ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu holatlar maqsadli umumdavlat vazifalarini moliyalashtirishda tegishli
byudjetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etish uchun asos bo‘ldi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun ikki usuldan foydalanish mumkin:
•
ma’lum maqsadli qismini davlat yoki mahalliy byudjetlardan ajratish;
•
hukumat qarorlariga asosan aniq maqsadli yangi byudjetdan tashqari
jamg‘armalarni tashkil etish.
Iqtisodiy
rivojlanishning
hozirgi
bosqichida
ikkala
usuldan
ham
foydalanilmoqda.
Alohida davlat organlari sifatida tashkil
etilgan byudjetdan tashqari
fondlarning institutsional tuzilmalariga alohida e’tibor qaratadi. Biroq, bunday
subyektlar barcha byudjetdan tashqari bitimlarni ushlab turishi mumkin emas
45
.
Byudjetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etishning maqsadi
jamiyat uchun
muhim bo‘lgan xarajatlarni byudjet mablag‘laridan tashqari mustaqil manbalar
hisobidan ta’minlashdir.
Byudjetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etilishining muvofiqligini
ta’minlovchi yana bir muhim omil – bu byudjet taqchilligidir. Xarajatlarni
daromaddan o‘sib ketishi kuchayishiga moliyaviy resurslarni faqat qidirib topishda
emas, balki korxonalar, tashkilotlar va aholidan tushgan mablag‘larni qayta
guruhlanishini ham talab etadi. Va nihoyat, xo‘jalik
yuritishning va
xususiylashtirishning ko‘p qirrali shakllari, byudjet shakllari bilan bir qatorda
jamiyatda pul mablag‘larni qayta taqsimlashni yangi usullarini qo‘llash zaruriyatini
qat’iy talab etadi.
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar dastlab, mahsus jamg‘armalar shaklida yoki
byudjet kelib chiqqunga qadar mahsus hisoblar shaklida paydo bo‘lgan. Hukumat
faoliyatining kengayishi bilan ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
mablag‘larni talab etuvchi yangi xarajatlarga ehtiyoj sezardi. Bu mablag‘lar
45
Dimitar Radev, Richard Allen «Extrabudgetary Funds» 2010 y. p.1-2
155
mahsus maqsadlar uchun mo‘ljallangan alohida jamg‘armalarda yig‘ilar edi. Bu
jamg‘armalar qoidaga ko‘ra, vaqtinchalik xarakterga ega edi. Davlatning
rejalashtirgan tadbirlarini amalga oshirib bo‘lganidan keyin ushbu jamg‘armalar
o‘z faoliyatini to‘xtatar edi. Shu bilan bog‘liq ravishda jamg‘armalar soni doimiy
o‘zgarib turar edi.
Markazlashgan
davlatning
barqarorlashuvi
bilan
birgalikda
mahsus
jamg‘armalarni
muvofiqlashtirish
davri
boshlandi.
Turli
jamg‘armalarni
birlashtirilishi asosida davlat byudjeti tuzildi. Bugungi kunda davlat byudjeti bilan
bir qatorda byudjetdan tashqari jamg‘armalarning ahamiyati ortib bormoqda.
Byudjetdan tashqari jamg‘armalarga badallarni to‘lovchi sifatida yuridik va
jismoniy shaxslar - ijtimoiy kafolatlarning iste’molchilari hisoblanar ekan,
to‘lovlar va jamg‘armalar pul mablag‘larining taqsimlanishi mamlakatning barcha
fuqarolariga ta’lluqli bo‘ladi va shuning uchun ham byudjetdan tashqari
jamg‘armalar samarali faoliyat ko‘rsatishida ularning qiziqishlari kuzatiladi.
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar –
davlat organlari tomonidan milliy
daromadni aholining ma’lum ijtimoiy guruhlari manfaatlarini nazarda tutgan holda
qayta taqsimlashning bir usulidir (9.1-rasm).
Davlat o‘z tadbirlarini moliyalashtirish uchun
aholi daromadlarining bir
qismini jamg‘armalarga jalb etadi.
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar haqida quyidagilarni aytib o‘tish mumkin:
–
byudjetdan tashqari fondlar markaziy boshqaruv xarajatlarining katta
qismini tashkil etadi. Ijtimoiy himoya fondlarini o‘z ichiga olgan holda ular
umumiy xarajatlarning 46 foizini tashkil qiladi;
–
ijtimoiy himoya jamg‘armalari umumiy xarajatlarning 35 foizini hisoblab
chiqadigan byudjetdan tashqari faoliyatning yagona eng ko‘p shaklidir;
–
ijtimoiy himoya fondlari byudjet tashqari faoliyatlar darajasi, rivojlangan
mamlakatlar va o‘tish va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun juda mos bo‘lishi
bilan birga, ijtimoiy xavfsizlik jamg‘armalari, rivojlangan mamlakatlarda markaziy
hukumat xarajatlarining katta qismini tashkil etadi;