Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


-rasm. Byudjetdan tashqari jamg’armalarning asosiy vazifalari va o’ziga



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

9.2-rasm. Byudjetdan tashqari jamg’armalarning asosiy vazifalari va o’ziga 
xos xususiyatlari
48
 
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar moliya tiziminingbir bo‘g‘ini bo‘lishi bilan 
birgalikda bir necha 
xususiyatlarni
o‘zida aks ettiradi: 

hukumat va boshqaruv organlari tomonidan rejalashtiriladi hamda qat’iy 
maqsadli yo‘naltirilgan bo‘ladi; 

jamg‘armalar mablag‘laridan byudjetga kiritilmagan davlat xarajatlarini 
moliyalashtirish uchun foydalaniladi; 

asosan yuridik va jismoniy shaxslarningajratmalari asosida shakllantiriladi; 

jamg‘armalarga sug‘urta badallari va ularni to‘lashda yuzaga keladigan 
o‘zaro aloqalar soliqli xarakterga ega, badallar tarifi davlat tomonidan belgilanadi 
va majburiy hisoblanadi; 
 
48
Mualliflar tomonidan mustaqil shakllantirildi. 
 
Byudjetdan tashqari jamg’armalarning
asosiy vazifalari
o’ziga xos xususiyatlari
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini qo’shimcha 
mablag’lar bilan ta’minlash; 
aholi uchun ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish va 
ularni moliyalashtirish 
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan rejalashtiriladi va 
qat’iy maqsadli yo’naltirilgan bo’ladi; 
fond 
mablag’laridan 
byudjetga 
kiritilmagan 
davlat 
xarajatlarini 
moliyalashtirish uchun foydalaniladi; 
asosan yuridik va jismoniy shaxslarning majburiy va ixtiyoriy ajratmalari 
asosida shakllantiriladi; 
fondlarga sug’urta badallarini to’lash va bu boradagi o’zaro munosabatlar 
soliq xarakteriga ega; 
fondlarning pul mablag’lariga davlat egalik qiladi, ular qonun hujjatlarida 
ko’zda tutilmagan maqsadlarga ishlatilmaydi. 
fondlar mablag’laridan maxsus ko’rsatmalarga muvofiq davlat
tomonidan 
belgilangan maqsadlarda foydalaniladi 


158 

jamg‘armalar pul mablag‘lari davlat qaramog‘ida bo‘lib, ular byudjetlar, 
shuningdek, boshqa jamg‘armalar tarkibiga kirmaydi hamda qonun hujjatlarida 
e’tirof etilmagan maqsadlarga sarflanmaydi;

jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish ko‘rsatmaga asosida amalga 
oshiradi. 
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar davlatning ijtimoiy va iqtisodiy siyosatini 
o‘zida mujassam etuvchi jamg‘armalar hisoblanadi. Byudjetdan tashqari 
jamg‘armalar asosan ijtimoiy va iqsodiy jamg‘armalarga bo‘linadi. Byudjetdan 
tashqari jamg‘armalarni tashkil etish bevosita davlatning boshqaruv organlari 
tomonidan ishlab chiqiladi va asosiy vazifalari belgilanadi 
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar - davlat tomonidan byudjetga 
kiritilmaydigan ba’zi jamoat ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun mustaqil tezkorlik 
asosida moliyaviy resurslardan qat’iy maqsadli foydalanishning shaklidir.
Byudjetdan tashqari davlat jamg‘armalari davlat tomonidan jamiyat 
ehtiyojlarini va mustaqil kompleks ravishda xarajat qilish uchun jalb etilgan 
mablag‘larni 
qayta 
taqsimlash 
va 
ulardan 
foydalanish 
bilan 
bog‘liq 
munosabatlardir. Byudjetdan tashqari davlat jamg‘armalarining afzalliklariga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 

ijtimoiy va iqtisodiy xarajatlarni moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlashning 
qoldiq tamoyillarini bartaraf etish imkonini beradi; 

byudjet xarajatlarining bir qismini o‘z zimmasiga oladi va byudjetdan 
mablag‘ bilan ta’minlash muammosini ma’lum darajada hal qiladi; 

mablag‘lardan maqsadli foydalanadi va moliyaviy resurslarni ko‘paytirish 
imkonini yaratadi. 
Professor A. Vahobovning fikricha, “Byudjetdan tashqari jamg‘armalar avval 
mahsus jamg‘armalar va o‘ziga xos hisobraqamlar ko‘rinishida mavjud bo‘lgan. 
Davlat o‘zining faoliyat doirasini kengaytirishi bilan tobora yangi xarajatlarga 
ehtiyoj seza boshladi. Ularni qoplash uchun mablag‘lar mahsus jamg‘armalarda 
to‘plandi va maxsus maqsadlarga qaratildi. Byudjetdan tashqari jamg‘armalar 


159 
maqsadliligiga ko‘ra ijtimoiy va iqtisodiy, boshqaruv darajasiga ko‘ra markaziy va 
mintaqaviy jamg‘armalarga bo‘linadi”
49

Professor L.A.Drobozinaning fikricha, byudjetdan tashqari maqsadli 
jamg‘armalar jamiyatdagi ayrim xarajatlarni moliyalashtirish va komleks ravishda 
tezkor mustaqillik asosida mablag‘larni sarflash, davlat orqali jalb qilinadigan 
moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash va foydalanish usulidir
50
. Bunday 
jamg‘armalar vaqtinchalik tusga ega bo‘ladi. Davlat tomonidan belgilangan 
tadbirlarning bajarilishi va ularni moliyalashtirishning to‘xtatilishi sababli 
jamg‘armalar 
ham 
o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Shundan kelib chiqib, 
jamg‘armalarning miqdori doimo o‘zgarib boradi: ba’zilari tugatiladi, ba’zilari 
tashkil etiladi.

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin