177
-
Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi va Davlat raqobat qo‘mitasi
huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazida Davlat
raqobat qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini, shuningdek davlat
ishonchli vakillari va xususiylashtirilgan korxonalar negizida loyihalarni amalga
oshiruvchi tadbirkorlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va o‘qitish;
-
Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi «Privatinformsistem» axborot
texnologiyalari markazi» DUK tomonidan zamonaviy axborot-texnologik
kompyuter dasturlarini, elektron ma’lumotlar bazasi va reestrlarini, lokal
kompyuter tarmog‘ini ishlab chiqish, joriy etish va ular bo‘yicha xizmat ko‘rsatish;
-
Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari o‘tkazish
bo‘yicha Davlat tender komissiyasi qarorlari asosida mahalliy ixtisoslashtirilgan
tashkilotlar tomonidan davlat aktivlarini sotish bo‘yicha maslahat xizmatlari
ko‘rsatish;
-
baholovchi tashkilotlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatish. Baholovchi
tashkilotlar xizmatlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar Davlat raqobat qo‘mitasi
tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan
kelishilgan Nizomga muvofiq qoplanadi.
Jamg‘armaning joriy moliya yili yakuni bo‘yicha qoldiq mablag‘lari olib
qo‘yilmaydi va keyingi yilga o‘tadi.
Dostları ilə paylaş: