169
-
qonun
hujjatlariga
muvofiq
Jamg‘arma
mablag‘laridan
moliyalashtiriladigan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun;
2) ishlaydigan fuqarolarga:
-
davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik va
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari);
-
qonun
hujjatlariga
muvofiq
Jamg‘arma
mablag‘laridan
moliyalashtiriladigan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar uchun
sarflanadi.
Ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va
kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni
moliyalashtirish uchun
Jamg‘armaning hududiy bo‘linmalari tomonidan G‘aznachilikning bo‘linmalarida
hisob raqamlari ochiladi. Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari to‘lov
to‘lanadigan har bir oyning 15-kunigacha ishlamaydigan va ishlaydigan
fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari
va boshqa
to‘lovlar to‘lash uchun mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj hajmini belgilaydi hamda
Jamg‘armaning
ijro
etuvchi
apparatiga
buyurtmanoma
taqdim
etadi.
Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati Jamg‘arma xarajatlarini O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda:
-
joriy to‘lov oyining 15-kunigacha — o‘tgan oyning ehtiyoji hisob-
kitobidan kelib chiqib 50 foiz miqdoridagi summani;
-
joriy to‘lov oyining 27-kunigacha — amaldagi
ehtiyojning taqdim etilgan
miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi.
Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar,
kompensatsiya va boshqa to‘lovlar uchun mablag‘larni aloqa tashkilotlari va
banklarning hisob raqamlariga o‘tkazadi.
Jamg‘armaning
tuman
(shahar)
bo‘limlari
tashkilotlarning
buyurtmanomalari bo‘yicha ishlaydigan
pensionerlarga pensiyalar, dafn marosimi
uchun nafaqalar(mablag‘lari davlat byudjetidan qoplanadi), 16 yoshgacha bo‘lgan
nogiron bolalarning ota-onalaridan biriga qo‘shimcha dam olish kunlari uchun va
170
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni to‘lashga mablag‘larni
moliyalashtiradi.
Jamg‘armaning hisob raqamlaridan mablag‘larni qonun hujjatlarida
nazarda tutilmagan maqsadlarda o‘tkazish va vaqtincha olib qo‘yish taqiqlanadi.
Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari har yili 15
iyundan kechikmay
Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga joriy yil uchun xarajatlarning kutilayotgan
ijrosini va kelgusi yilga Jamg‘arma xarajatlari prognozini taqdim etadi. Kelgusi
yilga manbalar va foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha Jamg‘armaning daromadlari
va xarajatlari prognozlari Jamg‘armaning ijro etuvchi
apparati tomonidan ishlab
chiqiladi va Jamg‘armaning Kuzatuv kengashiga ko‘rib chiqish uchun
kiritiladi.O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti belgilangan tartibda qabul
qilingandan va kelgusi yilga uning asosiy parametrlari tasdiqlangandan keyin
Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati besh kun muddatda:
-
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga — mintaqalar bo‘yicha
kelgusi yilga Jamg‘arma daromadlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini;
-
Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlariga —
turlar va mintaqalar bo‘yicha kelgusi yilga Jamg‘arma xarajatlarining tasdiqlangan
asosiy parametrlarini (yo‘nalishlarini) etkazadi.
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan ko‘rsatkichlarini
bajarish:
-
yuridik va jismoniy shaxslardan majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa
to‘lovlar tushishining va yig‘ilishining to‘liqligi yuzasidan — davlat soliq xizmati
organlari tomonidan;
-
Jamg‘arma mablag‘larini belgilangan tartibda o‘z vaqtida va to‘liq
moliyalashtirish, o‘z
vaqtida tayinlash, to‘lash va manzilli ravishda sarflash,
shuningdek Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini
nazorat qilish yuzasidan — Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari va tuman
(shahar) bo‘limlari tomonidan ta’minlanadi.
171
Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari Jamg‘armaning
ijro etuvchi
apparatiga:
-
har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha — hududlar
bo‘yicha to‘langan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va
boshqa to‘lovlar to‘g‘risidagi tezkor
axborotni;
-
tasdiqlangan shakl bo‘yicha yuridik shaxslarning choraklik va yillik
hisobotlari taqdim etilgandan keyin 15 kun mobaynida — mablag‘lardan
foydalanish to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etadi.
Dostları ilə paylaş: