178
Jamg‘arma loyihalarni moliyalashtirish (qo‘shma moliyalashtirish) quyidagi
yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
-
Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash qarori bilan tasdiqlanadigan
ro‘yxatga kiritilgan vakolatli banklarning (keyingi o‘rinlarda — tijorat banklari)
buyurtmanomalariga binoan — muddatli, to‘lovli va qaytarish asosida kreditlar berish
va kredit liniyalarini ochish;
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bo‘yicha ayrim investitsiya
loyihalarining dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun
Iqtisodiyot vazirligi buyurtmanomalariga binoan — grantlar
yoki foizsiz kreditlar
berish (yiliga Jamg‘armaning o‘tgan yildagi foydasining 5 foizidan ko‘p bo‘lmagan
miqdorda);
-
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tijorat banklari va
qarz oluvchining buyurtmanomalari bo‘yicha hamda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti qarorlari asosida — Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan
imtiyozli kreditlar berish;
-
tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlarning ta’sis hujjatlariga va ularni
tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarorlariga muvofiq — yangi tashkil etilayotgan
moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy
tarmoqlarida xorijiy
investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarning ustav
kapitaliga investitsiya kiritish (korxona yoki tashkilot ustav kapitali (fondi)ning 25
foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda).
Shuningdek, Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga ishlatilishi mumkin:
-
Moliya vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha va tegishli O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti qarorlariga asosan — davlatning tashqi qarzlari bo‘yicha
xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan
oldin to‘lash;
-
tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
qarorlari bo‘yicha — yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar
179
hamda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa tovarlarni xarid qilish uchun
imtiyozli kreditlar berish.
Jamg‘armaning asosiy vazifalari:
-
davlatning Jamg‘armaga yo‘naltiriladigan moliyaviy mablag‘larini jamlash;
-
iqtisodiyotni rivojlantirish hamda ishlab chiqarishni
tarkibiy jihatdan
o‘zgartirish va modernizatsiya qilishdagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishda hal
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan g‘oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish;
-
strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarni, birinchi
navbatda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini yangilash va texnik jihatdan qayta
qurollantirish dasturlarini kreditlash;
-
yoqilg‘i-energetika
kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik va rangli
metallurgiya tarmoqlarini texnik jihatdan qayta qurollantirishga hamda ishlab
chiqarish sur’at va hajmlarini oshirishga yo‘naltirilgan loyihalar moliyalashtirilishini
ta’minlash;
-
etakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish uchun muhim ustuvor ahamiyatga
ega investitsiya loyihalarini
birgalikda moliyalashtirish, eksportga mo‘ljallangan va
import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun xorijiy texnologiyalar va
uskunalarni sotib olishga mablag‘larni maqsadli yo‘naltirgan holda respublikaning
tijorat banklariga Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash qarori bilan belgilangan
tartibda kredit liniyalarini ochish.
-
birinchi navbatda istiqbolli, ammo etarlicha rivojlanmagan hududlarda ishlab
chiqarish va noishlab chiqarish infratuzulmasini shakllantirish bo‘yicha ijtimoiy
jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalarning amalga oshirilishini
moliyalashtirish;
-
kelajakda, birinchi
navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab
chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va
tiklash loyihalarini imtiyozli asosda, shu jumladan keyinchalik Davlat byudjeti
mablag‘lari hisobidan qoplash yo‘li bilan moliyalashtirish;
180
-
respublikaning xalqaro kommunikatsiyalar tarmog‘iga
integratsiyalashuvi
uchun shart-sharoitlar yaratadigan, xalqaro transport yo‘laklari va jahon bozorlariga
eng qisqa yo‘l bilan chiqishni ta’minlaydigan transport hamda telekommunikatsiyalar
infratuzilmasini modernizatsiyalash va rivojlantirishni moliyalashtirish;
-
davlatning tashqi qarzlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy
kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to‘lashni moliyalashtirish;
-
xalqaro moliya institutlari, respublika va xorijiy
mamlakatlarning kredit
muassasalari bilan loyihalarning qo‘shma moliyalashtirilishini tashkil etishni
ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: