181
kreditlar beradi, ajratilgan kreditlar miqdori keyinchalik loyihaning umumiy
qiymatiga va loyiha Jamg‘arma kreditini jalb qilish yo‘li bilan amalga oshirilgan
taqdirda, ajratilayotgan kreditning umumiy qiymatiga qo‘shiladi;
-
yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik
ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan
davlat dasturlariga muvofiq
xarid qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bo‘yicha imtiyozli
kreditlar beradi;
-
moliyalashtirish shartlari va Jamg‘arma mablag‘larini qaytarish mexanizmi
to‘g‘risida imzolanadigan
bosh bitimlar asosida, har bir tijorat banki uchun har yili
belgilanadigan limitlar doirasida tijorat banklarini moliyalashtirishni amalga oshiradi;
-
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi va tijorat
banklariga berilgan mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishi
ustidan doimiy ravishda
monitoring olib boradi hamda kelib tushish manbalari va ulardan foydalanishning
asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘larining hisobini yuritadi;
-
tijorat banklarida ochilgan hisobvaraqlar va ular bo‘yicha amalga
oshirilayotgan operatsiyalar to‘g‘risidagi har qanday ma’lumotni olish
huquqiga ega
bo‘lgan holda, tijorat banklari va qarz oluvchi korxonalar zimmasiga yuklatilgan
majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini o‘rganadi.
-
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini
takomillashtirish bo‘yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshiradi;
-
Jamg‘arma faoliyatini takomillashtirish yuzasidan o‘z
vakolatlari doirasida
choralar ko‘radi yoki belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
-
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan Jamg‘arma mablag‘larining
bo‘sh qoldiqlarini ishonchli boshqarish to‘g‘risida shartnomalar tuzadi;
-
Jamg‘arma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan
boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi.
-
Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash Jamg‘armaning yuqori boshqaruv
organi hisoblanadi, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
tasdiqlanadi.