185
Mavzu yuzasidan topshiriqlar
1.
Davlat maqsadli jamg‘armalari tarkibini evolyutsiyasini aks ettiruvchi
chizma tayyorlang.
2.
Ijtimoiy yo‘nalishdagi davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalar
faoliyati, uning maqsadi,
vazifalari, shakllanish manbalari va mablag‘lar sarfi
yonalishini aks ettiruvchi grafik organayzerlarini shakllantiring.
3.
Xorijiy davlatlarda davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari faoliyatiga
doir tahliliy ma’lumot tayyorlang.
186
10-BOB. DAVLAT KREDITI VA DAVLAT QARZLARINI BOSHQARISH
10.1. Davlat krediti va davlat qarzi to‘g‘risida tushuncha, davlat qarzini
moliyalashtirish tartiblari
Ma’lumki, davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining
uzluksiz o‘sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi davlat
byudjeti xarajatlarining daromadlarga nisbatan ortib ketishiga, ya’ni
byudjet
taqchilligiga olib keladi. Byudjet taqchilligining vujudga kelishiga quyidagilar
sabab bo‘ladi:
−
ishlab chiqarishning pasayib ketishi;
−
xarajatlarning haddan tashqari o‘sib ketishi;
−
tovarlar bilan ta’minlanmagan pul emissiyasi;
−
harbiy sanoat majmuasini moliyalashtirish bo‘yicha sarf-xarajatlarning
o‘sishi;
−
yashirin, ya’ni
nolegal iqtisodiyot, unumsiz xarajatlar, yo‘qotishlar
hajmining o‘sib borishi va boshqalar.
Byudjet taqchilligining o‘zgarishi xo‘jalik konyunkturasidagi joriy
tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi,
inqirozlar davrida davlat byudjet mablag‘lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum
sektorlarini moliyaviy ta’minlab
turishga, umummilliy ahamiyatga ega bo‘lgan
tarmoqlarda investitsiyalar hajmini saqlab qolishga majbur bo‘ladi. Jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida byudjet taqchilligining kuchayish holati
ayniqsa 2010-yilda Irlandiya (32 foiz), Gretsiya (15,4 foiz), Buyuk Britaniya (11,1
foiz) singari mamlakatlarda keskin namoyon bo‘lgan bo‘lsa,
mazkur
ko‘rsatkichning 2012-yilda Yaponiya (10 foiz), AQSh (8,7 foiz), Buyuk Britaniya
(8,3 foiz) va boshqa mamlakatlardagi darajasi hamon yuqoriligicha qolmoqda
(10.1-rasm).