Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


  Davlat qarzini boshqarish va uning instrumentlari



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

10.2. 
Davlat qarzini boshqarish va uning instrumentlari
Amerika 
Qo‘shma 
Shtatlari 
– qarzdor davlat sifatida.
Jahon 
iqtisodiyotining bugungi kundagi holatiga ta’sir etuvchi muhim omil bo‘lib 
AQSHning xususiy shaxslarga, korporatsiyalarga va hukumatlarga bo‘lgan 
qarzdorligining mavjudligi hisoblanadi. Fuqarolar murakkab siyosiy sharoitlarning 
yuzaga kelishi, shu jumladan, terrorizmning kuchayib borishiga bog‘liq ravishda 
benzin va boshqa mahsulotlar importining qimmatlashib borayotganligini his 
qilmoqdalar. 1985-yilda Qo‘shma Shtatlar birinchi marta sof qarzdor bo‘ldilar. 
Rasman olib qaraganda bu shuni anglatadiki, AQSHdagi xorijiy investitsiyalarning 
qiymati Shtatlarning xorijdagi investitsiyalari qiymatidan ortib ketdi. 2009-yilda 
xorijiy investitsiyalarning qiymati (joriy bozor narxlarida) 21,1 trln. dollar, 
AQSHning xorijdagi investitsiyalarining qiymati esa 18,4 trln. dollar miqdorida 
baholandi; 90-yillarning o‘rtalaridan boshlab ushbu qiymatlar ikki barobardan 
ziyod ko‘paydi. 21 trln. dollarlik investitsiyalarning deyarli 25 foizi rasmiy xorijiy 
investorlar (hukumatlar va hukumat tashkilotlari) tomonidan kiritilgan.
61
Ushbu 
rasmiy xorijiy investitsiyalarning katta qismi Shtatlarning xazina qimmatli 
qog‘ozlari va boshqa hukumat qarz majburiyatlariga qo‘yilgan bo‘lib, bu AQSH 
ning rasmiy qarzlari tashqi qarz ekanligini aks ettiradi.
2,7 trln. dollar atrofidagi sof tafovut uzoq muddatli ko‘rinishga ega. 
Iqtisodiy va fond bozorlaridagi tez-tez sodir bo‘lib turadigan tebranishlar va 
nomutanosibliklarga qaramasdan, xorijiy investitsiyalarning jozibadorlik darajasi 
xorijiy investorlarga AQSHning xorijdagi investorlariga qaraganda yuqoriroq 
ko‘rinmoqda. Masalan, 2001-yilda fond bozorining pasayishi natijasida xorijiy 
investorlar, milliy investorlarga qaraganda, o‘z aktivlarining kattagina qismini 
 
60
Рейтинг стран по объему внешнего долга http://www.vestifinance.ru/articles/11572 
61
U.S. Council of Economic Advisers (2011). Economic report of the president: 2011, 313. 


191 
sotib yubordilar, buning natijasida AQSHdagi xorijiy xolding kompaniyalarining 
qiymati praporsional ravishda tushib ketdi. Bunday holat 2007-yil va undan 
keyingi yillarda biron-bir boshqa ko‘rinish va darajada kuzatilmadi, bunga asosiy 
sabab, boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlardagi moliyaviy bozorlar, odatda, 
investorlar uchun Amerikachalik jozibador emas edi.
62
1985-yildan boshlab Qo‘shma Shtatlar, undagi jami xorijiy aktivlar 
qiymatining boshqa mamlakatlardagi Amerika investorlariga tegishli bo‘lgan 
aktivlar qiymatidan ortib ketishi bilan, sof qarzdor mamlakatga aylandi.
2009-yilda Qo‘shma Shtatlardagi xoldinglar aktivlarining 16 foizi AQSH 
moliyaviy bozorlaridagi hosilaviy moliyaviy instrumentlarga qo‘yilgan edi. 
Boshqa majburiyatlarga qo‘yilgan investitsiyalar 25 foizni tashkil qilgan. Qo‘shma 
Shtatlar xoldinglarining boshqa xorijiy aktivlarining joylashtirilishi kamayib borish 
tartibida quyidagicha: (1) AQSH kompaniyalarining portfel investitsiyalariga 
qo‘yilgan qarz qimmatli qog‘ozlari va aksiyalari; (2) rasmiy hukumat va xususiy 
investorlarga tegishli bo‘lgan xazina qimmatli qog‘ozlari; (3) asosiy vositalarga, 
shu jumladan kurortlar, fabrikalar, xatto kommunal xo‘jaliklarga, masalan, suv 
xo‘jaligi korxonalariga qo‘yilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar.
63
2000-
yillarning 
boshida 
davlat 
qarzining 
oshib 
ketishiga 
qadar, 
xorijiy 
investitsiyalarning aksariyat qismi fond bozorlariga hamda asosiy vositalarga 
yo‘naltirilgan bo‘lib, nisbatan kamroq qismi hukumat qimmatli qog‘ozlari va 
xazina veksellariga jalb qilingan edi. 1990-yillar oxirida AQSH federal 
byudjetining profitsiti qarz olishga bo‘lgan muhtojlikni birmuncha kamaytirdi. 
Lekin federal byudjetning o‘sib borayotgan defitsiti, albatta, qarz olishni (asosan 
xorijiy investorlardan) talab etadi, shuning uchun davlat qarzining 2001-yildan 
boshlab o‘sib borish tendentsiyasi saqlanib kelmoqda. 
Xorijiy kapitalning oqib kelishi AQSHga foiz stavkalarining past darajada 
ushlab turishga imkon berdi, u federal byudjetning defitsitini qoplash uchun qarz 
olishga bo‘lgan talabni qondiradi hamda AQSH uy xo‘jaliklari iste’molini, shu 
 
62
I wouldn't start from here. (2011). The Economist, 401, October 15, 80-81. 
63
U.S.Council of Economic Advisers (2011). Economic report of the president: 2011, 313. 


192 
jumladan, import mahsulotlari iste’molini moliyalashtiradi. Bundan tashqari, 
xorijiy investitsiyalar AQSHda ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi. Boshqa 
tarafdan, xorijiy kapitalning mamlakat ichki kapitalining o‘rnini tobora ko‘proq 
egallashi milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga bog‘liqligini oshiradi.
AQSHning jamg‘armalari investitsiyalarga bo‘lgan talabni to‘liq qondira olmaydi, 
natijada mamlakat iqtisodiyoti xorijiy investorlarning AQSH iqtisodiyotiga bo‘lgan 
ishonchiga tobora ko‘proq bog‘liq bo‘lib qoladi. AQSH uy xo‘jaliklari 
iste’molining import tovarlar xaridini o‘z ichiga oluvchi murakkab tuzilmasi, 
shuningdek, davlat byudjeti defitsiti iste’molni moliyalashtirish va byudjet 
defitsitini qoplashga yo‘naltiriladigan xorijiy kapital importini talab etadi. 
Xorijiy investorlarning AQSH iqtisodiyotiga bo‘lgan ishonchi saqlanib qolar 
ekan, bu holatlar muammo bo‘lmaydi. Tashqi xavf-hatarlar, xususan, 2000-2002-
yillardagi fond bozoridagi tushkunlik, 2001-yil 11-sentyabrda sodir bo‘lgan 
halokatli hodisalar, Afg‘oniston va Iroqdagi urushlar natijasidagi davomli 
muammolar xorijiy investorlarni bir qadar xavotirga solib qo‘ygan bo‘lsa-da, 
boshqa investitsion imkoniyatlar bilan taqqoslaganda, AQSH iqtisodiyoti 
investitsion jozibadorligini saqlab qoldi. 2007-yildagi moliyaviy bozorning qulashi 
vaqtinchalik 
natija 
ko‘rsatdi, 
biroq, 
Yevropa 
Ittifoqining 
bir 
qator 
mamlakatlaridagi qarz inqirozlari talvasasi AQSHdan G‘arb iqtisodiyotiga ko‘chib 
o‘tdi.
64
Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy kabi mamlakatlarda valyuta 
cheklovlarining yumshatilishi va ular iqtisodiyotining xorijiy investorlar uchun 
ochiqligining ortib borishi natijasida AQSH va avvaldan sanoati rivojlangan 
boshqa mamlakatlar investitsion jozibadorligining nisbatan pasayishining 
boshlanishiga olib kelishi mumkin. Agar AQSH iqtisodiyotiga bo‘lgan ishonch 
pasayib boraversa, AQSH investorlarni jalb qilish uchun foiz stavkalarini 
ko‘tarishga majbur bo‘ladi. Bunday stavkalar AQSH Federal Rezerv Tizimi 
tomonidan olib boriladigan monetar siyosat orqali tartibga solinadi. 
 
64
I wouldn't start from here. (2011). The Economist, 80-81. 


193 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin