AQSH iqtisodiyotining moliyalashtirilishi.
Investitsiyaviy moliyalashtirish
va xalqaro chegaralar orqali o‘tadigan kapital oqimlari iqtisodchilar va
hukumatning e’tibor qaratadigan asosiy ko‘rsatkich bo‘lib qolishda davom etadi.
Globallashuv atamasi ustida hanuzgacha bahslar davom etmoqda va u haqida aniq
bir tugal xulosaga kelinmagan. Tarixan, boshqa mamlakatlar ishlab chiqarish
salohiyatini belgilashda investitsiyalar sezilarli o‘ringa ega bo‘lgan. Biror
kompaniya yoki investitsiyalovchi banklar guruhining xorijdagi birorta ishlab
chiqarish sohasiga investitsiya kiritishi, investitsiya kiritilgan mamlakatning ishlab
chiqarish salohiyatini oshirgan va investor investitsiya qilgan mablag‘ini tezda
qaytarib olib chiqib ketishi osonlik bilan hal etib bo‘lmaydigan masalaga aylangan.
1980-yillarning oxirida jismoniy kapitaldan farqli ravishda, aksiya va obligatsiya
kabi moliyaviy instrumentlarga xalqaro transaksiyalar hajmi sezilarli darajada
o‘sdi. 1990-yillardagi Osiyo va rivojlananayotgan bozorlardagi inqirozlarning
tezlashishining asosiy sabablaridan biri investorlarga o‘zlari kiritgan sarmoyalarni
tezda qaytarib olish imkonini beruvchi savdoga oid moliyaviy instrumentlarga
qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi bilan bog‘liq edi.
65
2007-yildagi yuzaga
kelgan bozor inqirozi Qo‘shma Shtatlarga jiddiy darajada takrorlanmadi. Biroq,
Portugaliya, Italiya, Gretsiya va Ispaniya kabi boshqa mamlakatlar investorlar
mazkur mamlakatlar moliya bozorlaridan o‘zlarining portfel investitsiyalarini olib
chiqib ketganligi sababli qattiq bosimni boshdan kechirdilar.
Savdo balansida yuz berayotgan o‘zgarishlarning muhimligi bu xatti-
harakatlar iqtisodiyotning moliyalashtirilishida qanchalik darajada ishtirok
etayotganligi bilan belgilanadi. XIX asr o‘rtalaridan 1980-yillarning o‘rtalarigacha
bo‘lgan davrda AQSH iqtisodiyoti mamlakatning ichki manbalari hisobiga
moliyalashtirilgan. Milliy jamg‘armalar xorijda amalga oshirilgan jamg‘armalar
o‘rtasidagi ijobiy saldo sababli milliy investitsiyalarni mablag‘ bilan ta’minlash
uchun yetarli bo‘lgan. Iste’mol tovarlariga uy xo‘jaliklari sarflarining ortishi,
jamg‘arishning qisqarishi, davlat byudjeti defitsiti holatida, iqtisodiyotni
65
Krugman, P. (1999). The return to depression economics. New York, NY: W.W. Norton.
194
investitsiyalashni tashqi manbalar hisobidan moliyalashtirishga majbur bo‘lindi.
AQSH iqtisodiyotining muhim qismi ichki jamg‘armalar hisobidan emas, balki
xorijiy investitsiyalar orqali moliyalashtirildi. Bu xorijiy investitsiyalar AQSH
hududidagi, biroq AQSH iqtisodiyotining o‘ziga tegishli bo‘lmagan xorijiy aktivlar
bo‘yicha kelajakdagi da’volarni o‘zida ifodalaydi.
Qo‘shma Shtatlarda sanoat aksiya va obligatsiyalarini chiqarish orqali,
davlat qarzini istisno qilgan holda, xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali
moliyalashtirish iqtisodiyotni kengaytirish uchun foydali bo‘lgan bo‘lardi. Bu
holatda, AQSH davlat qarzi hisobiga investitsiyalash AQSH ning ichki ishlab
chiqarish salohiyatini oshirmadi, balki bu yerda moliyaviy ta’minlanish uchun
hukumatning ehtiyojlari bilan investitsiyaviy moliyalashtirish uchun sanoat
ehtiyojlari o‘rtasida raqobat yuzaga keladi. Makroiqtisodiy nuqtai nazardan,
byujdet defitsitini bunday tashqi moliyalashtirish, kelgusida AQSH davlat sektori
qarzlarining xorijiy kreditorlariga to‘lovlarni amalga oshirish uchun AQSH tovar
va xizmatlarining katta qismini uzoq vaqt davomida xorijda sotishga majbur
bo‘ladigan vaziyatni yuzaga keltiradi. Bu miqdor AQSH iste’moli yoki investitsiya
uchun mavjud bo‘lmaydi. Shunday qilib, savdo balansi, shuningdek umumiy to‘lov
balansi beqarorligi, federal hukumat byudjet defitsiti bilan chambarchas bog‘liqdir.
1990-yillar oxiridagi AQSH dagi jadal iqtisodiy o‘sish bu fikrni tasdiqladi.
Federal byudjet 1998-yilda balansga erisha oldi. Bunda AQSH hukumati nafaqat
byudjet defititsitini moliyalashtirish uchun uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar
chiqarishga ehtiyoj sezmadi, balki uch yil ichida byudjetning profitsit qismi
evaziga G‘aznachilik amalda oliy toifadagi qarzlarini qaytarib sotib oldi. XX asr
oxiriga kelib, defitsitni qoplash uchun xorijiy qarzdan foydalanish muammosi o‘z
dolzarbligini yo‘qotib borayotgan edi, biroq 2002-yilning boshlarida yana yirik
byudjet defitsitining yuzaga kelishi, federal byudjet kamomadini qoplash uchun
xorijiy investorlar rolini oshirib yubordi. Buning ustiga Amerika Qo‘shma
Shtatlarida uy xo‘jaliklarining jamg‘arish darajasi nisbatan past darajada ekanligi
qayd etildi.
195
AQSH iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning o‘sib borishi mamlakat
iqtisodiyotiga nisbatan xorijliklarda ishonch borligini ifodalaydi. 2011-yildagi
bozor parokandaligi yuzaga kelganda, AQSH iqtisodiyotiga investorlarning
ishonchi boshqa mamlakatlarga qaraganda mutloq ustunlikda bo‘lmagan bo‘lsa
ham, nisbatan kuchliroq bo‘ldi, shu davrda boshqa mamlakatlarda AQSHdagiga
qaraganda nisbatan kam investitsion qarorlar amalga oshirildi.
66
Xorijiy investorlar
AQSH G‘aznachiligi banknotalarini ularga belgilangan foiz stavkalari va
risklardan himoyalanganligi uchun investitsiya kiritish uchun eng maqbul variant
deb hisoblashdi.
AQSH Kongressi 2011-yilda imkon qadar jahon moliya bozorlarida
to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash uchun AQSH ning imkoniyatlari darajasida
konsernlar tashkil qilish orqali davlat qarzlari miqdorining oshib borishini
to‘xtatmay turishiga qaramasdan, AQSH hukumati yuridik noxushliklarga duch
keldi, davlat byudjeti defitsini qisqartirish uchun qarzlarning oshirib borilishiga
bog‘liq ravishda kelishuvga erishildi.
67
Milliy jamg‘armalarning pasayishi (qisqarishi). 1998-yildan 2001- yilgacha
bo‘lgan to‘rt yillik byudjet profitsidan tashqari, AQSH iqtisodiyotida uning
hajmiga nisbatan iqtisodiyotni moliyaviy ta’minlash uchun jamg‘armalar miqdori
pasayishi holati kuzatilgan. Milliy jamg‘armalar ishlab chiqarish salohiyatini
oshirish imkonini beruvchi asbob-uskunalar, xom-ashyolar va boshqa jihozlarga
yangi investitsiyalar uchun mablag‘lar manbai hisoblanadi. Iqtisodchilar yalpi va
sof jamg‘armalarni yalpi ichki mahsulotga nisbatan foizlarda o‘lchashadi.
Yalpi
milliy jamg‘arma
uy xo‘jaliklari jamg‘armalari, korporatsiyalar jamg‘armalari va
hukumat jamg‘armalarining yig‘indisidan iboratdir. Uy xo‘jaliklari jamg‘armalari
jamg‘arib boriladigan hisobraqamlarda, qimmatli qog‘ozlarga individual
investitsiyalar hisobraqamlari hamda pensiya rejalariga yakka va korporativ
badallar ko‘rinishlarida shakllantiriladi. Hukumat jamg‘armalari yo‘l va ko‘priklar
qurilishi kabi asosiy kapitalga investitsiyalar va, ayrim hollarda, byudjet profitsiti
66
Nowhere to hide. (2011). The Economist, 401, October 15, 15.
67
The debt ceiling deal: no thanks to anyone. (2011). The Economist, 401, August 6, 24.
196
kabi shakllarda bo‘lishi mumkin. Korporativ jamg‘armalar asosiy kapitalga
investitsiyalar, xususan zavodlar, asbob-uskunalar, atrof-muhitni obodonlashtirish,
va shuningdek, zaxiralarni yangilashga investitsiyalar shaklida bo‘lishi mumkin.
Bu kompaniyalarning xususiy xaridlari va qarz mablag‘lari yoki hukumatning
soliqlar hisobidan moliyalashtiriluvchi hukumat va korporativ investitsiyalar tovar
va xizmatlar ishlab chiqarish imkoniyatini, buning natijasi o‘laroq, iqtisodiy
imkoniyatlarni kengaytiradi.
Davlat va korporativ investitsiyalarning hammasi ham aslida ishlab chiqarish
aktivlarining o‘sishiga olib kelavermaydi, albatta, ular eski va ishlab chiqarish
samaradorligini yo‘qotgan asbob-uskunalar va bino-inshootlarning o‘rnini bosishi
shart. Eskirgan, ishlab chiqarish samaradorligini yo‘qotgan mashinalarni yangilash
uchun sotib olinganlari ishlab chiqarish salohiyatini oshirmaydi.
Sof milliy
jamg‘arma
ishlab chiqarish quvvqtlariga davlat yoki korporatsiyalar tomonidan
qilingan investitsiyalar bilan mahsulot ishlab chiqarishga ketgan asosiy vositalar
sarfi o‘rtasidagi farqni ifodalaydi.
AQSH yalpi milliy jamg‘armasi 1965-yilda 22% dan yuqori, 2009-yilda esa
11% dan pastroq darajada bo‘lgan. Shu bilan birga, asosiy kapital sarfini inobatga
olgan holda, sof milliy jamg‘arish darajasi 2009-yilda eng past 2,3% ko‘rsatkichni
qayd etgan. O‘tgan yillarda sof milliy jamg‘arishining eng yuqori darajasi 1960-
yillarning boshida 1965-yilda bo‘lgan (12%).
68
Dostları ilə paylaş: |