Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

AQSH
 
Irlandiya
 
B.Britaniy
a
 
Gretsiya
 
Ispaniya
 


199 
Mamlakatda past jamg‘arish normalari va tez-tez kuzatiluvchi byudjet 
defitsitiga qaramay, yuqori texnologiyali bilimlar, AQSH iqtisodiyotining 
jozibadorligi va dunyodagi boshqa mamlakatlarga qaraganda turmush kechirish 
darajasining yuqoriligi mamlakat iqtisodiyotining ustun darajada rivojlanishiga 
sabab bo‘lgan.
72
10.3. 
Xorijiy davlatlarda davlat qarzi, uni boshqarish, tartibga solish va 
moliyalashtirish
 
Defitsit va qarzlarni boshqarish.
Davlat va mahalliy qarzlar avvalambor 
infratuzilma va boshqa kapital aktivlarni uzoq muddatli investitsiyalashni 
moliyalashtirish vositasidir. Shuning uchun davlat va mahalliy hokimiyat organlari 
qisqa muddatli qarzlardan foydalanishda faqat qisqa muddatli majburiyatlarni 
qoplashda, 
uzoq 
muddatli 
qarzlarni 
ta’minlash 
esa 
moliyalashtirilgan 
investitsiyalarning kutilayotgan hayotiylik davriga bog‘liqligiga ehtiyotkorlik bilan 
yondashishlari talab etiladi. Federal qarz siyosati, aksincha, kapital investitsiya 
talablariga qaraganda, ko‘p jihatdan makroiqtisodiy siyosat shart-sharoitlariga 
bog‘liq bo‘ladi. Jamlangan federal byudjetda xarajatlarning daromadlardan ortib 
ketishiga qaramay, qarz orqali uzoq muddatli taraqqiyotda investitsiya xarajatlari 
moliyalashtiriladi, operatsion xarajatlar ta’minlanadi, o‘tgan davrdagi qarzlarning 
foizlari to‘lanadi, transfert to‘lovlari va urush xarajatlari ta’minlanadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda qarzlarni boshqarish. Rivojlanayotgan 
mamlakatlarda qarzlarni boshqarish masalalari odatda ularda davlat qarzlari
mamlakat fiskal siyosatining muhim chora-tadbirlari sifatida qaralishi tufayli 
AQSH va boshqa sanoatlashgan davlatlarniki bilan solishtirib bo‘lmaydi. Har 
tomonlama puxta o‘ylangan qarz menejmentini amalga oshiruvchi rivojlanayotgan 
mamlakatlarning bu siyosatini AQSHning shtatlar va mahalliy darajadagi 
hokimiyat organlari faoliyati bilan solishtirish mumkin. Rivojlanayotgan 
mamlakatlarda, odatda, uzoq muddatli davr uchuniqtisodiy strategiya mehnat 
 
72
Walsh, D. (2006). Knowledge and the wealth of nations: a source of economic discovery . New York, NY: 
Norton. 


200 
unumdorligini oshirish uchun ta’limni va ishlab chiqarishni hamda xususiy sektor 
tomonidan ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar oqimini yengillashtirishga xizmat 
qiluvchi infratuzilmani investitsiyalashga qaratilgan. Rivojlanayotgan mamlakatlar 
hukumatlari 
o‘zlarining moddiy-texnik bazalarini va boshqa kapital 
investitsiyalarini ko‘paytirish uchun Jahon banki va boshqa mamlakatlarning yirik 
banklari kabi donor tashkiliotlardan qarz oladilar. Agar ular iqtisodiy jihatdan 
mustahkam bo‘lsa, jalb qilingan investitsiyalar hisobiga uzoq istiqbolda 
qarzdorlikni qoplashga yetadigan darajada mahsulot yarata oladi.
Biroq, ko‘pincha rivojlanayotgan mamlakatlar qarz mablag‘larini moddiy-
texnika bazasini mustahkamlash, ularni saqlab turishni investitsiyalash uchun 
emas, joriy iste’mol uchun oladilar va qarz majburiyatlarini bajarishdq 
qiyinchiliklarga duch keladilar. Iqtisodiyot o‘sish sur’atlarining yetarli darajada 
bo‘lmasligi daromadlarning ham yetarli darajada oshmasligiga va qarzni to‘lay 
olish qobiliyatining pasayib ketishiga olib keladi.

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin