201
bu muammolar taxminan qisqa muddatli bo‘lishiga qaramasdan xarajatlar va
daromadlar manbalarida jiddiy o‘zgarishlar qilinmas ekan, yaqin kelajakda federal
byudjet ajralmas defitsitda bo‘lib qoladi.
73
Rag‘batlantirish vositasi sifatida foydalaniluvchi vaqtinchalik qarzlar hamda
daromadlar va xarajatlarga oid siyosiy qarorlarning natijasida to‘planuvchi
qarzlarni o‘zaro farqlash davlat siyosatini ma’lumot bilan ta’minlashda muhim
ahamiyatga ega. Mana shu ikki holat o‘rtasidagi chalkashliklar 2007-yilning
boshlarida rag‘batlantirish paketlarining bir-turi ustidan tortishuvlarning
boshlanishi orqali o‘zini,
bir tomondan, namoyon qildi. Boshqa tomondan,
iqtisodiyot normal faoliyat yuritayotganda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi
hokimiyatlar, shuningdek ikki asosiy partiyalar xarajatlarni qisqartirish va
daromadlarni oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha
kelishib qaror qabul qilish
layoqatiga ega emasligini aks ettiruvchi bunday defitsitlar fiskal siyosatning qarori
emas. Bu tortishuvlar har qaysi taraf federal qarzni o‘sib borishining ikki asosiy
sabablarini aralashtirish orqali siyosiy afzalliklarni ko‘zlayotganliklarini namoyon
qiladi.
74
Prezident 2011-yildagi iqtisodiy ma’ruzasida iqtisodiy turg‘unlikning
o‘tgan ikki yili davomida namoyon bo‘lgan iqtisodiyotni rag‘batlantirishda muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan ikki asosiy mavzuni ta’kidladi:
1. yirik investitsiyalarni ta’limga, energiya mustaqilligiga, shuningdek
kelajakda AQSH ning iqtisodiy taraqqiyotida yonilg‘i
sanoatida va yashil tabiat
biznesida mutlaqo yangi tarmoqlarni yaratish uchun yangi texnologiyalarga
yo‘naltirishni davom ettirish zarurati;
2. birinchi navbatda past va o‘rtacha daromad topuvchi oilalarga ta’sir
etmaydigan va yuqori daromad topuvchi amerikaliklar to‘lovlarining ulushining
kamayishiga olib kelmaydigan byudjet qisqartirishlarini ta’minlash zarurati.
75
73
U.S. Govern ment Accountability Off ice (2006). Fiscal year 2005 U. S. govern ment fi nancial statements:
sustained improvements in feder al fi nancial management is cr ucial to addressing our nation's fi nancial condition
and /,ong-term fi scal imbalance. Washington, DC: U.S. Government
Accountability Office; U.S.Congressional
Budget Office ( 2011). The budget and economic out/,ook: fiscal years 2011-2021.
74
The debt ceiling deal: no thanks to anyone. (2011). The Economist, 24; America's missing middle.
(2011). The Economist, 401, November 5, 15.
75
U.S. Council of Economic Advisers (2011). Economic rep ort of the president: 2011, 1-7.
202
Prezidentning iqtisodiy hisoboti bilan bir paytda,
Kongressing Byudjet
Boshqarmasi o‘zining “Byudjet va iqtisodiy istiqbollari”da (“Budget and
Economic Outlook”) o‘zining uzoq muddatli davr uchun (2021 yil uchun)
byudjetning profitsit/defitsit bo‘yicha bazaviy ko‘rsatkichlar bilan solishtirgan
holda o‘ziga xos siyosatning davom etishi bo‘yicha prognozlarini keltirib o‘tdi.
Mazkur chora-tadbirlar “Medicare” dasturi bo‘yicha tibbiy xodimlarga to‘lovlarni
kamaytirmagan holda muqobil minimal soliqlarni indeksatsiya qilish va 2010-
yildagi “Ish o‘rinlari yaratish haqida”gi Qonunlarni (“the Job Creation Act”) o‘z
ichiga olgan. Bu prognozlar bilan Kongressing Byudjet Boshqarmasi 2008-2010-
yillardagi byujdet defitsitining eng yuqori darajasini istisno qilgan holda, 1970-
yillardan buyon YaIMga nisbatan eng yuqori darajadagi federal byudjet defitsiti
yuzaga kelishini bashorat qilmoqda.
76
Dostları ilə paylaş: