8.4. Davlat byudjetining xarajatlari tizimi
Ma’lumki, davlat jamiyat va mamlakat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab
chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning
samarali faoliyat yuritishi qilishi uchun qonuniy-huquqiy, me’yoriy va
institutsional asoslarini yaratish va shu bilan o‘z fuqarolarining yashashi va
ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi. Ushbu
vazifalarni bajarishning moddiy-moliyaviy asosini yaratish maqsadida mamlakatda
yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismi davlat byudjetida
markazlashadi va markaziy hukumat hamda mahalliy hokimiyatlarning jamiyat
oldidagi vazifa va funktsiyalarini to‘laqonli bajarishga yo‘naltiriladi.
Moddiy ma’noda davlat byudjetining xarajatlari markaziy hukumat va
mahalliy hokimiyatlar zimmasidagi vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan
faoliyatini moliyaviy ta’minlashga yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘lari bo‘lib,
ularning turlari, amalga oshirish shakllari, tarkibi va tuzilishi qator omillarga
bog‘liq:
−
davlatning tabiati va bajaradigan funktsiyalariga;
Iqtisodiy mazmun-mohiyatiga ko’ra, davlat byudjeti xarajatlari –
davlatning markazlashgan pul fondida jamlanadigan pul mablag’larini
taqsimlash, qayta taqsimlash va ishlatish bilan bo’lgan, davlat bilan davlat
byudjetidan mablag’ oluvchilar o’rtasida sodir bo’ladigan iqtisodiy pul
munosabatlaridir.
125
−
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanganlik darajasiga;
−
davlat byudjetining iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar bilan
aloqalarining ko‘lamiga;
−
davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga;
−
byudjet mablag‘larini taqdim etish shakllariga va b.
Masalan, agar davlatning asosiy e’tibori iqtisodiyot tarmoqlarini davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lsa, qabul qilinayotgan iqtisodiy
rivojlanish dasturlarini amalga oshirishning moliyaviy manbalarida davlat
byudjetining ulushi yuqori bo‘ladi, byudjet xarajatlari tarkibida ham yirik
markazlashgan investitsiyalarni davlat resurslari hisobidan moliyalashtirish
xarajatlari ustun bo‘ladi. Davlatning asosiy e’tibori jamiyatdagi ijtimoiy
muammolarni hal qilish, aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy
dasturlarni davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshirishga qaratilgan bo‘lsa,
xarajatlar tarkibida ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlar ustun darajada bo‘ladi.
Byudjet xarajatlari tarkibi va tuzilmasi muayyan byudjet yili uchun
tasdiqlanadigan davlat byudjeti parametrlarida bevosita ko‘rsatiladi va, byudjet
daromadlari kabi, mamlakatda u yoki bu davrda qaror topgan iqtisodiy vaziyat
hamda ijtimoiy ustuvorliklar ko‘lamiga bog‘liq bo‘ladi.
Davlat byudjetining barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalar-
ning holatini tavsiflaydigan muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Milliy iqtisodiyotning
ayrim korxonalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, davlat investitsiya
dasturlarida ko‘zda tutilgan investitsiya loyihalarini qo‘shma moliyalashtirish,
ijtimoiy soha (ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport, fan, ijtimoiy ta’minot)
muassasa va tashkilotlarini saqlash, ijtimoiy jihatdan yordamga muhtoj oilalarga
ijtimoiy nafaqalar va boshqa turdagi moliyaviy yordam berish, davlat boshqaruvi
va hokimiyati, sud organlari, fuqarolarning o‘zi -o‘zini boshqarish organlarini
saqlash, davlat xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash, mamlakatning mudofaa
qobiliyatini mustahkamlash kabi vazifalarning to‘laqonli va o‘z vaqtida
126
bajarilishini ta’minlashda davlat byudjetining muhim moliyaviy manba sifatidagi
ahamiyati juda katta.
Dostları ilə paylaş: |