307
Tovar siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish quyidagi shartlarga rioya
etilishini talab qiladi:
1.Istiqbolli ishlab chiqarish, sotish va eksport qilishning maqsadlari haqida
aniq tasavvurga ega bo‘lish;
2.Korxonaning ishlab chiqarish-sotish faoliyati strategiyasining mavjudligi;
3.Bozor va uning talablari tavsifini yaxshi bilish;
4.Hozirgi vaqtdagiva istiqboldagi o‘z imkoniyatlari hamda resurslarini aniq
tasavvur qilish:
-tadqiq etish imkoniyatlari;
-ilmiy-texnikaviy imkoniyatlar;
-ishlab chiqarish imkoniyatlari;
-sotish imkoniyatlari.
Tovar siyosati bir nechta yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
-ushbu tovarni raqobatchilar ishlab chiqarayotgan shunga o‘xshash
tovarlardan farq qilib turishini ta‘minlovchi individuallashtirish. Tovarni
individuallashtirishning mohiyati faqat shu tovarga tegishli bo‘lgan o‘ziga xos
xususiyatlarni ta‘kidlashdan iborat;
-iste‘molchining didi o‘zgarib turishi asosida tovar va xizmatlarni domiy
ravishda modernizatsiyalash va modifikatsiyalash;
-aholining iqtisodiy ahvoli yaxshilanib borishi bilan shartlangan yangi
tovarlarni ishlab chiqish;
-yuqori sifatli tovarlarni ularga o‘xshash, ammo sifati pastroq bo‘lgan tovarlar
narxida sotish.
Ishlab chiqarish- maishiy va boshqa vazifalarni hal qilish tobora ko‘proq
resurslarni safarbar qilish zarurati hamda tijorat natijalarining (ayniqsa eksport
qilishda) noaniqligi tovar siyosatiga kiruvchi msalalarning butun majmuini puxta
ishlab chiqishni taqozo etadi.
Bunda uzoq istiqbol uchun quyidagi muammolarni hal qilish zarur:
308
-ishlab chiqarilayotgan tovarlarning assortimenti (nomenklaturasi) ni uning
iste‘mol tavsifi va ishlab chiqarish texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini
hisobga olgan holda optimallashtirish;
-tovarning yashash davrini inobatga olgan holda umuman mahsulotni hamda
uning ayrim turlarini yangilash sur‘atlari;
-ishlab chiqarish dasturlaridagi yangi bozor uchun yangi bo‘lgan tovarlar va
eski tovarlar o‘rtasidagi, shuningdek sotuvda yangi hamda o‘zlashtirilgan bozorlar
o‘rtasidagi nisbat;
-tovarlarning yangilanish darajasi;
-bozorga mutlaqo yangi tovarni chiqarish;
-bozorga yangi tovarlar bilan kirib borish hamda mavjud bo‘lgan, ammo
bozorda o‘zining pozitsiyalarini yo‘qotib boryotgan tovarlarni dasturdan chiqarib
tashlash vaqtini tanlash.
Bu muammolarning barchasi bozor bilan, uning talablari, raqobatchilarning
xatti-harakatlari bilan uzviy bog‘liqlikda hal qilinadi.
Tovar siyosati tovar ishlab chiqaruvchining muayyan xatti-harakatlar yo‘lini
yoki unda oldindan o‘ylab qo‘yilgan xulq-atvor tamoyillarining mavjudligini
taqozo etadi. Tovar siyosatining yo‘qligi tasodifiy yoki o‘tib ketadigan omillar
ta‘sirida assortiment tarkibining barqarorligiga, tovarlarning raqobatbardoshligi va
tijoriy samaradorligi ustidan nazoratning yo‘qolishiga olib keladi. Bunda rahbar
tomonidan qabul qilinayotgan joriy qarorlar ko‘p hollarda uzoq muddatli
manfaatlarni inobatga oluvchi oqilona hisob-kitoblarga emas, balki faqat
intuitsiyaga asoslangan bo‘ladi. Puxta o‘ylangan tovar siyosatining mavjud
bo‘lmasligi noto‘g‘ri qarorlarning qabul qilinishiga, kuch va mablag‘larning
sochilib ketishiga, mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan voz
kechishga olib keladiki, ushbu maqsadlarga katta mablag‘lar xarajat qilingan
bo‘ladi.
Har qanday xo‘jalik darajasida tovar siyosati masalalarini hal qilishga
strategik yondashuv zarur. Bu shuni anglatadiki, har bir qaror faqatgina joriy
manfaatlar nuqtai nazaridan emas, balki istiqbolda ko‘zlangan maqsadlarni ham
309
hisobga olgan holda qabul qilinishi kerak. Bunday yondashuv hal qiluvchi
yo‘nalishlarda sa‘y-harakatlarning jamlanishini talab qiladi.
Strategiya-bu tovar siyosatining uzoq vaqt (2-5 yil) uchun belgilangan
yo‘nalishi bo‘lib, istiqbolni mo‘ljallagan holda muhim vazifalarning hal qilinishini
ko‘zda tutadi. Qator yillar uchun ishlab chiqilgan tovar strategiyasi qoida bo‘yicha
deyarli o‘zgarmay qolaveradi. Tovar siyosatini korxona faoliyatining real shart-
sharoitlaridan, uning o‘ziga xos yo‘nalishidan ajratib bo‘lmaydi. Shu bilan birga
tajribalar ko‘rsatishicha Rossiyadagi bir xil og‘ir sharoitda qaror topgan bozor
holatida sanoat tarmog‘idagi ishlab chiqarish korxonalari o‘zlarining tovar
borasidagi muammolarini har xil tarzda hal qiladilar:
-muammolarni hal qilishda o‘zlarining uquvsizligi, yordamga muhtojligi va
bilimsizligini namoyish qiladi:
-marketing tamoyillari va uslublariga rioya qilgan holda hozirgi vaqtdagi
moliyaviy - iqtisodiy inqirozdan chiqishning istiqbolli yo‘llarini izlab topmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: