315
13-BOB. INNOVATSION FAOLIYATNI MOLIYALASHTIRISH
13.1.Innovatsion moliyalashtirishning manbalari va shakllari.
13.2.Xorijda innovatsion faoliyatda moliyalashtirish usullari.
13.3.Innovatsion faoliyatni loyihali moliyalashtirish.
13.4.Innovatsion menejment strategiyasi va taktikasini belgilash.
13.1.Innovatsiyalarni moliyalashtirishning manbalari va shakllari
Innovatsion loyihalarning barcha yashash bosqichlarida moliyaviy resurslar
bilan ta‘minlanganligi innovatsiyaning bozordan ajratish taxlikasini pasaytirishga
ko‘maklashadi va uning samaradorligini oshiradi.
Yangi ilmiy ishlamalar va
texnologiyalar davlat milliy kuchining asosiy tashkil qiluvchilari bo‘lganlari sari
rivojlangan davlatlar innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash va riaojlantirishning turli
tuman imkoniyatlarini topadilar. Bunda innovatsion faoliyatni moliyatirishning
turli tuman usullari va innovatsiyalarni vositali qo‘llab quvvatlash bo‘yicha
tadbirlarning rang barangligi kengayadi.Rivojlangan mamlakatlar innovatsion
faoliyat uchun moliyaviy resurslarni ham davlatning va ham hususiy manbalardan
to‘playdilar. Ma‘lumki, ilmiy salohiyat birinchi navbatda
fanlarning fundamental
tadqiqotlarni rivojlantirishga investitsiyalarning hajmi, hamda patentlar va
litsenziyalarning soni, jahon ilmiy adabiyotiga
ulush va boshqalar bilan
belgilanadi.
Faqat moliyalashtirishning rivojlangan tizimi asosida innovatsion faoliyat
rivojlanishi mumkin. Bozor turidagi iqtisodiyotda mustaqil korxonalar,
sanoat
kompaniyalari, moliya sanoat guruhlari, kichik innovatsion bines,
investitsion va
innovatsion fondlar, mahalliy boshqaruv idoralari, xususiy shaxslar va h. k.
moliyalashtirish subyektlari bo‘ladilar. Ularning barchalari u yoki bu shaklda qayta
ishlab chiqarish jaayonida ishtirok etadilar va innovatsion faoliyatni rivojlanishida
bevosita ishtirok etadilar. Moliyalashtirishning tashkil qilish tamoyillari
moliyalashtirishning manbalarining ko‘pligi, tizimning
alohida elementlarining
egiluvchanligi va dinamikligiga qaratishni va innovatsionlarni ularni innovatsion
316
faoliyatdan moliyaviy qaytarilishni o‘sishini ta‘minlovchi tijoratlashtirilishi bilan
samarali tatbiq etilishi kerak.
Buning uchun ikkita asosiy shartga amal qilish zarar: davlatning innovatsion,
ilmiy – texnik va sanoat siyosatini faollashtirish va tadbirkorlarni faol investitsion
rivojlanishga o‘tishga tayyorligi.
Innovatsion
faoliyatni
moliyalashtirish
tizimi
mulkchilik
turi,
markazlashtirilganlik
darajasi, ham mulk egalarining darajasi va moliyalashtirish
shakllari bilan farqlanuvchi shakllar va manbalarning murakkab birikib ketishidan
iboratdir (13.1-rasm).
13.1-rasm.
Dostları ilə paylaş: