15.2.Innovatsiyalarni moliyaviy tartibga solishni
amalga oshirish
Innovatsiyalarni moliyaviy tartibga solish faoliyatining oliy shakli-bu
innovatsion faoliyatni boshqarishning innovatsion siyosatini ishlab chiqish va
o‘tkazishdir. Bunday siyosat hozirgi ijtimoiy taraqqiyot uchun innovatsion
faoliyatning ustuvor ahamiyatini tastiqlash asosida ishlab chiqiladi. Davlat
innovatsion faoliyat uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarni yaratib
beradi.Innovatsion faoliyat qoidaga ko‘ra, noaniqlik va xatarning yetarlicha
yuqori darajasi bilan ta‘riflanadi, shuning uchun innovatsion jarayonlarning
manbalarini ko‘pligi, egiluvchanligi va texz o‘zgaruvchan, turbulentli muhitga
moslashuvchanligi innovatsion faoliyatni moliyaviy tartibga solishning muhim
tamoyillaridan bo‘ladi.
Innovatsion faoliyatning byudjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish davlat
innovatsion siyosatining maqsadlari va ustuvorliklariga muvofiq amalga
360
oshiriladi va ham yirik ko‘lamli ilmiy-texnik muammolarni hal qilish va ham
kichik va o‘rta inoovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallanadi.
Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar davlat innovatsion fondlari (Davlat
fundamental tadqiqotlar fondi, ilmiy-texnik sohada korxonalarning kichik
shakllarini rivojlantirishga ko‘maklashish fondi, davlat ishlab chiqarish
innovatsiyalar fondi kabilar), davlat maqsadiy innovatsion dasturlari va yuqori
samarali loyihalar, hamda innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash dasturlariga yo‘naltiriladi. Samarali innovatsion loyihalarni davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi davlatni ularni moliyalashtirishdagi (qoidaga
ko‘ra, tanlov asosida) ishtirokining qaytarilish asosidagi markazlashtirilgan
investitsion kreditlar, innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar
Aksiyalari bir qismini davlat mulkida mustahkamlash, mamlakatimiz va xorijiy
kredit-moliya muassasalari tomonidan innovatsion faoliyat subyektlariga
beriladigan innovatsion kreditlar bo‘yicha davlat kafolatlari kabi shakllarini
ko‘zda tutadi.
Innovatsion faoliyat subyektlari byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish
manbalari, tuzilishi va usullarini mutaqil ravishda belgilaydilar (innovatsion
faoliyatni moliyalashtirishga byudjetdan tashqari mablag‘lar davlat va nodavlat
mablag‘laridan jalb qilinadilar).
Tashkilotning innovatson faoliyatini nafaqat tashqaridan jalb qilinadigan
moliyaviy mablag‘lar hisobiga, balki shaxsiy mablag‘lar hisobiga ham olib
borish mumkin. Amortizatsion ajratmalar fondi va ishlab chiqarishni
rivojlantirish fondi tashkilot innovatsion faoliyatini moliyalashtirishning muhim
ichki mablag‘lari bo‘ladilar.
Amortizatsion ajratmalar fondini ta‘riflab turib, ta‘kidlash kerakki,
amortizatsiya - bu asosiy fondlar qiymatini mahsulot qiymatiga va materiallar
bilan bir qatorda asosiy ishlab chiqarish omili bo‘ladilar. Ular mehnat
vositalaridan iborat bo‘ladilar, keyingilardan xo‘jalik jarayonida ko‘p marta
foydalanadilar va bunda ular o‘zlarining buyumli - tabiiy shaklini
o‘zgartirmaydilar. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini turlar bo‘yicha tasnifi
361
idoralar, inshootlar, uzatuvchi qurilmalar, mashinalar uskunalar (shu jumladan,
kuchlanish va ishchi mashinalar va uskunalar, o‘lchov va tartibga solish
asboblari, hisoblash texnikasi), qurollar kabi guruhlarni o‘z ichigav oladi.
Asosiy fondlarni xarid qilishga sarflangan pul mablag‘lari asosiy mablag‘lar
deb ataladi. Asosiy va aylanma mablag‘lar o‘rtasida aniq chegarani o‘tkazuvchi
ikkita mezonlar qabul qilingan : xizmat muddati (1 yildan ko‘proq) va qiymat (100
MROT dan ko‘proq). Masalan, xizmat muddati 1 yildan ko‘proq , ammo qiymati
100 eng kam ish haqidan kamroq bo‘lgan asbob asosiyga emas aylanma fondga
kiritiladi.
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy fondlarning qiymati qismlar bo‘yicha
ishlab chiqarilayotgan mahsulotga ko‘chiriladi. Bunda asosiy fondlarning
o‘zlarining moddiy va ma‘naviy eskirish natijasida narxlar pasayadi (yer bundan
istisno). Bu eskirishning amortizatsion ajratmalar ko‘rinishidagi qiymati
amortizatsion fondda tanlanadi. Amortizatsion ajratmalarning miqdorlari davlat
idoralari tomonidan asosiy mablag‘larning balansli qiymatiga nisbatan foizlarda
belgilanadi va amortizatsion ajratmalarning me‘yorlari deb ataladi. Ko‘pgina
hollarda bu me‘yorlar asosiy fondlar qiymatini ularning xizmat muddatiga bo‘lish
yo‘li bilan hisoblab chiqiladi.
Innovatsion faoliyatni sarmoyadorlar mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish
kreditli investitsiyalar, innovatsion faoliyat subyektlari tomonidan bosib
chiqarilgan qimmatbaho qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar)ga
investitsiyalar; pul shaklidagi, qimmatbaho qog‘rzlar, asosiy fondlar, sanoat va
aqliy mulk va ularga huquqlar ko‘rinishidagi, innovatsion faoliyatni hamkorlikda
olib borish haqidagi sheriklik bitimlarini tuzish asosida amalga oshiriladigan
to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritmalar ko‘rinishida lizing va investitsiyalarni jalb qilishning
boshqa usullaridan foydalanish asosida amalga oshiriladilar.
Innovatsion korxonalar faoliyatini kreditlashning zamonaviy tizimlari
asosiy alomatlaridan biri uning shartnomali asosidir. Kreditlashtirish masalasi
bo‘yicha vujudga keladigan barcha masalalar bevosita shartnoma tuzgan
tomonlar, masalan, qarz oluvchi korxona va bank tomonidan hal qilinadi.
362
Investitsion kreditni berish haqidagi masalani hal qilishda sarmoyador
bozordagi innovatsion kreditni amalga oshirilishi imkoniyatini, innovatsion
korxona daromadlarining kutilgan o‘sishini va boshqa muhim ta‘riflarni tahlil
qiladi, uzoq muddatli kreditlar holida esa umuman innovatsion korxonaning
iqtisodiy holati istiqbollari ham baholanadi.
Moliyaviy kiritmalarni o‘zini o‘zi qoplashining bu va boshqa ta‘riflarini
olish uchun sarmoyador, qoidaga ko‘ra, kreditni ajratish haqidagi qarorlarni qabul
qilishda innovatsion loyihaning tegishli biznes-rejasini ko‘rib chiqadi.
Sarmoyadorlar innovatsion faoliyat subyektlari tomonidan bosib
chiqarildgan qimmatbaho qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar)ga
mablag‘larni kiritib, innovatsion faoliyatni moliyalashtirishlari mumkin.
Innovatsion korxonalar ko‘pgina shaxsiy mablag‘lari istiqbolli innovatsion
loyihalarni moliyalashtirishlari mumkin. Innovatsion korxonalar ko‘pgina shaxsiy
mablag‘lari istiqbolli innovatsion loyihalarni moliyalashtirish, moddiy-texnik
bazani rivojlantirish, kerakli ITTKIni o‘tkazish uchun etishmagan holda
qimmatbaho qog‘ozlarni qo‘shimcha bosib chiqarishga murojaat qiladilar.
Innovatsion loyihalar ixtiyoriy holda qatnashiladigan tanlov asosida davlat
innovatsion dasturlariga kiritiladi. Tanlovda ishtirok etadigan innovatsion loyihalar
davlat ilmiy-texnikaviy va ekologik ekspertizasidan o‘tishlari shart. Mazkur
ekspertizalarning predmeti ularning yangilik darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy va
ekologik samaradorligidir.
Dostları ilə paylaş: |