Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


 Innovatsion faoliyatdagi xatarlar



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə161/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

14.4 Innovatsion faoliyatdagi xatarlar 

Innovatsion loyihani tanlashda uning samaradorligini baholashda noaniqlik va


xatar omillarni hisobga olisjjnhh kerak. Bu savolni to‗laligicha o‗rganish ushbu
o‗quv qo‗llanmasi chegarasidan chiqib ketadi, shuning uchun ularga qisqacha
to‗xtab o‗tamiz.
Noaniqlik deganda loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari haqidagi axborot
noaniqligi, shu bilan bir qatorda xarajat va natijalar to‗g‗risidagi



349
axborot noaniqligi yoki to‗liqmasligi tushuniladi. Loyihani amalga oshirish


jarayonida ro‗yobga chiqadigan xalal beruvchi holatlar kelib chiqishi bilan bog‗liq
bo‗lgan noaniqlik xatarlari. Loyihaga baho berishda quyidagi noaniqlik va
investitsion xatarlarga e‘tibor qaratiladi:
-iqtisodiy qonunchilik va joriy iqtisodiy holat barqarormasligi, investitsiya
qilish va foydani ishlatish shartlari bilan bog‗liq xatar.
-tashqi iqtisodiy xatar (savdo va yetkazib berishlariga chegaralar kiritish,
chegaralarini berkitish va h.);
-siyosiy holat noaniqligi mamlakat yoki regionda ijtimoiy-siyosiy
o‗zgarishlar xatari;
-bozor konyukturasini, valyuta kurslarini tebranishlari;
-tabiiy-iqlimiy sharoitlar aniqmasligi, tabiiy ofatlar ro‗y berish ehtimoli;
-ishlab chiqarishni texnologik xatari (avariyalar, uskunalar xato ishlashi, ishlab
chiqarish braklari);
-qatnashchilarning maqsadlari, qiziqishlari va axloqi noaniqligi;
-qatnashchi korxonalarning ish holati va moliyaviy ahvoli haqidagi
axborot to‗qimasligi yoki noaniqligi.
Eng aniq usul bu noaniqlikni rasmiylashtirilgan ravishda ifodalash
usulidir. Innovatsion loyihalarni baholashda eng ko‗p uchraydigan noaniqliklar
turlariga nisbatan bu usul quyidagi etaplarni o‗z ichiga oladi:
-loyihani amalga oshirishni ehtimolli shartlarini va bu shartlarga javob
beruvchi xarajatlarning barchasini ifodalash (sug‗urta bilan bog‗liq sanksiya va
xarajatlarni hisobga olgan holda);
-noaniqlik omillari haqidagi boshlang‗ich axborotlarni amalga oshirishni
alohida ehtimolli shartlari va mos samaradorlik ko‗rsatkichlar hamda
ularni o‗zgarish intervallari haqidagi axborotga aylantirish;
-amalga oshirish shartlari noaniqligini hisobga olgan holda loyihaning
umumiy samaradorligi ko‗rsatkichlarini aniqlash va h.k.
202
202
Инновационный менеджмент. Дорофеев-Дресвянников,2009-C.163.



350


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin