Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə163/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

Innovatsion faoliyat 
- chiqarilayotgan mahsulot (tovar, xizmat) larning
nomenklaturasini kengaytirish va yangilash hamda sifatini yaxshilash, ularni
tayyorlash texnologiyasini takomillashtirgan holda joriy etish, ichki va xorijiy
bozorda samarali sotish uchun ilmiy tadqiqotlar natijalari va ishlanmalardan
foydalanish hamda tijoratlashtirishga qaratilgan faoliyatdir.
Noaniqlik
- bu loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari haqidagi axborot
noaniqligi, shu bilan bir qatorda xarajat va natijalar to‗g‗risidagi
axborot noaniqligi yoki to‗liqmasligi tushuniladi.
Risk
-bu tashki muhitning noaniqlik sharoitida korxonalar tomonidan
xo‘jalik-moliyaviy faoliyatini amalga oshirishda daromad va moliyaviy resurslarni
yo‘qotilish kabi salbiy oqibatlarni paydo bo‘lish ehtimoli.
Innovatsion loyihaning asosiy elemenlari
-bu loyihaning asosiy vazifasini
aks ettiruvchi ta‘riflangan maqsad va vazifalar va innovatsion muammoni hal
qilish va qo‘yilgan maqsadlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha loyihaviy tadbirlar
majmuidir.



352
15-BOB. INNOVATSIYALAR TIZIMI VA INNOVATSION 


FAOLIYATNI DAVLAT 
TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH 

15.1. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish asoslari


15.2. Innovatsiyalarning moliyaviy tartibga solinishiniamalga oshirish
15.3.O‘zbekistonda innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solinishining
xususiyatlari.

15.1.Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish 
asoslari 

Innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish zarurati birinchi


galda ularning iqtisodiyot uchun va umuman jamiyat uchun ahamiyati tobora oshib
borayotganligi bilan bog‘liq. Iqtisodiy o‘sish negizida ekstensiv va intensiv
omillarning uyg‘unligi yotadi.
Ekstensiv omillardeganda ishlab chiqarishda foydalaniladigan boshlang‘ich
resurslar- ishchi kuchi, moddiy tarkibiy qismlar, yer va h.k. massasining o‘sishi
tushuniladi.
Intensiv omillar deganda esa qo‘llanilayotgan resurslar sifatining
yaxshilanishi va ulardan foydalanish darajasining oshirilishi tushuniladi.
Hozirgi davrda mehnatga layoqatli aholining bandligini oshirish va iqtisodiy
faoliyatga yangi tabiiy resurslarni jalb qilish hisobidan mahsulot va xizmatlarni
ishlab chiqarish imkoniyatlari tobora cheklanib bormoqda. Intensiv omillar
iqtisodiy dinamika uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.O‘z navbatida
xodimlar malakasining yuksalishi va mehnat unumdorligining, materiallar va
uskunalar qaytimining o‘sib borayotganligi fan va texnika yutuqlari bilan, ilg‘or
tajriba va xo‘jalikda ulardan foydalanish darajasi bilan, ya‘ni yangiliklarning
ommalashuvi bilan belgilanmoqda. Fan-texnika taraqqiyotining eng rivojlangan
mamlakatlardagi yalpi ichki mahsulotning o‘sishiga qo‘shgan hissasi har xil
baholashlar bo‘yicha 75-90 % ni tashkil qilmoqda.



353
Hozirgi vaqtda innovatsiyalarga bo‘lgan talab davlat xavfsizligining g‘oyatda


muhim determinantalaridan biriga aylangan. Bu holat ham tashqi, ham ichki
tarkibiy qismlarga ega. Xalqaro nuqtai nazardan qaralganda bu yerda
mamlakatning ilmiy-texnologik xavfsizligining ta‘minlanishi haqida, ya‘ni ilg‘or
texnologiyalarga kirib borishining cheklanganligi, qaror topgan asosiy texnologik
zanjirlarning uzilishi bilan bog‘liq holda tashqaridan bo‘ladigan har qanday
diktatga qarshi tura olish imkonini beradigan, yetarli darajada qudratli ilmiy-
innovatsion salohiyatning mavjudligi haqida so‘z boryapti.
Davlat bevosita innovatsion faoliyatni tartibini boshqaradi, u yangiliklarni
tashabbuskori hisoblanadi va ularni byudjetdan moliyalshtiradi, hamda bilvosita,
innovatsiya uchun qulay shart-sharoitlar yaratib innovatsion infratizimlarni
yaratadi.Shunday qilib, innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish
yo‘nalishlari 15.1 - rasmda ko‘rsatilgan.

15.1-rasm.



Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin