Innovatsion faoliyatini davlat tomonidan tartibga
solish asoslari
205
205
А. М. Мухамедьяров. Инновационный менеджмент: учебное пособие. Высшееобразование. 2015-C.167.
354
Huquqiy dalolatnomalar davlat tomonidan innovatsion faoliyatni tartibga
solishning asosiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday normativ-huquqiy
dalolatnomalar innovasiyalarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha me‘zonlarni
aniqlashga
hamda
bozor
innovatsion
infratuzilmasini
shakllantirishga
yo‘naltirilgan.
Ilmiy-innovatsion salohiyatning rivoji ayniqsa mamlakatning mudofaa
qobiliyatini mustahkamlash uchun katta ahamiyatga ega. Ayni vaqtda ilmiy-
texnikaviy va innovatsion jarayonlarning baynalminallashuvi mamlakatlarning
o‘zaro texnologik qaramligining kuchayishi oqibatidagi nizolar tahdidini
kamaytiradi. Masalaning ichki tomoni halokatlar, tabiiy ofatlar, terroristik aktlar,
huquqbuzarlik xatti-harakatlarining oldini olish, ularning salbiy oqibatlarini
kamaytirish imkonini beruvchi yangiliklarning tarqalishi bilan bog‘liq.
Innovatsion faoliyatini huquqiy tartibga solayotganda muhim vazifani davlat
siyosati ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi printsiplari qatnashishi kerak:
1.Ilm va ilmiy-texnik ijodkorlik erkinligi;
2.Intellektual mulk huquqini himoyasi;
3.Ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi raqobatni qo'llab-quvvatlash;
4.Biznes va ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish;
5.Mamlakatning davlat siyosatini ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha resuslarni
konsentratsiyasi;
6. Xalqaro hamkorlik taraqqiyoti.
206
Innovatsion jarayonlarning davlat tomonidan tartibga solinishi zarurati
nafaqat ularning umummilliy ahamiyati bilan, balki iqtisodiy mazmuni bilan ham
izohlanadi. Bir tomondan hozirgi kunda innovatsiyalar bozor talabini yaxshiroq
qondirish, ishlab chiqarish xarajatlarini raqobatchilarnikiga nisbatan pasaytirish
hisobidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning foydasini ko‘paytirishning asosiy
vositasiga aylanib bormoqda. Boshqa tomondan esa klassik bozor mexanizmlari
sharoitida ilmiy-texnikaviy natijalarning olinishi ancha mushkullashgan, ko‘pgina
innovatsiyalar esa xo‘jalik amaliyotiga joriy etilmagan bo‘lur edi.
206
А. М. Мухамедьяров. Инновационный менеджмент: учебное пособие. Высшееобразование. 2015-C.188.
355
Jahon tajribasi shuni kơrsatadiki, davlatning izchil ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi va tashqi bozordagi raqobatbardoshligiga birinchi navbatda rivojlangan
milliy innovatsion tizim orqali erishiladi. Demak, milliy innovatsion tizimning
barcha elementlari shakllanishi va samarali ơzaro aloqa qilishi davlat innovatsion
siyosatining bosh maqsadidir. Bu boradagi tadqiqot ob'ekti asosan jahon
taraqqiyotining texnologik yadrosiga kiruvchi mamlakatlar – AQSh, Yaponiya,
Germaniya , Angliya va Fransiya ;
AQShda innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish tashkilotlari
quyidagilar:
-Amerika ilmiy jamğarmasi (asosan amaliy tadqiqotlarni qơllab-quvvatlash
bilan shuğullanadi);
-Amerika ilmiy kengashi (asosan sanoat va universitetlarni qơllab-quvvatlash
bilan shuğullanadi);
-NASA (Milliy kosmik agentlik);
-Milliy standartlar byurosi;
-Milliy soğliqni saqlash instituti;
-Mudofaa vazirligi;
-Sanoat tadqiqotlari milliy markazi;
-Milliy fanlar akademiyasi;
-Milliy texnika akademiyasi;
-Ilm-fanni rivojlantirishga kơmaklashuvchi Amerika assosiasiyasi.
Sơnggi tơrtta tuzilma aralash, qolganlari federal budjetdan moliyalashtiriladi.
Davlat tashkilotlari ichki bozorda va chet mamlakatlarda innovatsion
jarayonlarni
monitoring
qilib
borish
va
prognozlashtirish
bilan
ham
shuğullanishadi. Kơpchilik hollarda ushbu tashkilotlar samarali zamonaviy
texnologiyalarni topish hamda ularning ommaviy joriy etilishini ta'minlash bilan
shuğullanishadi. AQShda innovatsion loyihalarni davlat ekspertizasidan ơtkazish
tizimi mavjud bơlib, ushbu ekspertizadan ơtgan innovatsion tashkilotlarga turli
imtiyozlar berilishi mumkin ( elektr energiya tơlovlari, aloqa xizmatlari va boshqa
tơlovlardan ozod etish).
356
Innovatsion jarayonlarni bilvosita tartibga solish chora-tadbirlari orasida
avvalambor, soliq imtiyozlarini qayd etish lozim. Foydani imtiyozli soliqqa tortish
soliqqa tortiladigan bazani qisqartirish, soliq stavkalarini kamaytirish yơli bilan
amalga oshiriladi.
Qơshma Shtatlarda innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida 1984 yilda
―ITTKI sohasida kooperasilar‖ qonuni qabul qilingan. AQShda boshqaruv
qarorlarini
bashoratlash,
standartlashtirish,
optimallashtirish,
innovatsionloyihalarning
davlat
ekspertizasi,
innovatsiyalarning
davlat
statistikasini yaritishga katta e'tibor qaratilmoqda.
207
Innovatsion loyihalarni boshqarishni borishida innovatsiyalarni yaratish va
tarqatish jarayonlarining tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy me‘yoriy-huquqiy tartibga
solinishi amalga oshiriladi. Innovatsion loyihalarni boshqarishga tizimli
yondoshish innovatsion faoliyatni tartibga solishning har xil turlari organik
birlashishi, majmuaviyligi, yagonaligi zarurligini bildiradi.
Innovatsion faoliyatni tartibga solish har xil darajalarda: umuman davlat
darajasida, mintaqaviy darajada, alohida korxona, tashkilot, muassasa darajasida
amalga oshiriladi. Innovatsiyalarni boshqarishga tizimli yondoshish har xil
darajalardagi regulyativ innovatsion faoliyatning yagonaligi, barcha boshqaruv
qurollari va qarorlarining yaqindan o‘zaro aloqasi va muvofiqlashganligini ko‘zda
tutadi.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi innovatsion
loyihalarni boshqarishning asosini tashkil qiladi. Davlat innovatsion faoliyatni
tartibga solishning barcha turlari- tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy, me‘yoriy-
huquqiyni amalga oshiradi. Bu tartibga solish innovatsion bashoratlar va
strategiyalar bazasida amalga oshiriladi.
Mamlakat ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishining tarkibiy qismi bo‘lgan
innovatsion bashoratda innovatsion faoliyatning asosiy parametrlari (uning
yo‘nalishlari, turlari, obyektlar, oqibatlari va h.k.)ni oldindan ko‘rish ishlab
chiqiladi. Innovatsion bashoratlarda bazisli innovatsiyalar o‘zlashtirish va
207
Paul Trott ―Innovation management and New Product Development‖ 2012-p.92.
357
tarqatish, yangi ko‘p ilm iste‘mol qiluvchi mahsulotlar va texnologiyalardan
amalda foydalanishlarning sotsial-iqtisodiy oqibatlar stsenariyasi quriladi.
Innovatsion strategiyalarda innovatsion faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari
belgilanadi. Innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarini
boshqarish uchun davlat maqsadiy dasturlari (DMD) muhim rol o‘ynaydilar. Bu
dasturlar davlat byudjeti mablag‘lari va byudjetdan tashqari mablag‘larni ham
ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarishlarni moliyalashtirish va ham ularning
natijalaridan foydalanish bo‘yicha innovatsion faoliyatga jamlaydi. DMD fan va
texnikani rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari, davlat darajasidagi tanqidiy
texnologiyalarning ro‘yxati, xalq xo‘jaligi yuqori texnologik sohalarni
rivojlanishining muhim muammolarini ajratish asosida yuqori sifatli innovatsion
loyihalarning qo‘llab-quvvatlashini ta‘minlaydi.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishining keyingi
darajasi texnologik rivojlanish dasturlari (TRD) da amalga oshiriladi, ular xalq
xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish strategiyalari doirasida amalga oshiriladi. Bu
dasturlarda innovatsiyalarning asosiy qismi ularda ishtirok etayotgan
korxonalarning shaxsiy mablag‘lari va kredit manbalardan ta‘minlanadi,
davlatning ishtiroki esa asosan ishlarni muvofiqlashtirish va tijorat xatarini
oshishi bilan bog‘liq yoki qandaydir sabablarga ko‘ra korxonalar tomonidan
amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan bosqiyalarni qo‘llab-quvvatlashdan
iboratdir. Bu holda davlatning TRD dagi ishtiroki asosan kafolatlar va qaytarma
moliyalashtirish shaklida amalga oshiriladi.
Innovatsion loyihalar DMD yoki TRD ga tanlov asosida kiritiladi, unda
ishtirok etish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Tanlovda ishtirok etayotgan
innovatsion loyihalar albatta davlat ilmiy-texnik va ekologik ekspertizasidan
o‘tishlari kerak, uning predmeti bularning yangiligi, sotsial-iqtisodiy va ekologik
samaradorligidan iboratdir.
Innovatsion
faoliyatni
davlat
tomonidan
tartibga
solinishi
tijoratlashganlikning katta darajasidagi ayrim innovatsion yuqori samarali
loyihalarni qo‘llab-quvvatlanishi shaklida namoyon bo‘lishi mumkin. Shu narsa
358
juda muhimki, davlat qo‘llab - quvvatlashi uchun innovatsion loyihalarni
tanlashning konkursli tizimi muntazam ravishda takomillashmoqda. E‘tibor
nisbatan kichik va o‘zini o‘zi tez qoplaydigan innovatsion loyihalarning
salmog‘i oshishiga qaratilmoqda, ular loyihaning innovatsion mahsulotiga
kafolatlangan bozor talabini mavjudligida byudjetdan va korxonalar shaxsiy
mablag‘lari hisobidan ustuvor moliyalashtirish sharoitlarida ishlab chiqariladi.
Shunday qilib, innovatsion loyihalarni davlat tomonidan tartibga solinishi
davlat va mintaqaviy innovatsion dasturlarga kritilgan innovatsion loyihalarni
hamda ayrim innovatsion loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
shaklida aks Ettirilishi mumkin. Innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga
oshirish uchun davlatni innovatsion faoliyat uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy
sharoitlar yaratishi prinsipial muhim bo‘ladi.
Innovatsion
faoliyatni
davlat
tomonidan
tartibga
solinishining
innovatsiyalarni yaratish, o‘zlashtirish va tarqatishga ko‘maklashuvchi iqtisodiy
omillar bozor munosabatlarini rivojlanishi, tadbirkorlikni faollashishi, vijdonsiz
raqobatni yo‘nalini kesish, innovatsiyalar bozorida talabni o‘sishiga
ko‘maklashuvchi soliq siyosati va narxni tashkil qilish siyosatini o‘tkazish,
barcha subyektlar tomonidan innovatsion faoliyatni olib borish uchun foydali
soliq sharoitlarini yaratish, ko‘p ilm iste‘mol qiluvchi loyihalar lizingini
rivojlantirish, xalqaro bozorda mamlakat innovatsion mahsulotini qo‘llab-
quvvatlashdan iboratdir.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tashkiliy tartibga solinishi davlat va
mintaqaviy innovatsion dasturlarga kiritilgan innovatsion dasturlash, hamda
alohida ahamiyatga ega innovayion dasturlarni qo‘llab-quvvatlashda, balki
innovatsion infratuzilmani rivojlantirishga davlat tomonidan yordam berilishi,
innovatsione faoliyatni xodimlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, innovatsion
faoliyatni amalga oshiruvchi xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirishga ko‘maklashishda namoyon bo‘ladi.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan moliyavyi tartibga solinishi
innovatsion faoliyatni moliyalashtirish, innovatsion sohaga davlat resurslarini
359
yo‘naltirish, ijtimoiy rivojlanish uchun muhim, ammo xususiy sarmoyadorlar
uchun o‘ziga jalb qilmaydigan innovatsion dasturlar va loyihalarni amalga
oshirish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat investitsiyalarini ajratishni ta‘minlovchi
byudjet siyosatini o‘tkazishga asoslangan.
Davlat innovatsion faoliyatini faollashtirish uchun qonunchilik sharoitlarini
yaratadi, uning subyektlari o‘zaro munosabatlarining huquqiy asoslarini
belgilaydi, ularning huquqlari va manfaatlarining himoyasini, xususan aqliy mulk
obyektlariga huquqlar kabi innovatsion faoliyatni rivojlanishi uchun muhimroq
huquqlar himoyasini kafolatlaydi. Qulay innovatsion vaziyatni yaratish,
innovatsion faoliyatning ustuvorligini ta‘minlash innovatsiyalarni yaratish va
tarqatish jarayonini tartibga solishning muhim usuli bo‘ladi.
Mamlakatning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi ko‘proq bog‘liq bo‘lgan
iqtisoddagi innovatsion vaziyat qisman o‘tkazilayotgan ITTKIning tuzilishi,
hajmi va xarakteri bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |