15.3.O‟zbekistonda innovatsiyalarning davlat tomonidan tartibga
solinishining xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasida ta‘sirchan milliy innovatsion tizimni
shakllantirish innovatsion rivojlanish davlat strategiyasining muhim elementi
sanaladi. Uni rivojlantirishning asosini tashkil qiluvchi omillar innovatsion
tarkibiyqismlardir, ular birgalikda ishlab chiqarish apparatini yangilagan holda,
kishilarni ulardan samarali foydalanishga tayyorlagan va undagan holda ishlab
chiqarish sohasini o‘zgartirib yuborishlari mumkin. Faqat faol innovatsion
363
siyosatgina hozirgi vaqtda mamlakatni yangi marralarga olib chiqishi va samarali
iqtisodiyotni shakllantirish uchun istiqbollarni ochib berishi mumkin.
Innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solinishining zarurligi
birinchi navbatda, ularning iqtisodiyot va umuman jamiyat uchun o‘sib
borayotgan ahamiyatidan kelib chiqqan. Iqtisodiyotning tuzilishi innovatsiyalar
ta‘siri ostida o‘zgaradi. Axir resurslardan foydalanishning samaradorligini o‘sishi
hisobiga ularni bir qismi bo‘shaydilar va faoliyatning boshqa sohalariga qayta
taqsimlanadilar. Masalan, qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlarning ulushi
qisqaradi, xizmatlar sohasida esa o‘sadi. Bundan tashqari, innovatsiyalar yangi
ishlab chiqarishlar, sohalarni vujudga kelishi va mavjud bo‘lganlarni asta- sekin
barham topishining bevosita sababai bo‘ladilar.
Innovatsiyalarning jamiyatni iqtisodiy tashkil qilinishini ham
o‘zgartiradilar. Yangi ijtimoiy institutlar va xo‘jalik tashkilotlari (masalan,
venchurli firmalar) paydo bo‘ladilar, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar
o‘zgaradilar. Mulkning tuzilishida siljishlar sodir bo‘ladi. Boshqaruv
texnologiyasi takomillashadi: vertikal ta‘sir ko‘rsatishlar borgan sari gorizontallar
bilan to‘ldiriladi va almashtiriladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga
solishning mazmuni ham o‘zgaradi.
Innovatsion jarayonlar borgan sari kattaroq sotsial ahamiyat kasb etadilar.
Yangilik kiritishlar bilan yaratiladigan iqtisodiy o‘sish nafaqat aholini turmush
darajasini oshishiga imkon beradi, balki bandlik muammolarini yangi yuqori
ish haqi to‘lanadigan ish joylarini tashkil qilinishi hisobiga hal qilinishi, ta‘lim
va sog‘liqni saqlash darajasini oshirishga yordam beradi. Bundan tashqari hozirgi
tarixiy davrda innovatsiyalarni tarqalishi jarayoni har xil sotsial va iqtisodiy
subyektlarni yagona bir butunga bog‘lovchi, millatning yagonaligini ta‘minlovchi,
ko‘pgina hollarda sotsial ziddiyatlar va janjallarni yumshatuvchi elementlardan biri
bo‘ladi.
Hozirgi dunyodagi innovatsion jarayonlarning intensivligi ekologik
muammolarni ancha keskinlashtirgan. Bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha atrof
muhitga antropogen yuklama mushkul chegaraga yaqinlashmoqda, uni orqasida
364
moddalarni tabiatdagi meyoriy o‘zgarib turishini buzilishi muqarrardir. Boshqa
tomondan, faqat innovatsiyalar yordamida inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatni
uyg‘unlashtirishi mumkin. Axir xuddi ilmiy - texnik yutuqlar ishlab chiqarishning
tuzilmasi va iste‘molni ratsionallashtirish hamda qaytadan aylanuvchi
texnologiyalarni tarqatish yo‘li bilan o‘rni to‘ldirilmaydigan resurslardan
foydalanishni va zararli chiqindilarni kamaytirishga imkon beradi. Bu muammolar
jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan, barqaror ekologik muvozanatni
ko‘zda tutuvchi XXI asrda barqaror rivojlanish konsepsiyasi munosabati bilan
ayniqsa dolzarbdir.
Mamlakatni mehnat taqsimotiga qo‘shilishining darajasi va samaradorligi
tovarlar va xizmatlarning jahon bozorlaridagi uning tutgan o‘rni, malakali
mutaxassislarning mavjudligi bilan ta‘riflanadi. Ushbu parametlar tabiiy
resurslarga eksklyuziv egalik qilish yoki ekstensiv haraktyerdagi boshqa afzalliklar
bilan kamroq darajada va mahsulotning raqobatbardoshligini ta‘minlovchi
innovatsiyalardan foydalanish bilan borgan sari ko‘proq darajada belgilanadilar.
Milliy iqtisodiyotning global raqobatbardoshligini innovatsion jarayonlarni
rivojlanishi darajasiga bog‘liqligi - innovatsiyalarning umumdavlat ahamiyatidagi
muhim jihatidir.
Ammo innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solinishining
zaruriyati nafaqat ularning umummilliy ahamiyati, balki iqtisodiy mazmuni bilan
ham asoslangan. Bir tomondan, bozor iqtisodiyotiga innovatsiyalar - xo‘jalik
yurituvchi subyektlar foydasini bozor talabini yaxshiroq qanoatlantirish, ishlab
chiqarish
xarajatlarini
raqiblarnikiga
nisbatan
kamaytirish
hisobiga
ko‘paytirishning asosiy vazifasidir. Boshqa tomondan, klassik bozor
mexanizmlarini amalda bo‘lishi sharoitlarida ilmiy - texnik natijalarni olish va
ularni xo‘jalik amaliyotiga tatbiq etish ancha qiyinlashadi. Bozor iqtisodiyotiga ega
xorijiy mamlakatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ilmiy - texnik rivojlanish
masalasida bozorni avtomatlashtirilishiga to‘liq suyanish mumkin emas. Yangilik
kiritishlardan foydalanish faqat u yoki bu korxona yoki mintaqaning xususiy
muammosi bo‘lmaydi, u ko‘proq ijtimoiy xarakterni kasb etadi, chunki u yoki bu
365
malakatni rivojlanishining sotsial– iqtisodiy istiqbollari borgan sari u yerda
innovatsion jarayonlar qanchalik uzviy borayotganiga bog‘liqdir.
Innovatsion jarayonlarni boshqarishning markazlashtirilgan usullarining
ustuvorligi jahon amaliyoti tomonidan isbotlangan. Innovatsion jaryonni
rivojlanishini boshqarishning o‘zagi deb davlatning ilmiy - texnik siyosatini
hisoblash zarur. Ijtimoiy rivojlanishning barcha elementlari va bo‘g‘inlarida
innovatsiyalar (yangilik kiritishlar, ilmiy- texnik yutuqlar)ni yaratish va tatbiq etish
bo‘yicha jarayonlar, hamda fan va texnika yutuqlarini (ham ishlab chiqvrish –
texnik va ham iste‘mol belgilanishida) o‘zida ro‘yobga chiqaruvchi ilmiy – texnik
siyosatining obyekti bo‘ladilar:
Davlat ilmiy - texnik siyosati:
-ilmiy - texnik yutuqlarni tatbiq etilishi va ishlab chiqarishni yangilanishi
tufayli mamlakat mahsulotining raqobatbardoshligini ta‘minlovchi innovatsion
faoliyatni oshishiga ko‘maklashishi;
-zamonaviy texnologik tartibning asosini tashkil qiluvchi bazisli va
yaxshilanuvchi innovatsiyalari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini ta‘minlash;
-raqobatli bozor innovatsion mexanizmini samarali faoliyat yuritishi uchun
sharoitlar yaratishi;
-texnologiyalarning mintaqalararo va xalqaro transferi, xalqaro investitsion
hamkorlik, milliy invesvatsion tadbirkorlikni manfaatlarini himoyalashga
ko‘maklashish zarur.
Innovatsion faoliyatni davlat tomontdan qo‘llab - quvvatlanishining aniq
shakllariga quyidagilar kiradilar:
-to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirish;
-yakka kashfiyotchilar va kichik tatbiq etuvchi korxonalarga imtiyozli bank
ssudalarini berish;
-katta soliq imtiyozlaridan foydalanuvchi venchurli innovatsion fondlarni
tashkil qilish;
-yakka kashfiyotchilar uchun davlat patentli bojlarini pasaytirish;
366
-resursni tejovchi kashfiyotlar bo‘yicha patentli bojlarni to‘lash muddatlarini
kechiktirish;
-texnologiyalar, texnoparklar tarmog‘ini tashkil qilish va h.k.
Davlat ilmiy - texnik siyosatini amalga oshirishda foydalanadigan tartibga
solishning (to‘g‘ridan to‘g‘ri va vositali) shakllari va usullari bozor
munosabatlarini vujudga kelishi davrida xalq xo‘jaligini sotsial- iqtisodiy
o‘zgarishlarida egiluvchan va adekvat bo‘lishi kerak. Ushbu bosqichda davlatning
faoliyati
innovatsiyalarni
tatbiq
etish
va
tarqatishni
har
tomonlama
rag‘batlantirshga qaratilishi kerak.
Yuqorida bayon etilganlarni barchasi O‘zbekistonda ilm sohasidagi faoliyat
va innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solinishi uchun iqtisodiy huquqiy
mexanizmlarni ishlab chiqish zarurligini ta‘kidlaydi. Respublika Vazirlar
Mahkamasi Muvofiqlashtiruvchi kengashi qoshidagi fan va texnologiyalar
bo‘yicha markaz tomonidan O‘zbekistonda innovatsion faoliyatni rivojlantirish va
texnologiyalarni tijoratlashtirish dasturi tayorlanmoqda, u buning uchun kerakli
infratuzilmani: innovatsion faoliyatning barcha jihatlari (mulkchilik huquqlarini
tartibga solishdan tortib qulay investitsion muhitni yaratish, fondli va venchurli
moliyalashtirish tizimi vujudga keltirishgacha) uchun huquqiy bazani; mamlakat
innovatsion salohiyati monitoringi uchun axborot blokini; texnologiyalar va ko‘p
ilm iste‘mol qiluvchi mahsulotlarni ilmiy sohadan ishlab chiqarishga, milliy va
xorijiy bozorlarga transferti (uzatish) tizimlarini, texnologik menejment sohasida
mutaxassislarni tayyorlash uchun ta‘lim bazasini yaratishni ko‘zda tutadi.
―O‘zbekiston
Respublikasidagi
innovatsion
faoliyat
haqida‖,
―Texnologiyalarning transferti (topshirilishi) haqida‖, ―Tijorat siri haqidagi‖
qonunlar, Vazirlar Mahkamasining ―Ikki tomonlama (harbiy va fuqarolik)
qo‘llanishdagi texnologiyalarni uzatish tartibi haqida‖, ―O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolariga xorijiy sheriklar bilan litsenzion bitimlar bo‘yicha vakolatli
mukofotlar to‘lash tartibi haqida‖, ―Eksportga mo‘ljallangan ishlab chiqishlarni
xorijiy patentlantirishga valyuta mablag‘larini ajratish tartibi haqidagi‖ bir qator
qarorlari ishlab chiqilgan. Ularni qabul qilinishi ―Aqliy mulk haqida‖ va ―Xizmat
367
kashfiyotlari haqidagi‖ amaldagi qonunlar bilan birgalikda ilmiy-texnik faoliyatni
amalga oshirish va aqliy va sanaot mulki obyektlaridan foydalanish jarayonida
vujudga keladigan o‘zaro munosabatlarning huquqiy mexanizmlarini yo‘lga
qo‘yishga imkon beradi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
ishlab
chiqarishni
modernizatsiyalash va texnik - texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishning
qo‘shimcha choralari haqidagi Farmoni qabul qilingan.
208
Haqiqiy iqtisodiy
sharoitlar va mamlakatdagi fan va texnologiyalarning u yoki bu sohasini jahon
darajasiga nisbatan rivojlanganligi darajasiga qo‘shilgan holda, ilmiy-texnik
siyosatning belgilangan strategiyasini tanlab olish talab qilinadi. Jahon
tajribasidan fan, texnika va texnologiyalarni rivojlanishining uchta tamoyili:
umumiy, selektiv (tanlab olinadigan) va boshqalardan o‘rganish ma‘lum.
Fan va texnologiyani umumiy rivojlanishi strategiyasi, ya‘ni barcha mavjud
yo‘nalishlar va sohalarda ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlab chiqarishlarni
o‘tkazish hozirgi vaqtda respublika uchun qabul qilib bo‘lmaydigan, kelajakda
esa mamlakatni jahon ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalashishi va uning
doirasidagi ―Mehnat taqsimoti‖ tufayli maqsadna muvofiq bo‘lmasligi mumkin.
O‘zbekiston uchun selektiv rivojlanish va ilg‘or ilmiy-texnik ishlab
chiqarishlarni boshqalardan o‘rganish strategiyalarini birlashtiruvchi yo‘l
maqsadga muvofiqroq ko‘rinadi. Birinchisi (selektiv) mavjud ilmiy-texnik
salohiyat va uning harakatlarini ustuvor davlat ilmiy-texnik siyosatiga jamlash
asosida iqtisodiyotning bazaviy sohalari uchun. Ikkinchisi – respublikada kuchsiz
rivojlangan va jahon darajasidan ancha orqada qolgan, ammo iqtisodiyot uchun
g‘oyatda zarar yo‘nalishlar uchun.
Innovatsion jarayonlarning ko‘rsatib o‘tilgan ta‘riflari, hamda davlatning
hozirgi jamiyatdagi iqtisodiy va ijtimoiy roli davlat idoralarining innovatsion
faolityani tartibga solish bo‘yicha vazifalarini belgilab beradi. Ulardan eng
muhimlari quyidagilar:
208
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik-texnologik qayta
jihozlashni rag‘batlantirishning qo‘shimcha choralari haqidagi‖ Farmoni, ―Xalqso‘zi‖, 2007 yil 14 mart.
368
1.Innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish. Davlatning vazifasi –innovatsion
jarayonlarning umumiy strategik mo‘ljallarini belgilash va har xil tuzilmalarning
innovatsiyalarni amalga oshirishdagi kooperatsiyasi va o‘zaro hamkorligiga
ko‘maklashish.
2.Innovatsiyalarni rag‘batlantirish. Bu yerda markaziy o‘rinni raqobatni
rag‘batlantirish, hamda innovatsion jarayon ishtirokchilariga har xil moliyaviy
subsidiyalar va imtiyozlar egallaydilar. Innovatsion xatarlarni davlat tomonidan
qisman yoki to‘liq sug‘urtalash katta ahamiyatga ega.
3.Innovatsion jarayonlarning huquqiy bazasini yaratish. Nafaqat ijtimoiy va
texnologik o‘zgarishlarga muvofiq me‘yorlarning barqarorligi va o‘z vaqtida
tuzatish kiritilishini ta‘minlovchi zaruriy qonunlarni, balki ularga rioya
qilishning haqiqiy amaldagi mexanizmlarini shakllantirish muhimdir. Ilmiy -
texnik mahsulotlarni yaratuvchilar va iinovatorlar huquqlarini davlat tomonidan
himoyalash alohida o‘ringa ega.
4.Innovatsiyalarni xodimlar bilan ta‘minlash. Davlat o‘quv yurtlaridagi
o‘qish dasturlarining mazmuni innovatsiyalar generatorlarining ijodiy salohiyatini
rivojlanishi va ham mutaxassislarni yangilik kiritishlarni qabul qila olishiga
ko‘maklashishi kerak.
5.Innovatsion infratuzilmani shakllantirish. Davlat axborot tizimlari -
yangiliklarni tarqatishninng asosiy kanallaridan birining faoliyatini ta‘minlaydi,
innovatorldarga yuridik, maslahat va boshqa xizmatlarni ko‘rsatadi. Davlat yana
innovatsion subyektlar o‘rtasida vositachi bo‘lishi, ularga sheriklarni qidirib topish,
davlat kafolati ostida bitimlar tizimida yordam ko‘rsatishi mumkin.
6. Innovatsion jarayonlarni institutsial ta‘minlash. Bu yerda asosiysi davlat
sektori (mudofaa, sog‘liqni saqlash, ta‘lim)sohalarida ITTKI bajaruvchi va
yangilik kiritishlarni amalga oshiruvchi davlat tashkilotlari va bo‘linmalarni tashkil
qilishdir. Davlat yana iqtisodiyotda innovatsiyalarni mahsulotlashtirish va taqdim
etish nuqtai nazaridan eng samarali tashkiliy tuzilmalar (yirik korporatsilar , kichik
biznes va h.k.)tarqatishga ko‘maklashadi.
369
7.Innovatsion faoliyatning ijtimoiy mavqeini oshirish , Davlat ilmiy - texnik
yutuqlar va yangiliklarni targ‘ibot qilish, innovatorlarni ma‘naviy rag‘batlantirishni
tashkil qiladi , ularning sotsial himoyasini ta‘minlaydi va h.k.
8. Innovatsion jarayonlarning xalqaro jihatlarini tartibga solish. Davlat tanlab
olingan umumiqtisodiy va innovatsion mtrategiya doirasida xalqaro ilmiy – texnik
va innovatsion kooperatsiyani rag‘batlantiradi, hamda yangiliklarning xalqaro
transportini tartibga soladi.
Milliy iqtisodiyotning innovatsion sektorini rivojlantirish strategik jihatdan
g‘oyatda muhimligini inobatga olgan holda boshqaruvning barcha darajalaridagi
davlat tashkilotlari innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning har xil
uslubva vositalarini ishlab chiqishlari hamda ulardan oqilona foydalanishlari kerak.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning malakalaridan iqtisodiyotning
ustuvor sohasida funksional bo‗lgan tadbirlar uchun respublikada qabul qilingan
barcha imtiyozlarni innovatsion tadbirlarda ko‗paytirish lozim.
15.2-rasm.
Dostları ilə paylaş: |