343
tayyorlash texnologiyasini takomillashtirgan holda joriy etish, ichki va xorijiy
bozorda samarali sotish uchun ilmiy tadqiqotlar natijalari va ishlanmalardan
foydalanish hamda tijoratlashtirishga qaratilgan faoliyatdir. Innovatsiyalarga
kapital qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan innovatsion faoliyat investitsion faoliyat
deyiladi.
Investitsion loyihalar (IL) - kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy jihatdan
maqsadga muvofiqlikni, hajmi va muddatlarini asoslab berish, jumladan
O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ishlab chiqilgan va belgilangan
tartibda standartlar (me‘yorlar va qoidalar) bilan tasdiqlangan loyiha-smeta
hujjatlari, shuningdek investitsiyalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy xatti-
harakatlar tavsifidir.
Kapital qo‘yilmalarni amalga oshirish, keyinchalik ularning o‘rnini qoplash
va foyda olish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar rejasi yoki dasturi investitsion loyiha
deb ataladi. ―Investitsion loyiha‖ atamasini ikki xil ma‘noda tushunish mumkin:
-amalga oshiriladigan faoliyatning maqsadini ta‘riflash va unga erishishga
qaratilgan xatti-harakatlar majmuini belgilash bo‘yicha xarajatlar jamlamasi
sifatida;
-ta‘riflangan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan xatti-harakatlar (ishlar,
xizmatlar, xaridlar, boshqaruv operatsiyalari va qarorlari) majmuining o‘zi
sifatida.
To‘g‘ri tuzilgan investitsion loyiha pirovardida quyidagi savolga javob berishi
kerak: umuman olganda bu ish unga pul qo‘yishga arziydimi ? U sarflangan kuch
va mablag‘larni qoplaydigan darajada daromad keltiradimi? Investitsion loyihani
qog‘ozda ma‘lum bir talablarga muvofiq holda tuzish va maxsus hisob-kitoblarni
o‘tkazish juda muhim ahamiyatga ega. Bu bo‘lg‘usi muammolarni oldindan ko‘ra
bilash va ularni bartaraf etish mumkin yoki mumkin emasligini tushunishga, uning
oldini olishga ko‘maklashadi.
Investitsion loyihaning vazifasi tadbirkorlar va iqtisodchilarga quyidagi to‘rtta
asosiy masalani hal qilishda yordam berishdan iborat:
-bo‘lg‘usi sotuv bozorlarining sig‘imi va istiqbollarini o‘rganib chiqish;
344
-ushbu bozorda zarur bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish uchun
ketadigan xarajatlarni baholash, o‘ylab qo‘yilgan ishning foydalilik salohiyatini
aniqlash uchun o‘z tovarlarini sotish mumkin narxlari bilan o‘sha xarajatlarni
solishtirib ko‘rish;
-yangi ishga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan barcha ―suvosti toshlari‖ ni
aniqlash;
-korxonaning faoliyatini muntazam ravishda baholash uchun asos bo‘ladigan
signallar va ko‘rsatkichlarni aniqlash.
Innovatsiyalarni
boshqarishning
negizida
innovatsion
faoliyatning
samaradorligini
oshirish
yotadi.
Har
qanday
innovatsion
loyihaning
samaradorligini
baholash
innovatsion
faoliyatdagi
investitsiyalarning
samaradorligini aniqlashning yagona uslubiy tamoyillariga asoslanadi.
Innovatsion faoliyatda innovatsion loyihalarni amalga oshirishning asosiy
umumiy tamoyillari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
-innovatsion loyihalarning samaradorligini baholashda ularni amalga
oshirishga majmuaviy holda yondashishni ta‘minlash uchun ilmiy-texnologik
tahlilni tijorat, moliyaviy-iqtisodiy, ijtimoiy tahlil bilan uyg‘unlashtirish zarur;
-innovatsion loyihalarning samaradorligini baholashda xarajat va natijalarni
taqqoslashni pulning vaqtdagi qadrini hisobga olgan holda o‘tkazish lozim;
-investitsion innovatsion loyihalarni amalga oshirishda loyihani ro‘yobga
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan noaniqlik va tahlikani inobatga olish kerak.
Dostları ilə paylaş: