Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


-BOB. INNOVATSION LOYIHALAR VA SAMARADORLIKNI



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə156/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

14-BOB. INNOVATSION LOYIHALAR VA SAMARADORLIKNI 
BOSHQARISH USULLARI 
14.1.Innovatsion loyihaning samaradorligi tahlili.
14.2.Innovatsion faoliyat va innovatsion loyihalarni amalga oshirishning
tamoyillari.
14.3.Innovatsion faoliyatning samaradorligini tahlil qilishda vaqt omilini
hisobga olish.
14.4. Innovatsion faoliyatdagi xatarlar.
14.1.Innovatsion loyiha samaradorligining tahlili
Innovatsion loyiha-bu tegishli tarzda tashkil etilgan (resurslar, muddatlar va 

ijrochilar bo‘yicha uzviy bog‘langan) loyihaviy hujjatlar to‘plami bilan


rasmiylashtirilgan, muayyan ilmiy-texnik vazifa (muammo) ning samarali hal
qilinishini
ta‘minlaydigan,
miqdoriy
ko‘rsatkichlarda
ifodalangan
va
innovatsiyalarga olib keluvchi ilmiy-tashkiliy, moliyaviy, tijoriy va boshqa
tadbirlar majmuidan iborat bo‘lgan o‘zaro uzviy bog‘langan maqsadlar va ularga
erishish uchun dasturlar tizimidir.
Innovatsion loyihaning asosiy elemenlariga quyidagilar kiradi:
-loyihaning asosiy vazifasini aks Ettiruvchi ta‘riflangan maqsad va vazifalar;
-innovatsion muammoni hal qilish va qo‘yilgan maqsadlarni ro‘yobga
chiqarish bo‘yicha loyihaviy tadbirlar majmui;
-loyihaviy tadbirlarning bajarilishini tashkillashtirish, ya‘ni ularni cheklangan
vaqt davrida va belgilangan qiymat hamda sifat doirasida loyihaning maqsadlariga
erishish uchun resurslar va ijrochilar bo‘yicha uzviy bog‘lash;
-loyihaning asosiy ko‘rsatkichlar (umuman loyiha bo‘yicha-maqsadli
ko‘rsatkichlardan tortib to xususiy - alohida topshiriqlar, mavzu, bosqichlar,
tadbirlar,
ijrochilargacha),
jumladan
uning
samaradorligini
tavsiflovchi
ko‘rsatkichlar.



338
Jahon mahalliy amaliyotida innovatsion loyihalarini baholashning bir


nechta standartlashgan tamoyillari mavjud.Avvalo, loyihani oldindan tekshirish
o‗tkaziladi, uning davomida loyiha maqsadi va korxonaning joriy va istiqboldagi
faoliyatiga mosligi aniqlanadi. Oldindan tekshirish paytida loyiha bilan bog‗liq
xatarlar, yaratilayotgan loyiha, imkoniyatlarni amalga oshirish uchun zarur
tajribani korxonada mavjudligi aniqlanadi. Huddi shu davrda innovatsion loyihani
baholash uchun ishlatiladigan me‘zonlar aniqlanadi. Keyin innovatsion loyihani
amalga oshirish maqsadga muvofiqligi baholanadi. Odatda, baholash 3 bosqichda
bo‘ladi:
1.Yillar bo‗yicha boshlang‗ich ko‗rsatkichlar hisoblanadi (realizatsiya
qilish hajmi, joriy xarajatlar, eskirish, taklif qilinayotgan innovatsiyalardan
keladigan sof pul tushumlari va sof foyda hajmi).
2.Analitik koeffitsientlarni hisoblash (innovatsiyalarni sof joriy qiymatini
hisoblash, innovatsiyalar rentabelligi o‗z-o‗zini qoplash muddati va innovatsion
loyiha samaradorligi koeffitsienti).
3.Koeffitsientlar tahlili (bu korxonada qabul qilingan me‘zonlar asosida
loyiha yoki qabul qilinadi, yoki undan voz kechiladi, tadbirkor o‗zining
fikricha eng muhim bo‗lgan bir yoki bir nacha me‘zonlarga qarab ish ko‗rish
mumkin, yoki qo‗shimcha omillarni hisobga olish mumkin). Innovatsion
loyiha qabul qilingan holda uning realizatsiyasi bo‗yicha konkret choralar
ko‗riladi. Har xil innovatsion loyihalarni solishtirish va ulardan eng afzalini tanlash
uchun ishlatiladigan asosiy ko‗rsatkichlar – bu kutilayotgan integral samarasi
ko‗rsatkichidir (xalq xo‗jaligi darajasida iqtisodiy, alohida tashkilot darajasida
tijorat).
Agar loyihani amalga oshirish har xil sharoitlarda ehtimoli aniq ma‘lum
bo‗lsa, kutilayotgan integral samara matematik kutilish formulasi bo‗yicha
hisoblanadi.
Eoj=Zi•Pi (14.1) 


339
Bu


yerda
Eoj


loyihaning
kutilayotgan
integral
samarasi;
Zi–realizatsiyaning 1-sharoiti bo‗yicha integral samara; Pi–bu loyihani amalga
oshirish ehtimoli.
Eoj=h•Emax+(1–h)•Emin (14.2)
Bu yerda Emax va Emin – ijozati ehtimolli taqsimlash bo‗yicha integral
samarani matematik kutilishini eng katta va eng kichik;

h – xo‗jalik subyektini


noaniqlik sharoitida afzal ko‗rishlari tizimlarini aks ettiruvchi, samarani
noaniqligini hisobga olish uchun maxsus normativ; kutilayotgan integral iqtisodiy
samara
topilganda
uni
0,3
24
darajasini
olish
tavsiya
etiladi.
Diskontlangan daromadlardan umumiy yig‗ilgan xatoligi va boshlang‗ich
investitsiyalar orasidagi farq sof joriy qiymatni tashkil etadi (sof keltirilgan
samara):
Investitsiyalarning Diskontlangan Doimiy
sof jor = daromadlardan + daromadlar
qiymati umumiy kattaligi hajmi (kattali)
Aniqki, agar sof joriy qiymat musbat bo‗lsa, unda investitsion loyihani qabul
qilish zarur, manfiy bo‗lsa undan voz kechish lozim. Agar sof joriy qiymat 0 ga
teng bo‗lsa, loyihani foydali yoki zararli deb aytib bo‗lmaydi. U holda
solishtirishning boshqa usullarini ishlatish zarur. Bir nechta alternativ loyihalarga
o‗rin beriladi. Keltirilgan formulalar yordamida qo‗lda hisoblash ko‗p mehnat talab
etadi, shuning uchun diskontlangan baholarga asoslangan bu va boshqa
usullarni qo‗llash qulayligi uchun vaqt intervali va diskontlash koeffitsienti
miqdoriga
bog‗liq
ravishda
murakkab
protsentlar,
diskontlash
ko‗paytuvchilari, pul birligini diskontlangan miqdori va hokazolar keltirilgan
maxsus statistik jadvallaridan foydalaniladi.
200
Innovatsion loyihalar alohida
yo‘nalishlar (topshiriqlar, bo‘limlar) ning vazifalarini amalga oshirgan holda ilmiy-
texnik dasturlar tarkibida hamda fan va texnika taraqqiyotining ustuvor
yo‘nalishlaridagi ma‘lum bir muammoni hal qilgan holda mustaqil shakllantirilishi
mumkin.
200
Инновационный менеджмент-Дорофеев-Дресвянников,2003-C.87.



340
Uslubiy tavsiyalarda taklif etilgan samaradorlikni baholash uslubi muayyan


shart-sharoitda innovatsion loyiha bilan bog‘liq bo‘lgan pul mablag‘lari kelib
tushishining va to‘lovlarning dinamikasini tahlil qilishga asoslangan. Aynan ―naqd
mablag‘lar oqimini‖ tahlil qilishga asoslangan bunday yondashuv G‘arbdagi
innovatsion hisob-kitoblar nazariyasi va amaliyotida keng qo‘llanmoqda va aynan
shu yondashuv innovatsion loyihalarning samaradorligini baholash bo‘yicha
uslubiy tavsiyalar uchun asos qilib olingan bo‘lib,ular jahon amaliyotida
umumqabul qilingan uslublarga to‘laroq mos keladi. Ushbu uslubiy tavsiyalarda
mamlakatimiz iqtisodchilarining innovatsiyalar samaradorligini baholash uslublari
sohasidagi ilmiy tadqiqotlarining natijalari yetarli darajada to‘liq aks etgan.
Ushbutavsiyalarning barcha qoidalari ham shak-shubhasiz emas, xususan, ularda
innovatsion loyihalarning samaradorligi ko‘rsatkichlarini quyidagi turlarga bo‘lish
taklif etiladi (14.1-rasm):
-tijoriy (moliyaviy) samaradorlik ko‘rsatkichlari - ular loyihaning ro‘yobga
chiqarilishi natijasida uning bevosita ishtirokchilari uchun yuz berishi mumkin
bo‘lgan moliyaviy oqibatlarni hisobga oladi;
-byudjet samaradorligi ko‘rsatkichlari - ular loyiha amalga oshirilishi federal,
regional yoki mahalliy byudjetlar uchun qanday moliyaviy oqibatlarga olib
kelishini aks ettiradi;
-iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari - ular loyihani ro‘yobga chiqarish
bilan bog‘liq bo‘lib, innovatsion loyiha ishtirokchilarining bevosita moliyaviy
manfaatlari chegarasidan chetga chiquvchi va qiymat jihatidan o‘lchash imkonini
beruvchi xarajatlar va natijalarni hisobga oladi.
Bunday
turlarning
ajratib
ko‘rsatilishi
sun‘iy
bo‘lib,
iqtisodiy
samaradorlikning yagona ko‘rsatkichini aniqlash bilan bog‘liq, ammo uni iqtisodiy
tizimning turli obyektlari va darajalari: butun xalq xo‘jaligi (iqtisodiy
samaradorlikning global mezoni). Mintaqaviy tarmoq, firma darajasi yoki
muayyon innovatsion loyihaga nisbatan qo‘llash mumkin.



341
14.1-rasm.



Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin