377
Boshqa xarajatlardan foydalanish samaradorligining xususiy ko‘rsatkichlari:
-bir so‘mlik mahsulotga boshqa xarajatlarni sarflanishi va ularni pasaytirish
foizi;
-mahsulot ishlab chiqarishga boshqa pul xarajatlarini nisbatan tejalishi;
-foyda va qo‘shimcha qiymatni boshqa xarajatlarni nisbatan tejalishi hisobiga
o‘sishi;
-boshqa pul xarajatlarini o‘zgarishi hisobiga daromadni o‘sishi;
-foyda va qo‘shimcha qiymatni boshqa xarajatlarni nisbatan tejalishi hisobiga
o‘sishi ulushi, % da.
Mahsulot tannarxini kalkulyatsion kesmada iqtisodiy tahlil qilishda
mahsulot tannarxi xususiy ko‘rsatkichlarini tasniflash kalkulyatsiya moddalari
bo‘yicha keyinchalik majmuaviy kalkulyatsion moddalardan mahsulot tannarxini
shakllantiruvchi xarajatlarning asosiy elementlarini ajratish bilan amalga
oshiriladi. Ishlab chiqarish faoliyati iqtisodiy samaradorligi tavsiya etilgan
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarining hozirgi vaqtda qo‘llanadigan tegishli
ko‘rsatkichlardan tubdan farqi quyidagilardan iborat:
-birinchi umumlashtiruvchi ko‘rsatkich korxonalar darajasida ishlab
chiqarish samaradorligini o‘sish sur‘ati - ishlab chiqarish natijalarini o‘sish
sur‘atlarini xarajatlarni o‘sish sur‘atlaridan o‘zib ketishini hisoblashga imkon
beradi;
-umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar har bir resursdan alohida foydalanish
samaradorligini ta‘riflovchi ko‘rsatkichlar bilan bevosita aloqaga ega. Bu
iqtisodiy tadqiqotlar (rejalashtirish, loyihalashtirish va iqtisodiy tahlil)da ishlab
chiqarishda faoliyat yurituvchi resurslardan biri (mehnat, ishlab chiqarish fondlari
va moddiy resurslar)dan foydalanishning samaradorligidagi o‘zgarishlar umuman
ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshishiga ta‘sirini belgilashga
imkon beradi;
-mahsulot ishlab chiqarish hajmini umumiy xarajatlar bilan solishtirish
asosida ishlab chiqarish samaradorligining erishilgan darajasi - haqiqiy yig‘ma
378
xarajatlarni bu xarajatlarning ijtimoiy zarur darajasiga mos kelishi darajasi haqida
xulosaga kelish mumkin;
-tannarxi kamayishi hisobiga qo‘shimcha qiymat va foydani o‘sishi ishlab
chiqarish va yakuniy natijalarni taqsimlash masalasi bo‘yicha
muvofiqlashtirishga imkon beradi;
-xarajatlarni nisbatan tejalishi ko‘rsatkichi innovatsiyalar iqtisodiy
samaradorligi ko‘rsatkichlarini muvofiqlashtirish va umumlashtiruvchi va xususiy
ko‘rsatkichlar guruhlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta‘minlash, ishlab chiqarish
jarayoniga yangidan jalb qilinayotgan resurslardan foydalanishini
kuchaytirishdagi o‘zgarishlarni umumlashtirilgan bahosini berishga imkon
beradilar;
-umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar jamlash va iste‘mol fondlarini
sarflashning samaradorligi ustidan nazoratni amalga oshirish imkoniyatini
beradilar; texnik qayta jihozlash va yangi ish joylarini tashkil qilishga
yo‘naltirilgan kapital kiritmalardan foydalanishni ratsionalligi, hamda xo‘jalik
ichidagi zahiralarni harakatga keltirish ustidan nazorat qilishni ta‘minlaydilar.
Dostları ilə paylaş: