Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


Ilmiy investitsion faoliyatining bosqichlari



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə10/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

Ilmiy investitsion faoliyatining bosqichlari
8

Innovatsiyaning tovar sifatida o‘ziga xosliklarini ilmiy - texnikaviy natija


olishdagi noaniqlikning yuqori darajada bo‘lishi, moliyalashtirishning alohida
xususiyatga ega bo‘lishi bilan, ya‘ni xarajatlar va natijalar o‘rtasidagi vaqt
jihatidan uzilish yuz berishi tahlikasi bilan, talabning noaniqligi bilan belgilanadi.
8
А. М. Мухамедьяров. Инновационный менеджмент: учебное пособие. Высшее образование. 2010 – C. 13.



16
Innovatsiyalarda talabning noaniq bo‘lishi tufayli ularning taklifi odatda faol


ogohlantiruvchi rol o‘ynaydi.
Innovatsion korxona (IK) uchun innovatsiyalarga undovchi motivlar ichki va
tashqi motivlarga bo‘linadi. Innovatsion faollik uchun ichki rag‘bat IK
mahsulotining bozordagi raqobatbardoshligini oshirish maqsadida eskirgan
uskunalarni almashtirish zaruratidir.
Bozor munosabatlari yaxshi rivojlanmagan, ayniqsa iqtisodiy inqiroz
sharoitida innovatsiyalar uchun hal qiluvchi rag‘bat davlatning iqtisodiy siyosati
bilan shartlangan tashqi rag‘batdan iborat bo‘ladi.
Jahon iqtisodiyotining fan - texnika taraqqiyotidagi yangi bosqichga o‘tishi
innovatsion faollikni kuchaytirishni va yangiliklarga nisbatan bilimlar va texnikani
bozor bilan bog‘lovchi yangicha yondashuvni qo‘llashni talab qilmoqda. XX
asrning 90-yillarida raqobatlashuvchi, mustaqil xo‘jalik yuritish subyektlarining
innovatsion faoliyati bilan iqtisodiy muhitning o‘zaro ta‘sirlashuv jarayoniga yangi
tendensiyalarni olib kirdilar.
Buning misoli sifatida Gary Hamelning 1998 yilda
«Sloan Management Review»da yozgan so‘zlarini keltirsak bo‘ladi: «Yaqin
kelajakda tashkilotlar o‘z yo‘nalishini va ishlab chiqarish jarayonini o‘zgartirishi
lozim. Buning yo‘li bitta yoki innovatsiya kiritish, yoki bozorni tark etish!»
9
Buning oqibatida mazkur korxonalar o‘zlarining shu sohadagi xatti-harakatlari
stereotiplarini ko‘p jihatdan o‘zgartirishga majbur bo‘ldilar.
Aynan innovatsiyalar iqtisodiy o‘sishning bosh omili sifatida ko‘p yillar
mobaynida hukmronlik qilgan investitsiyalarni birmuncha siqib chiqargan holda
zamonaviy fan - texnika inqilobining nazariy senariylari va amalda ro‘yobga
chiqarishda bosh rollarni ijro etmoqdalar.
Hozirgi vaqtgacha rossiyalik iqtisodchilarning kengaytirilgan takror ishlab
chiqarishga tegishli bo‘lgan nazariyalarida qoida bo‘yicha kapital qo‘yilmalar
hajmining o‘sib borishini FTT ning va umuman iqtisodiy o‘sishning asosiy sharti
sifatida qaralmoqda. Biroq yangiliklar ahamiyatining keskin oshib ketishi birinchi
galda bozordagi vaziyatning o‘zgarishi, ya‘ni raqobatning xususiyati, odatiy statik
9
Dr.Borut Likar, «Innovation Management», Koron plusd
.
-Institute for Innovat ion and Technology,2013-p.15.



17
raqobatdan dinamik raqobatga o‘tilishi bilan bog‘liq. Bu holat ko‘p jihatdan


innovatsiyalar va bozorning hozirgi bosqichdagi o‘zaro ta‘sirlashuv xususiyatlarini
belgilab beradi.
Yangilik - bu shunday tovarki, uni bevosita qo‘l bilan ushlab ko‘rish yoki
fizik jihatdan o‘lchash mumkin emas. Muayyan minimal darajadagi ilmiy (ayniqsa
matematik) bilimlarga ega bo‘lmay turib hamda o‘z kasbining bilimdoni va zarur
axborotdan xabardor bo‘lmagan holda undan foydalanishning iloji yo‘q, oldindan
tegishli tayyorgarliksiz va qayta o‘qishsiz uni ro‘yobga chiqarib bo‘lmaydi.
Bunday tovarning o‘ziga xos jihati uning daromadlarni cheklanmagan holda
ko‘paytira olish (multiplikatsiyalash) qobiliyatidir.
Intellektual tovar - tegishli huquqiy shaklda himoyalangan, qonuniy egasi
tomonidan unga nechta xaridor topilsa, shuncha marta sotilishi mumkin bo‘lgan
axborot, ixtiro, nou-xau va hokazolardir.
―Bilimga qilingan investitsiyalar eng katta daromad olib keladi‖ Benjamin
Franklin.
10
Innovatsion mahsulot-mahsulotli innovatsiyalarni joriy etish natijasi,
yangi (qaytadan joriy etilgan) yoki takomillashtirilgan mahsulotlar, shuningdek,
yangi yoki ancha takomillashtirilgan ishlab chiqarish uslublariga asoslangan
mahsulotlardir (boshqa innovatsion mahsulotlar).
Stiv Djobsni aytishicha: «Odamlarni so‘roq qilib yangi mahsulot ishlab
chiqarib bo‘lmaydi. Chunki odamlar o‘zlariga nima kerakligini bilishmaydi»
11
Boshqa innovatsion mahsulot jarayonli innovatsiyalarni tatbiq etish natijasi
sanaladi. U boshqa mamlakat yoki korxonalarning ishlab chiqarish amaliyotida
ilgari qo‘llanilgan va texnologik ayirboshlash (patentsiz litsenziya, nou-xau,
injiniring) yo‘li bilan ommalashtirilgan yangi yoki takomillashtirilgan ishlab
chiqarish uslublarini joriy etishdagi ilg‘or tajriba negizida tayyorlangan mahsulotni
o‘z ichiga oladi.
Innovatsion jarayon - bu ilmiy bilimlarni innovatsiyaga aylantirish jarayoni
bo‘lib, uni innovatsion g‘oyadan muayyan mahsulot, texnologiya yoki xizmat
10
Dr.Borut Likar,«Innovation Management», Koron plusd
.
-Institute for Innovat ion and Technology, 2013- p.41.
11
TheNewYorkTimes, 2011



18
darajasigacha


pishib
yetiladigan
va
amaliy
foydalanish
jarayonida
ommalashtiriladigan hodisalarning izchil ketma - ketligi sifatida tavsiflash
mumkin.
FTT dan farq qilgan holda, innovatsion jarayon joriy etish bilan, ya‘ni yangi
mahsulot, xizmatning bozorda ilk bor paydo bo‘lishi yoki yangi texnologiyani
loyihaviy quvvatgacha yetkazish bilan tugallanmaydi. Mazkur jarayon uzluksiz
bo‘lib, joriy etishdan so‘ng ham to‘xtamaydi, chunki yangilik ommalashgani
(diffuziyalangan) sari takomillashib boradi, samarasi ortib, ilgari ma‘lum
bo‘lmagan iste‘mol xossalarini kasb etadi.
Innovatsion faoliyat - ishlab chiqarilayotgan mahsulot (tovar, xizmat)
nomenklaturasini kengaytirish va yangilash, sifatini yaxshilash uchun, ularni
tayyorlash texnologiyasini takomillashtirgan holda joriy etish hamda ichki va
tashqi bozorlarda samarali sotilishi uchun ilmiy - tadqiqot natijalari va
ishlanmalardan foydalanish hamda tijoratlashtirishga qaratilgan faoliyatdir.
Innovatsion faoliyat deganda g‘oyalarni yangi va takomillashtirilgan
mahsulotlarga aylantirish jarayoni tushuniladi. Innovatsion faoliyat o‘z ichiga
ilmiy, texnologik, tashkiliy va moliyaviy chora tadbirlarni qamrab oladi.

1.3-rasm.



Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin