Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə9/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

Innovatsiya klassifikatsiyasi
6

Innovatsiyalar 
Mahsulotli
Jarayonli boshqaruv

Texnik
(ma‘muriy)

Firma ichidagi boshqaruv
texnologiyalari

Tashkiliy innovatsiyalar

Firmalararo

6
Mualliflar tomonidan tuzildi.





12
Yuqoridagi jadvalda innovatsiyalarning umumiy tarzda klassifikatsiyalanishi


aks ettirilgan.
Shunga muvofiq rossiyalik olimlar I.B.Gurkov va V.S.Tubalov quyidagi
innovatsiyalar klassifikatsiyasini taklif etmoqdalar: mahsulotga tegishli va
jarayonga tegishli texnologik innovatsiyalar.
Mahsulotli innovatsiyalar yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlarning
joriy etilishini qamrab oladi.
Jarayonli innovatsiyalar - bu yangi yoki ancha takomillashtirilgan mahsulotni
o‘zlashtirish, uni ishlab chiqarishni tashkil etishdir. Bunday mahsulotlarni mavjud
uskunalardan, qo‘llanilayotgan ishlab chiqarish uslubidan foydalangan holda
yaratib bo‘lmaydi.
Amerikacha va yaponcha innovatsiya tizimlari o‘rtasidagi farqlarni e‘tirof
etish lozim: AQSh da barcha innovatsiyalarning 1/3 qismi jarayonli, 2/3 qismi esa
mahsulotli innovatsiyalarga tegishli, Yaponiyada esa teskari nisbatdadir.
Umumqabul qilingan ta‘riflarni besh xil asosiy yondashuv bo‘yicha tasniflash
mumkin:
Obyektli
Jarayonli
Obyektli
-
Jarayonli-
Jarayonli-
utilitar
utilitar
moliyaviy
1.1.-rasm.
Innovatsiyalarni aniqlashning asosiy yo‟nalishlari
7

-obyekt bo‘yicha (mamlakatimizdagi adabiyotlarda ta‘riflanuvchi atama


sifatida ko‘p hollarda ―yangi joriy etilgan‖ atamasi qo‘llaniladi);
-jarayonli ;
-obyekt-utilitar;
-jarayonli - utilitar
7
Mualliflar tomonidan tuzildi.
Innovаtsiyalаrni аniqlаshning аsosiy yo‘nаlishlаri



13
-jarayonli-moliyaviy.


Obyektliyondashuvningmohiyati shundaki, innovatsiya sifatida obyekt
chiqadi. Fan - texnika taraqqiyoti (FTT) natijalari bo‘lmish yangi texnika,
texnologiyalar shunday obyekt hisoblanadi. Bular orasida bazis innovatsiyalar,
yaxshilovchi innovatsiyalar, psevdo innovatsiyalar farqlantiriladi.
Bazis innovatsiyalar yirik ixtirolarni ro‘yobga chiqaradi hamda texnikaning
yangi avlod va yo‘nalishlarini shakllantirishning asosiga aylanadi.
Yaxshilovchi innovatsiyalar odatda mayda va o‘rta ixtirolarni ro‘yobga
chiqaruvchi, ilmiy-texnikaviy siklning ommalashish va barqaror rivojlanish
bosqichida ko‘proq tarqalgan innovatsiyadir.
Psevdo (ratsionallashtiruvchi) innovatsiyalar texnika va texnologiyalarning
eskirgan avlodlarini qisman yaxshilashga qaratilgan va texnika taraqqiyotini
susaytiruvchi (ular jamiyat uchun yo samara keltiradi, yoki salbiy samara beradi)
innovatsiyalar hisoblanadi.
Mahsulotning qo‘llanish sohasi, funksional xususiyatlari, xossalari,
konstruktiv yoki foydalanilgan materiallar hamda komponentlar (tarkibiy qismlar)
ilgari ishlab chiqarilgan mahsulotlarnikidan ahamiyatli darajada farq qilsa, yangi
mahsulotning joriy qilinishi mahsulotli bazis innovatsiya sifatida ta‘riflanadi.
Bunday innovatsiya mashina va materiallarning yangi avlodlarini o‘zlashtirishga
qaratilgan hamda mutlaqo yangi texnologiyalar yoki mavjud texnologiyalarni
ularni yangicha qo‘llash bilan uyg‘unlashtirishga asoslangan.
Bazis
(mutlaqo
yangi)
innovatsiyalarga
svetodiodlar
asosidagi
indikatorlarning suyuq kristallardagi indikatorlar bilan yoki bug‘ dvigatelini ichki
yonuv dvigateli bilan almashtirilishini misol tariqasida keltirish mumkin.
Yaxshilovchi innovatsiyalar sifat yoki qiymat xususiyatlari samaraliroq komponent
va materiallardan foydalanish, bir yoki qator texnik quyitizimlar (murakkab
mahsulot bo‘lsa) ning qisman o‘zgartirilishi hisobidan mavjud mahsulotlarni
sezilarli darajada yaxshilanishiga olib keluvchi innovatsiyalarga taalluqlidir.
Mazkur innovatsiya texnika (texnologiya) larning o‘zlashtirilgan avlodlarini
ommalashtirish va takomillashtirishga, mashinalarning yangi modellari va yangi



14
material turlarining yaratilishiga, ishlab chiqarilayotgan tovar (xizmat) larning


hamda texnologiyalarning parametrlarini yaxshilanishiga xizmat qiladi. Ichki
yonuv dvigatelining foydali ish koeffitsiyenti (FIK) ni yuksaltirish yoki g‘altakli
magnitofonlardan kassetali magnitofonlarga o‘tish yaxshilovchi innovatsiyalarga
misol bo‘ladi. Ikkala holda ham ushbu tayyor mahsulotlarning birortasi ilgari
ishlab chiqarilmagan.
Shunday qilib, innovatsiyalarning radikalligi uni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha
sa‘y-harakatlar darajasini belgilab beradi. Bunday bo‘linish asosida ikki turdagi:
pionerlik va quvib etishga tegishli innovatsion jarayon yotadi. Pionerlik turi jahon
bo‘yicha birinchilikka (masalan AQSh) erishish yo‘lini anglatadi. Etib olish
jarayoni arzonroq bo‘lib, tezkor natija berishi mumkin (masalan Yaponiya). Bu
AQSh da ishlab chiqilgan ko‘psonli patentlarda, Yaponiyada esa katta miqdorda
sotib olingan litsenziyalarda o‘z ifodasini topgan. Ayni vaqtda Yaponiyada
ixtirochilik bo‘yicha faollik koeffitsiyenti (10000 kishiga to‘g‘ri keladigan milliy
patent talabnomalari soni) g‘oyatda yuqori bo‘lib, 28,3 % ni tashkil qiladi. AQSh
da esa ushbu ko‘rsatkich 4,9 ga teng (Rossiyada-1,13). Rossiyada 2001 yilda
patent talabnomalari soni 2000 yilga nisbatan 16 % ga oshgan, ammo berilgan
patentlar soni esa 10% ga kamaygan.
Jarayonli yondashuv doirasida innovatsiya deganda yangi qimmatliklar-
tovarlar, texnika, texnologiyalar, tashkiliy shakllar va h.k.larni ishlab chiqish,
ishlab chiqishga joriy etish va tijoratlashtirishni o‘z ichiga oluvchi majmuaviy
jarayon tushuniladi.
―Innovatsiya‖ atamasini ta‘riflashga obyektli - utilitar yondashuv ikki asosiy
jihat bilan tavsiflanadi.
Birinchidan innovatsiya sifatida obyekt, ya‘ni fan va texnika yutuqlariga
asoslangan, yangi iste‘mol qiymati tushuniladi.
Ikkinchidan yangilikning utilitar tomoniga jamiyat ehtiyojini nafli samara
bilan qondirish qobiliyatiga urg‘u beriladi.
―Innovatsiya‖ atamasini ta‘riflashga obyektli - utilitar yondashuvdan farq
qilgan holda jarayonli-utilitar yondashuv shundan iboratki, ushbu holda



15
innovatsiya yangi amaliy vositani yaratish, ommalashtirish va foydalanishning


majmuaviy jarayoni sifatida tavsiflanadi.
Jarayonli- moliyaviy yondashuv doirasida innovatsiya deganda yangiliklarga
investitsiya qilish, yangi texnika va texnologiyalarga, ilmiy tadqiqotlarga mablag‘
kiritish tushuniladi.
―Innovatsiya‖ atamasi yuqorida keltirilgan barcha ta‘riflarda aniq rasmiy
vaziyatga nisbatan qo‘llagan holda talqin qilinadi. Mazkur yondashuvlarda
innovatsiyaning iqtisodiy mohiyati ochib berilmagan, innovatsiyani iqtisodiy
natijalar nuqtai nazaridan ta‘riflashning aniq mezonlari belgilanmagan. Buning
oqibati o‘laroq har qanday yangilik, jumladan uncha taraqqiy etmagan, samarasiz
yangiliklar ham innovatsiya sifatida talqin qilinishi mumkin. ―Innovatsiya‖
tushunchasini chuqurroq ochib berish uchun ko‘zda tutilgan maqsadlar va
rivojlanish nuqtai nazaridan tizimli yondashuvni qo‘llash lozim. O‘n to‘rt nafar
muallif tomonidan tahlil qilish natijasida innovatsiya tushunchasining mohiyatiga
inson hayoti va faoliyatining har qanday sohasida ―Bozorda mavjud ehtiyojni
qondirishga ko‘maklashuvchi va iqtisodiy samara keltiruvchi yangi g‘oyani
ro‘yobga chiqarish jarayoni‖ sifatida umumlashtiruvchi ta‘rif berilgan.
1.2-rasm.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin